2021 yil 25 mayida gender tengligi boʻyicha beshinchi onlayn seminar boʻlib oʻtdi. Mazkur seminar mehnat qonunchiligining gender auditi masalasiga bagʻishlandi. Bu vebinarlar turkumi BMTning O'zbekistonda ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirish boʻyicha Qoʻshma dastur doirasida oʻtkazilib, davlat organlari va fuqarolik jamiyatining gender tengligini ta’minlash boʻyicha bilim va koʻnikmalarini oshirishga qaratilgan.
Poytaxtimizdagi Bolalar milliy tibbiyot markazida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA), O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan hamkorlikda 2020 yilda O‘zbekistonda COVID-19 pandemiyasining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor dasturning amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qildi va 2021 yilga mo‘ljallangan rejalar xususida gapirildi.
2021 yil 7-9 iyun', Toshkent - FAO / GEF ning “O‘zbekistonning tog‘li va vodiy hududlarida o‘rmonlarni barqaror boshqarish” loyihasi doirasida, O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi bilan birgalikda “O‘rmonloyiha” loyihalash instituti asosida axborot markazi va geoaxborot tizimlari laboratoriyasi (GIS) tashkil etildi. Yangi ob'ektlar, o‘rmonlarni hisobga olish va monitoring qilishning zamonaviy tizimiga asos bo‘ladi va shuningdek O‘zbekistonning o‘rmon xo‘jaliklarini keyingi raqamlashtirishiga yordam beradi.
Sizning jamoangizda nogironligi bor inson bormi? Aksariyat hollarda eng keng tarqalgan javob bu - "yo'q, bizda yo’q" hisoblanadi. Biroq, mutaxassislar ta’kidlashicha, aslida, nogironligi bor insonlarning aksariyati ko'pgina ish sharoitlarida ish bilan ta'minlanishi mumkin. Ushbu bandlikni ta'minlash uchun bir necha jabhada bir vaqtning o'zida takomillashtirish ishlarini olib borish kerak - qonunchilikka o'zgartirish kiritish, hamda bo’lajak ish beruvchilarni o'qitish va ularga yordam berish, ish uchun qulay sharoitlarni yaratish va eng muhimi nogironligi bor insonlar uchun zarur bilimlarni berish zarur.
BMTTDning mintaqaviy rahbari Miryana Spolyarich Egger o‘zining rasmiy ikki kunlik tashrifini O‘zbekistonning yashil va inklyuziv rivojlanishi yo‘nalishida hamkorlikni faollashtirishga da’vat bilan yakunlamoqda.
Jahon cho‘llanish va qurg‘oqchilikka qarshi kurash kuni sharafiga, O‘zbekistondagi FAO Vakolatxonasi tomonidan O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutida, O‘zbekiston Respublikasi o‘rmon xo‘jaligi Davlat qo‘mitasi bilan birgalikda anjuman tashkil etildi.