Press-reliz

BMT Qochqinlar bo‘yicha oliy komissarligi Afg‘onistonga Termiz orqali insonparvarlik yordami jo‘natadi

15 dekabr 2021

Bugun BMTning Qochqinlar bo‘yicha agentligi (BMTQK) O‘zbekistonning Termiz shahridan Afg‘onistonga gumanitar yordam yuklangan yuk mashinalarini jo‘natdi. Ushbu gumanitar yuk BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligining Afg‘onistonni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha sa'y-harakatlari va Afg‘oniston xalqiga hayotiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiyaning bir qismidir.

Yuklar O‘zbekiston hukumati ko‘magida Termiz yuk markazida tashkil etilgan BMT qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi gumanitar markazidan jo‘natildi. O‘zbekiston janubida, O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasidan ikki kilometrdan kamroq masofada joylashgan Termiz yuk markazi BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligining afg‘on xalqiga insonparvarlik yordami ko‘rsatish borasidagi sa'y-harakatlaridagi asosiy element hisoblanadi.

Rasm: © Markaziy Osiyodagi BMT Qochqinlar bo‘yicha oliy komissarligi

Jo‘natilgan gumanitar yuk taxminan 40 tonna oshxona jihozlari va polimer plenkasi kabi asosiy ehtiyojlarni qndiruvchi predmaetlarni o‘z ichiga oladi. 2021-yilning oktyabr-noyabr oylarida Termizga havo va quruqlik orqali yetkazilgan ushbu tovarlar mahalliy zaxiralarni to‘ldirish va paydo bo‘layotgan ehtiyojlarni qondirish uchun yuk mashinalari orqali Afg‘onistonga jo‘natildi.

“Biz O‘zbekiston hukumati va Termizdagi mahalliy hamkorlarning doimiy qo‘llab-quvvatlashini qadrlaymiz, bu esa BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligiga eng zarur bo‘lganda tez insonparvarlik yordamini ko‘rsatish imkonini beradi. Hozir millionlab afg‘onlar oziq-ovqat ta'minotidan mahrum bo‘lib, qattiq qishga qarshi o‘ta himoyasiz qolgan, odamlarning hayotini saqlab qolish va insonparvarlik inqirozining oldini olish uchun shoshilinch yordam zarur”, dedi BMT Qochqinlar bo‘yicha katta maslahatchisi janob Frank Remus.

BMTning Qochqinlar bo‘yicha oliy komissarligi o‘zining mintaqadagi favqulodda vaziyatlarga javob berish va tayyorlanish strategiyasining bir qismi sifatida Termizga gumanitar yuklarni oldindan joylashtirdi. Termiz shahridagi BMT Qochqinlar ishi bo‘yicha komissarlik markazi asosiy ehtiyojlarni qondiruvchi mahsulotlar zahiralarini saqlashdan tashqari, Afg‘oniston, Eron va Markaziy Osiyodagi BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarlik operatsiyalariga yordam berish uchun gumanitar yuklarni birlashtirish va o‘tkazish punkti sifatida ham foydalaniladi. Shunga ko‘ra, insonparvarlik yuklarining muntazam partiyalari BMT qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligining Afg‘onistondagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish amaliyoti davomida Termiz orqali jo‘natiladi.

 

Yelena Sim

Yelena Sim

BMTQOK
Tashqi Aloqalar bo'yicha yordamchi

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

BMTQOK
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar Bo'yicha Oliy Komissari

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar