Press-reliz

O‘zbekistondagi FAO vakillari qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlandi

13 dekabr 2020

  • Qishloq xo‘jaligi vazirligida O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni munosabati bilan soha rivojlantirishga o‘zining samarali va fidokorona mehnati bilan munosib hissa qo‘shgan bir guruh xodimlariga “Qishloq xo‘jaligi fidoyisi” ko‘krak nishoni tantanali topshirildi. Shuningdek, faxriy unvon Markaziy Osiyo bo‘yicha FAO sub-mintaqaviy koordinatori Viorel Gutu, FAO Bosh direktori o‘rinbosari hamda Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Vladimir Raxmanin hamda O‘zbekiston FAO vakolatxonasining loyiha koordinatori Sherzod Umarovga topshirildi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) Birlashgan Millatlar Tashkilotining ochlikdan qutulish, ovqatlanish va oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilash bo'yicha xalqaro sa'y-harakatlarga rahbarlik qiluvchi ixtisoslashgan muassasasidir. U 1945 yilda tashkil etilgan va 194 a'zo davlatlardan tashkil topgan.

Rasm: © FAO Uzbekistan

2001 yilda O‘zbekiston FAO tashkilotiga a'zo bo‘ldi va 2014 yilda FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi ish boshladi. 2022 yilgacha hamkorlik rejasiga binoan, FAO bir necha ustuvor yo‘nalishlarda O‘zbekiston Hukumatiga yordam ko‘rsatadi: jumladan qishloq xo‘jaligi vazirligi va boshqa davlat tashkilotlariga institusional va strategik yordam, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, bozorga kirish zanjirlari va tabiiy resurslarni barqaror boshqarish, iqlim o‘zgarishi va bio xilmaxillik.

Guzal

Guzal Fayzieva

FAO
Kommunikatsiyalar bo'yicha milliy maslahatchi

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

FAO
BMTning Oziq-Ovqat va Qqishloq Xo'jaligi Tashkiloti

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar