Yevropa Ittifoqi-YuNESKO O'zbekistondagi qishloq xo'jaligi sohasini qo'llab-quvvatlash dasturi bo’yicha dastlabki natijalarini sarhisob qildi
11 yanvar 2021
- 11 yanvar kuni "O'zbekistonning qishloq hudularida ish bilan ta'minlash ko'nikmalarini rivojlantirish" loyihasi doirasida mamlakatning barcha viloyatlaridan kelgan milliy ekspertlar ishtirokida o'tkazilayotgan ikki kunlik milliy seminar boshlandi.
Seminar Yevropa Ittifoqi, Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta'lim, fan va madaniyat masalalari bo'yicha tashkiloti (YuNESKO), O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi va O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi ko’magida ot’kazilmoqda.
2020 yilning iyul oyida Yevropa Ittifoqi (YI) YuNESKO tomonidan 2020-2024 yillarda amalga oshiriladigan "O'zbekistonning qishloq hududlarida ish bilan ta'minlash ko'nikmalarini rivojlantirish" loyihasi uchun 9,6 million evro mablag’ ajratdi. Loyiha O'zbekistonning to'rtta hududlarida (Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Surxondaryo viloyatlari) qishloq xo'jaligi va irrigatsiya sohasida kadrlar malakasini rivojlantirish tizimining sifati, dolzarbligi, udumdorligi va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ta'kidlash joizki, ushbu tashabbus 2019 yil 20 dekabrda Qishloq xo'jaligi vazirligi va O'zbekiston agrosanoat majmuiva oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi (UZAIFSA)) tomonidan ishga tushirilgan"O'zbekiston qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilish" loyihasi bilan muvofiqlashtirilgan.
Loyida doirasida YuNESKO yangi tashabbus va yondashuvlarni ishlab chiqish, sinovdan o’tkazish va amalda joriy etishda, jumladan, qishloq xoʻjaligi va irrigatsiyasi tarmoqlarida oʻqituvchilar va murabbiylarni tayyorlashda ko’maklashishni davom ettiradi. Ko'rsatilgan yordam mamlakat bo'ylab transversalusullardan foydalanish, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoatining yuqori texnologiyalari va innovatsion yondashuvlarni kengaytirishga hissa qo’shishi kutilmoqda.
Seminardan maqsad - O'zbekistonning tanlangan to'rtta hududida qishloq xo'jaligi va irrigatsiyada malaka oshirish ehtiyojlarini baholash bo'yicha dastlabki xulosalar va hozirgi holati tahlili, Prezident farmonlarida nazarda tutilgan qishloq xo'jaligi ta'limi va o'qitish sohasidagi so'nggi o'zgarishlar, hamda loyihanining ishga tushirilishi to'g'risidagi hisobotning strukturasini muhokama qilishdir.
COVID-19 pandemiyasi bilan bogʻliq cheklovlarga rioya qilish va uning tarqalishining oldini olish maqsadida, seminar onlayn-platformadan foydalanilgan hoʻlda oʻtkazildi. Tadbirda YuNESKO Bosh qarorgohi, YuNESKOʻning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi, Yevropa Ittifoqi, manfaador vazirliklar, elchixonalar, xalqarotashkilotlar, universitetlar vakillari, rivojlanish boʻyicha hamkorlar, hamda OAV vakillari ishtirok etishdi.
Seminar boshida Yevropa Ittifoqi hamkorlik bo’yicha bo'limi rahbari janob Fransua Bejo va YuNESKOning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari janob Yan Xladik so'zga chiqib, mazkur loyihaning O'zbekiston aholisi farovonligini oshirish va qishloq xo'jaligini modernizatsiya qilishda muhimligini ta'kidladilar.
Tadbirning birinchi kunida YuNESKO ekspertlari qishloq xo'jaligi va irrigatsiyada malaka oshirish ehtiyojlarini baholash bo'yicha va uning hozirgi holati tahlilining dastlabki natijalarni taqdim etdilar, hamda konstruktiv va samarali milliy muloqot uchun asos yaratdilar.
Ishtirokchilar mutaxassislar bilan qizg'in savol-javoblar almashishdi. Bunga yaqinda yakunlangan dala safarlaridan olingan bir nechta qiziqarli faktlar va raqamlar ayni muddao bo’ldi. Xususan, global iqlim o'zgarishi, aholi sonining o’sishi va O'zbekiston iqtisodiyoti tarmoqlarining rivojlanishi ularning suvga bo'lgan talabining yil sayin oshib borishiga olib kelmoqda. Buning natijasida suv resurslari tanqisligi yildan-yilga oshib boradi. So'nggi 15 yil ichida jon boshiga to'g'ri keladigan suv miqdori 3048 kubometrdan 1589 kubometrgacha kamaydi. Ushbu va boshqa vazifalarni hal qilish uchun respublikada muhim qadamlar qo'yilmoqda. Ularni samarali amalga oshirish uchun suv resurslarini boshqarish bo'yicha ko'nikmalarni rivojlantirish zarur. Bu, o'z navbatida, qishloq va suv resurslarini boshqarish sohasida malaka oshirish tizimini yanada takomillashtirishni talab qiladi.
Ikkinchi kuni ishtirokchilar O'zbekistondagi Milliy malaka doirasi, shuningdek milliy siyosiy va huquqiy o'zgarishlar va ularning loyiha faoliyati va maqsadlari bilan qanday bog'liqligi sinopsisini olishadi. Yuqorida aytilganlarni umumlashtirib, seminar, tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirishdagi asosiy hujjatlardan biri bo'lgan "Loyihaning ishga tushirilishi to'g'risidagi" hisobot strukturasining muhokamasi va tasdiqlanishi bilanyakunlanadi.
Loyiha haqida
"O'zbekistonning qishloq hududlarida ish bilan ta'minlash ko'nikmalarini rivojlantirish" loyihasi qishloq aholisini ish bilan ta'minlash imkoniyatlarini yaxshilash orqali uning turmush darajasini yaxshilashga qaratilgan.
Muayyan maqsad - O'zbekistonda ayollar va erkaklarni barqaror, diversifikatsiyalangan va modernizatsiya qilingan qishloq xo'jaligi ehtiyojlariga mos bilim va ko'nikmalar bilan ta’minlashdir.
Kutilayotgan natijalar: 1) Kasb-hunar ta’limi sohasida siyosatni amalga oshirishni qo’llab-quvvatlash va qishloq xo'jaligi va irrigatsiya sohalarining evolyutsiyasiga moslashadigan boshqaruv mexanizmlarini zamonaviylashtirish; 2) mehnat bozori talablari, hamda qishloq xo'jaligi sohasida ta’lim olayotgan va faoliyatko’rsatayotgan ayollar va erkaklar ehtiyojlarini qondirish uchun kasb-hunar ta'limi tizimining malaka va metodologiyasini modernizatsiya qilish; 3) zamonaviy asbob-uskunalar, texnologiyalar va o'qitish usullaridan foydalanila oladigan malakali menejment va o'qituvchilar tarkibiga ega samarali kasb-hunar kollejlari.