Samarqandda Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazildi
09 sentabr 2023
7-8 sentyabrda Samarqandda Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiya O‘zbekiston hukumati tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, FAO (BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti) texnik ko‘magida o‘tkaziladi.
Tadbirda 30 dan ziyod mamlakatlardan vazirlar va diplomatlar, shuningdek xalqaro tashkilotlar, moliya institutlari, ilmiy tashkilotlar – Shanxay Hamkorlik Tashkiloti, Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti, Jahon banki, Islom oziq-ovqat xavfsizligi tashkiloti, Osiyo taraqqiyot banki va boshqalardan vakillar qatnashadi.
Konferensiya doirasida O‘zbekiston agrar tarmoqni isloh qilishdagi o‘z yutuqlari taqdimotini o‘tkazdi, shuningdek, bilimlar va innovasion yechimlar transferini yo‘lga qo‘yish uchun jahon hamjamiyati tajribasiga murojaat qildi.
Shuningdek, Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha konferensiya doirasida “O‘zbekiston agrooziq-ovqat salohiyati” ko‘rgazmasi va O‘zbekiston Agrooziq-ovqat investisiya forumi o‘tkazildi. Forumda Germaniya, Italiya, Isroil, Vengriya, Koreya Respublikasi, Pol'sha, Ozarboyjon, Qozog‘istondan 50 dan ziyod kompaniya qatnashdi.