KOICA O‘zbekistonda COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurashda yordam beradi
12 may 2021
- Poytaxtimizdagi Bolalar milliy tibbiyot markazida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA), O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan hamkorlikda 2020 yilda O‘zbekistonda COVID-19 pandemiyasining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor dasturning amalga oshirilgan ishlarni sarhisob qildi va 2021 yilga mo‘ljallangan rejalar xususida gapirildi.
Ta'kidlab o‘tish joizki, KOICA Koreya hukumatining ODA KOREA: Building TRUST (Birgalikda xavfsiz dunyo uchun taraqqiyot bo‘yicha hamkorlik tashabbusi: rivojlanayotgan mamlakatlarning Korona-19 ga munosabati va o‘rta va uzoq muddatli barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha rivojlanish strategiyasi) hamkorlikni rivojlantirish tashabbusi doirasidagi ABC (Koreya Hukumati bilan birgalikda «Xavfsiz dunyo uchun taraqqiyot bo‘yicha hamkorlik tashabbusi» doirasida rivojlanish bo‘yicha hamkorlik orqali «Korona-19»ga qarshi kurashish va dunyodagi vaziyat barqarorligini oshirish) dasturi ichida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatini tibbiy uskunalar bilan qo‘llab-quvvatlash va mutaxassislar malakasini oshirish ishlari amalga oshirildi.
Koreya hukumati tomonidan umumiy qiymati 5 million AQSh dollari bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish dasturi koronavirus va o‘rta va uzoq muddatli yangi yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishni kuchaytirish, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi inqirozlarni bartaraf etish qobiliyatini oshirish maqsadida ilgari surilgan 4 ta asosiy maqsadli loyiha bor.
Bu koronavirusga javobgar tashkilotni tibbiy asbob-uskunalar bilan ta'minlash, kadrlar malakasini oshirish, xususiy fuqarolik jamiyati hamkorligi orqali zaif qatlamni qo‘llab-quvvatlash, mavjud loyihalar bilan bog‘liq holda COVID-19 ga qarshi kurashni qo‘llab-quvvatlashdan iborat. Ushbu tibbiy asboblarni yetkazishdan oldin KOICA har bir qabul qiluvchi muassasaning ehtiyojlariga javob beradigan uskunalar bilan ta'minlash maqsadida tegishli tashkilotlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.
Bundan tashqari, u uchta tibbiy asbob-uskunalar qo‘llanmasini nashr etdi, bu orqali nafaqat hamkor tashkilotlarni jihozlar bilan qo‘llab-quvvatlash, balki samarali foydalanish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, tashkilotlar bilan treninglar ham o‘tkazilgan.
Hamkorlikdagi 2020 yilgi O‘zbekistonda COVID-19 pandemiyasining salbiy oqibatlariga qarshi kurashish bo‘yicha tezkor dasturi doirasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining loyiha boshqaruvi byurosi (UNOPS) yordamida 3.2 million AQSh dollari qiymatida bo‘lgan 96 turdagi tibbiy texnik jihozlar 7 ta tashkilotga yetkazib berilmoqda. Bu aholiga yanada qulaylik yaratish, kasallangan bemorlarni aniqlash va ularga yordam berishga xizmat qiladi.
KOICA joriy yilda ham O‘zbekistonda umumiy qiymati 5 million AQSh dollariga teng favqulodda yordam dasturini ilgari surishni rejalashtirmoqda. Shu maqsadda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan rejalarini faol muhokama qilmoqda. Jumladan, sog‘liqni saqlash va karantin dasturini tuzish bo‘yicha treninglar, yuqumli kasalliklar diagnostika laboratoriyasi sifatini boshqarish tizimi va kasalliklarni nazorat qilish milliy tizimi, koronavirus tadqiqotlari va uning salohiyatini oshirishni qo‘llab-quvvatlash kabilar taklif qilinmoqda. Bundan tashqari, KOICA ijtimoiy-iqtisodiy inqirozga javob berish uchun O‘zbekistondagi kasb-hunarga o‘qitish markazlari bilan bog‘liq holda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami uchun ish o‘rinlari yaratishni maqsad qilgan.
Mazkur loyiha koronavirus infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashni kuchaytirishda O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlash uchun insonparvarlik yordami, tibbiy asbob-uskunalar va muhim jihozlar bilan ta'minlashga qaratilgan.
– Keyingi ikki yilda O‘zbekiston Respublikasi va Koreya xalqaro hamkorlik agentligining yurtimiz fuqarolari sog‘lig‘ini muhofaza qilish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda, – deydi Botirjon Qurbonov. – Mazkur hamkorlik samarali ekanini aytmoqchiman. Bunda respublikamiz tibbiyot muassasalarining holati va jihozlarini yaxshilagan holda, aholiga eng yaxshi tibbiy yordam ko‘rsatishni ta'minlaydi.
– Bugun butun dunyoni qamrab olgan, hali ham xavfi yuqori bo‘lgan pandemiya bilan kurashish ustuvor masalalardan biri bo‘lib qolmoqda, – dedi KOICAning O‘zbekiston vakolatxonasi direktori Pak Sun Jin xonim. – Bunda tibbiyot muassasalarini tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash bilan birga, sog‘liqni saqlash xodimlarini o‘qitish orqali sog‘liqni saqlash tizimini yanada takomillashtirishga alohida e'tibor berilmoqda. Dastur, shuningdek, laboratoriyalar va tibbiyot muassasalarining uzoq muddatli laboratoriya, davolash-diagnostika va epidemiologik salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.
Mazkur loyiha doirasida aeroportlar va chegara yo‘llari kabi zich joylarda haroratni 24 soat davomida o‘lchash imkonini beradigan uskuna, diagnostika qilish va antigen diagnostika to‘plamiga talab borligi uchun ushbu belgilangan joylar ushbu jihozlar bilan ta'minlandi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi xizmati va uning qoshidagi tashkilotlarga test qiluvchi va diagnostika uskunalari, shu jumladan, suv bilan yuqadigan yuqumli kasalliklarning oldini olishning ikkinchi fazasi doirasida O‘zbekistonda keng tarqalgan parazit kasalliklar har tomonlama sinovdan o‘tkazilishi uchun bakteriyalarni boshqarish uskunalari va reaktivlar bilan ta'minladi.
Virusologiya ilmiy-tadqiqot instituti K-karantin (Koreya karantin modeli) ning asosiy elementlaridan biri bo‘lgan diagnostika qobiliyatini oshirishda qo‘l keladigan uskunalar bilan jihozlandi. Milliy bolalar tibbiyot markazida mobil tibbiy xizmatni boshlash uchun planshet komp'yuterlar, shuningdek, infeksiyaning oldini olish uchun bemorlarni identifikasiyalash moslamalari yetkazib berildi. Hamkorlikdagi xayrli ishlar davom etmoqda.
Amalga oshirilayotgan loyiha mamlakat aholisi va boshqa mamlakatlarning O‘zbekistonga kirib kelayotgan odamlari orasida COVID-19 kasalligini o‘z vaqtida aniqlashni kuchaytirishga yordam beradi.