Uzilishlar bilan o'tadigan ish faoliyati: Lazizaning hikoyasi
Laziza (ism o'zgartirilgan) – 13 yillik ish tajribasiga ega, uchta ajoyib farzandning onasi.
Garchi bu oddiy yutuqdek tuyulsa-da, haqiqiy hayotda ishlovchi ayollar o'z ish faoliyati vaoilaviy hayotini uyg‘unlashtirishi uchun o'ziga xos to'siqlarga duch kelishadi. Lazizaninghikoyasi ayollarga berilishi lozim bo'lgan haq to'lanadigan tug'ruq ta'tilini olish huquqiga egabo'lish qiyinchiliklaridan bahs etadi: garchi u rasmiy mehnat shartnomasi bilan ishlaganbo'lsa-da, u barcha huquqlardan to'laligicha foydalana olmas edi. Laziza o'zining tirishqoqligitufayli bu kabi qiyinchiliklarni yengib o'tdi va o'z maqsadlariga erishdi. Bugungi kunda ukadrlar bo'yicha eng yaxshi mutaxassislardan biri va o'z kompaniyasining muhim xodimi. Biroq, ko'pchilik uchun haq to‘lanadigan tug'ruq ta'tilini olish va huquqlarini himoya qilishdagito'siqlarni yengib o'tish oson emas. O'zbekiston Xalqaro mehnat tashkilotining sanoatkorxonalarida, noan'anaviy, qishloq xo'jaligi sohalarida faoliyat yuritayotgan va uydaishlayotgan ayollarning tug'ruq ta'tili huquqi, tibbiy va pul imtiyozlari hamda onalikni himoyaqilish to'g'risidagi 103-sonli (1952 yil) konvensiyasini ratifikatsiya qilganiga qaramay, bu kabihodisalar haligacha odatiy holdir. Yuqoridagi imtiyozlar ona va bola salomatligini, shuningdek, ularning turmush darajasini saqlab qolish uchun moslashtirilishi lozim.
Ish qidirish
Magistraturani tugatishga yaqin Laziza har xil bo'sh ish o'rinlariga hujjat topshira boshladi vaish beruvchi tashkilotlar suhbatlarida qatnashdi. U yangi turmush qurganligi sababli, ko'plabtashkilotlar uni ishga qabul qilishdan bosh tortishdi, chunki u tez orada tug'ruq ta'tilini olishimumkin edi. Bir tashkilotda u ishga qabul qilishning barcha bosqichlaridan o'tdi, biroq ungabesh yilgacha homiladorlik va tug'ruq ta'tili olmasdan ishlash talabi qo’yildi. U buni radetishga majbur bo'ldi.
"Men o'sha paytda bunday uzoq muddatli majburiyatni ololmasdim, ish taklifini radetishimning yagona sababi shu edi", deb eslaydi Laziza.
Birinchi ish va birinchi farzand
O'qishni tugatgandan so'ng, u davlat maktabida chet tilidan dars bera boshladi. U bolalar bilan ishlash va ularni o'qitishni yaxshi ko'rardi. Ishga kirganiga bir yil bo'lganida, u tez orada ona bo'lishi ma'lum bo'ldi. U bundan quvonch va hayajonga to'ldi. Bu xabarni eshitib, butun oila quvondi. Biroq, uni maktabda yoqimsiz yangiliklar kutib turardi. Maktab ma'muriyati Lazizaga to'g'ridan-to'g'ri tug'ruq ta'tilini olishi mumkinligini, lekin u tug'ruq uchun nafaqa olmasligini aytdi. Shunday qilib, uning ta'tili rasman ro'yxatga olindi, unga ko'ra u tug'ruq uchun naqd pul olish huquqiga ega edi, lekin unga oldindan xabar berilganidek, nafaqa berilmadi. O'z huquqlarini himoya qilishga qaror qilib, Laziza maktab ma'muriyati bilan yoqimsiz to'qnashuvga kirishdi. Ish beruvchi tug'ruq nafaqasi sifatida davlat byudjetidan olinadigan pulni berishga rozi bo'ldi, lekin uni o'zlari uchun ishlatish maqsadida Lazizadan yashirishga qaror qildi.
"Tug'ruq ta'tilidan so'ng, men o'z ishimni yaxshi ko'rsam ham, u maktabga qaytolmadim. Ma'muriyatning munosabati shu qadar yomonlashib ketdiki, men uchun o'sha muhitda ishlash noqulay edi", - deydi Laziza. "Onalik nafaqasi tug'ilishga tayyorgarlik ko'rayotgan va farzand tug'ilganidan keyingi dastlabki oylarda xarajatlarni qoplash uchun yosh oilaga muhim yordamdir".
"Xususiy sektorda keng tarqalgan amaliyot"
Ikkinchi o'g'li tug'ilganidan keyin Laziza mehnat bozoriga qaytishga qaror qildi va xususiy kompaniyada ofis menejeri bo'lib ishlay boshladi. Ishga qabul qilish jarayonida rahbariyat uni xususiy sektorda tug'ruq uchun nafaqa to'lash amaliyoti yo'qligi haqida ogohlantirdi. Bu narsa uni kompaniyaga ishga kirishdan qaytarmadi, chunki unga ish va jamoa yoqdi. Bu kompaniyada bir-ikki yil ishlagandan so'ng, Laziza uchinchi marta ona bo'lmoqchi edi. Bu safar u kompaniya tug'ruq nafaqasini to'lamasligiga oldindan tayyorgarlik ko'rdi. Kompaniya Laziza bilan mehnat shartnomasini bekor qildi, lekin u ishga qaytishga qaror qilgan zahoti u bilan shartnoma tiklanishini va'da qildi.
"Amaldagi qonunchilikka ko'ra, xususiy kompaniyalar tug'ruq uchun nafaqani o'z byudjetidan to'lashi kerak, shunga qaramay men buni ish beruvchilar uchun qo'shimcha moliyaviy yuk ekanligini tushunaman. Shuning uchun men o'z kompaniyamdan to'lov talab qilmadim. Men allaqachon tajribali ona bo'lganim uchun, qizim tug'ilganidan 6 oy o'tgach, ishga qaytishga tayyor edim. Jamoa mening qaytishimni iliq kutib oldi", - deb eslaydi Laziza.
Uchinchi tug'ruq ta'tilida Laziza bolalarni parvarish qilish uchun ijtimoiy nafaqa oldi (kam ta'minlangan oilalarga mo'ljallangan), bu nafaqa davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladi va mahalliy o'zini-o'zi boshqarish organlari tomonidan beriladi. Kam ta'minlangan oilalarga mo'ljallangan bu imtiyoz kichik bo'lishiga qaramay, kundalik ehtiyoj xarajatlarini qoplashga yordam berdi.
Lazizaning hikoyasi bu jamiyat uchun unchalik ham hayratlanarli emas. O'zbekistondagi ko'plab ayollar kasbiy hayotlarida mana shunday muammolarga duch kelishadi. Lazizaning so'zlariga ko'ra, universitetdagi ko'plab do'stlari homiladorlik bilan bog‘liq sabablar tufayli o'z ishini boshlay olmagan. Ayrimlari esa ona bo'lgach ishlarini tashlab ketishga majbur bo'lishgan. Bir necha kishigina ish faoliyati va oilaviy hayotni birlashtirish yo'lini topa olgan. Onalik va tug'ruq huquqlarining yetishmasligi ishda gender tengsizligiga hamda ona va bola salomatligi uchun muhim bo'lgan mablag' yetishmasligiga olib keladi. Onalik huquqlarini himoya qilish ayollarga o'z kasbiy salohiyatini ro'yobga chiqarish va jamiyat rivojiga hissa qo'shish imkoniyatini beradi.
O'zbekiston Respublikasi Kasaba Uyushmalari Federatsiyasining izohi:
Kasaba Uyushmalari Federatsiyasi advokati Lazizaning hikoyasi juda dolzarb ekanligini tasdiqladi hamda ayollar uchun shaxsiy va professional hayotni birlashtirish qanchalik qiyinligini aytdi. O'zbekiston Respublikasining 1995 yilda qabul qilingan Mehnat kodeksi 233-moddasiga binoan, davlat va xususiy sektorda rasmiy ravishda ishlaydigan barcha ayollarga tug'ruqdan oldin yetmish kalendar kun va undan keyin ellik olti kalendar kunlik davlat ijtimoiy sug'urtasi to'lanadigan tug'ruq ta'tillari beriladi. Ish beruvchilarning rasmiy ta'til bermaslik va nafaqa to'lamaslik haqidagi har qanday amaliyoti noqonuniy hisoblanadi.
Ammo shuni ta'kidlash kerakki, homiladorlik va tug'ruq nafaqasini to'lashning amaldagi tartibi Mehnat kodeksini buzadi. 2002 yil 8-maydagi "Davlat ijtimoiy nafaqalarini berish to'g'risida" gi nizomga muvofiq, tijorat va xususiy tadbirkorlik subyektlarida tug'ruq uchun nafaqalar korxonalarning o'z mablag'lari hisobidan to'lanishi lozim.
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Gender tengligi bo'yicha Milliy komissiya izohi:
Gender tengligi bo'yicha Milliy komissiya ayollarning mehnat va tadbirkorlik huquqlari ijtimoiy xavfsizlik standartlariga muvofiqligini tekshirish uchun milliy qonunchilikni ko‘rib chiqdi. Komissiya Laziza yuz tutgan muammolar singari kamsitish va adolatsiz muomalaga yo'l qo'ymaslik uchun "Ayollar va erkaklarning teng huquq va imkoniyatlari to'g'risida" gi qonunning 24 -moddasiga o'zgartirishlar kiritishni taklif qilmoqda. "Bizning fikrimizcha, davlat tug'ruq va tug'ruq ta'tiliga oid huquqlarni kafolatlashi kerak hamda tug'ruq bo'yicha nafaqalar davlat byudjetidan to'lanishi lozim", - dedi Gender tengligi bo'yicha komissiya a'zosi.
Milliy qonunchilikni xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirish
Birlashgan millatlar tashkilotining O'zbekistonda ijtimoiy himoyani kuchaytirish bo'yicha qo'shma dasturi hukumat va ijtimoiy hamkorlarga oilaviy majburiyatlarga ega ishchilarni ijtimoiy himoya qilishning xalqaro standartlari, ularning milliy qonunchilik, siyosat va amaliyotda qo'llanilishi haqidagi tushunchalarini oshirishda yordam beradi. Onalikni muhofaza qilish va tug‘ruq ta'tillari ushbu standartlarning ajralmas qismidir. O'zbekistonda onalikni muhofaza qilish huquqini amalga oshirish yo'lida birinchi qadam Onalikni himoya qilish to'g'risidagi konvensiya qoidalariga muvofiq ayollarning sog'lig'iga, tug'ruq ta'tiliga va pullik nafaqalarga ega bo‘lishini samarali ta'minlash bo'ladi. Milliy Gender komissiyasi hamda Bandlik va Mehnat munosabatlari vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda keyingi qadamni – onalikni muhofaza qilishning zamonaviy standartlariga muvofiq milliy qonunchilikni, ya'ni 2000 yilgi Onalikni muhofaza qilish konvensiyasini ko'rib chiqmoqdalar. Onalikni muhofaza qilishning zamonaviy standartlari ayollarning o'zi va bolasi sog'lig'ini hamda yashash darajasining mos sharoitlarini saqlashni ta'minlaydigan tug'ruq ta'tillari bo'yicha imtiyozlarni nazarda tutadi. Bu standartlar onalik nuqtai nazaridan kamsitishni taqiqlaydi: ish beruvchilarga homiladorlik yoki tug'ruq ta'tilida mehnat shartnomasini bekor qilishga ruxsat berilmaydi. Imtiyozlar ishchi va ish beruvchining hissasi, shuningdek umumiy byudjet hisobidan moliyalashtiriladi.