Press-reliz

FAO Butunjahon asalarilar kunini nishonlaydi

19 may 2021

O‘zbekistonda asalarichilikni barqaror rivojlantirish bo‘yicha dastur amalga oshirilmoqda

Rasm: © FAO

Toshkent, 20 may 2021 yil – 2018 yilda BMT Bosh Assambleyasi 20 mayni Butunjahon asalarilar kuni deb e'lon qildi. Har yili ushbu sana keng jamoatchilikning e'tiborini ham asalarilar va boshqa changlatuvchilarning inson va sayyoramiz sog‘ligini saqlashda tutgan muhim o‘rni ham  bugungi kunda ular duch kelayotgan ko‘plab tahdidlarga qaratish imkonini beradi. 



Bu yil Butunjahon asalarilar yili nihoyatda murakkab ko‘plab mamlakatlar COVID-19 pandemiyasining oqibatlari bilan keng miqyosli kurashni davom ettirayotgan tarixiy bir davrda nishonlanmoqda. Uning maqsadi – atrof muhitni tiklash va changlatuvchilarni himoya qilishga e'tibor bergan holda COVID-19 pandemiyasi sabab bo‘lgan oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo‘jalik sohasidagi turmush kechirish manbalariga bo‘layotgan tahdidlarga qarshi kurashish bo‘yicha global hamkorlik va birgalikdagi sa'y-harakatlarga ko‘maklashishdir.



FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi “O‘zbekiston asalarichilari” uyushmasi bilan birgalikda qishloq aholisining turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan «Asalarichilikni barqaror rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash» Texnik Hamkorlik Dasturini amalga oshirmoqda. Shu bilan birga, Dastur O‘zbekiston Prezidentining «Respublikamizda asalarichilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorini amalga oshirilishiga ham katta hissa qo‘shadi.



«Ushbu Dasturni amalga oshirishda O‘zbekistonda asalarichilik sohasiga innovasiyaviy texnologiyalarni joriy etish, yangi uskunalarni yetkazib berish, asalarichilik bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan ta'lim muassasalarining salohiyatini oshirish, shuningdek darsliklarni tarjima qilish, chet ellik mutaxassislar bilan hamkorlikni rivojlantirish bizning asosiy vazifalarimiz qatoriga turadi», - deydi FAO ning O‘zbekistondagi Vakili O‘rinbosari Sherzod Umarov. – «Bundan tashqari, Dastur doirasida asalarichilar uchun innovasion axborot almashish tizimi ham ishlab chiqilgan».



Bu asalarichilar barcha zarur ilmiy va statistik axborotlar, shuningdek asalar koloniyalarining joylashuvi to‘g‘risidagi ma'lumot va pestisidlardan foydalanish to‘g‘risida erta ogohlantirishni o‘z ichiga olgan mobil ilovadir. Ta'kidlash joizki, Dasturni amalga oshirish jarayonida O‘zbekistondagi asosiy asalarichilik mahsulotlarining qo‘shimcha qiymat zanjirlarini o‘rganishda gender tahliliga ham e'tibor qaratiladi.



Butunjahon asalarilar kuni hukumatlar, tashkilotlar, fuqarolik jamiyati vakillari va barcha fuqarolarga changlatuvchilar va ularning yashash joylarini himoya qilish, ularning soni va xilma-xilligini oshirish, shuningdek asalarichilarga yordam ko‘rsatish va asalarichilik sohasini barqaror rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish imkoniyatini beradi. Asalarilar va asalarichilik tabiat va qishloq xo‘jaligida muhim rol' o‘ynaydi, qishloq joylarida yashash va munosib ish bilan ta'minlash manbai hisoblanadi, oziq-ovqat xavfsizligini mustahamlash va ovqat sifatini yaxshilashga hissa qo‘shadi.

 

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

FAO
BMTning Oziq-Ovqat va Qqishloq Xo'jaligi Tashkiloti

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar