Yaqinda sodir bo‘lgan halokatli suv toshqinlari natijasida jabrlangan minglab pokistonliklarga ko‘maklashish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va BMTning Qochoqlar bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining (BMT QOKB) o‘zaro hamkorlikdagi dastlabki insonparvarlik yordami yuklari havo yo‘llari orqali Termizdan Pokistonning Karachi shahriga yetkazilishi tashkil etildi.
Qidirish
BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning Rimdagi bosh qarogohida “Sog‘lom ovqatlanish. Sog‘lom sayyora” mavzusida forum bo‘lib o‘tdi. Anjumanda turli mamlakatlardan 2 mingdan ziyod yoshlar ishtirok etdi va yana o‘n minglab kishi tadbirda onlayn qatnashdi.
Erta yoshdagi bolalarning tarbiyasi va ta’limining afzalliklari haqidagi kuchli dalillarga qaramasdan, YUNESKOning yangi ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, 5 yoshli har to‘rtta boladan 1 nafari hech qachon maktabgacha ta’limni olmagan. Bu butun dunyodagi 5 yoshli bolalarning 137 milliondan 35 millionini bildiradi. Dunyo miqyosida barcha mamlakatlarning faqat yarmi bepul maktabgacha ta'limni kafolatlaydi.
Kichik yoshdagi bolalarga g‘amxo‘rlik qilish va ta’lim berish bo‘yicha butunjahon konferensiyasining qo‘shimcha tadbirida Maktabgacha ta’lim vazirligi (MTV), Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) va Jahon banki (JB) o‘rganilgan saboqlar hamda O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimi islohotiga ko‘mak berish borasidagi hamkorlikning keyingi qadamlarini muhokama qilmoqdalar.
O'zbekistonda gender asosidagi zo'ravonlikka qarshi 16 kunlik faollik doirasidagi tadbirlar taqvimi.
2022-yil 29-noyabr kuni Toshkent shahrida gender masalalariga bag‘ishlangan hududiy davra suhbati boshlanadi. O’tkazilajak yig‘ilishdan ko‘zlangan maqsad – Markaziy Osiyo mamlakatlarida ayollar va qizlarga nisbatan zo‘ravonliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish bo‘yicha huquqni muhofaza qilish organlarining mavjud amaliyotini sarhisob qilishdan iborat. Tadbir joriy yilning asosiy g’oyasi bo’lmish “Ayollarga qarshi zo‘ravonlikni birgalikda to‘xtatamiz” mavzusi hamda gender tenglikni ta'minlash sohasida faoliyat olib borayotgan tashkilot va harakatlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida har yili o‘tkaziladigan “Gender asosidagi zo‘ravonlikka qarshi 16 kunlik faol harakatlar” global kompaniyasi bosqichiga tog’ri kelmoqda.