YUNESKO Butunjahon konferentsiyasi erta yoshdagi bolalar tarbiyasi va ta’limga sarmoyalarni koʻpaytirishga chaqiradi
24 oktabr 2022
Erta yoshdagi bolalarning tarbiyasi va ta’limining afzalliklari haqidagi kuchli dalillarga qaramasdan, YUNESKOning yangi ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, 5 yoshli har to‘rtta boladan 1 nafari hech qachon maktabgacha ta’limni olmagan. Bu butun dunyodagi 5 yoshli bolalarning 137 milliondan 35 millionini bildiradi. Dunyo miqyosida barcha mamlakatlarning faqat yarmi bepul maktabgacha ta'limni kafolatlaydi.
14-16-noyabr kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtadigan YUNESKOning Erta yoshdagi bolalar tarbiyasi va ta'limi boʻyicha butunjahon konferensiyasi har bir yosh bolaning sifatli tarbiya va taʼlim olish huquqini yana bir bor tasdiqlaydi va tugʻilgandan sakkiz yoshgacha boʻlgan bolalarga investitsiyalarni koʻpaytirishga yordam beradi.
YUNESKO Bosh direktori Odri Azule ta'kidlaganidek: “Erta yoshdagi ta'limga sarmoya kiritish - barcha bolalarga hayotni adolatli boshlash va ta’limning mazkur boshqichida tengsizliklarga qarshi kurashish uchun mamlakat amalga oshira oladigan eng samarali investitsiyasidir”. “Bolalarni boshlang‘ich ta’limga tayyorlash, ularning hayot davomidagi ta’lim jarayonida ravnaq topishiga zamin yaratish juda muhim”.
O‘zbekiston hukumati mezbonlik qiladigan konferensiyada 1000 dan ortiq mehmonlar kutilmoqda, jumladan, davlat va hukumat rahbarlari, vazirlar, shuningdek, fuqarolik jamiyati, hukumatlararo tashkilotlar, xususiy sektor, o‘qituvchilar va ota-onalar uyushmalari, ilmiy doiralar vakillari ishtirok etadi. Erta yoshdagi bolalarning sifatli tarbiya va ta'lim olish imkoniyatlarini kengaytirishi bo'yicha 2030 yilgacha va undan keyingi davrga maqsad qilingan majburiyat deklaratsiyasi qabul qilinishi kutilmoqda.
Konferentsiya tub oʻzgarishlar boʻyicha siyosiy majburiyatlarni va jamiyatning eng yosh qatlamlariga ta’lim berish va tarbiyalashning yangi mezonlarini toʻrtta tematik ustuvorlik boʻyicha kuchaytirishga qaratilgan: (1) inklyuzivlik, sifat va farovonlik, (2) muallimlar, oʻqituvchilar va bogʻcha tarbiyachilari, (3) innovatsiyalar, (4) siyosat, boshqaruv va moliya.
Ta'limdagi tengsizliklar erta bolalikdan boshlanadi
Bu davrda miya maksimal tezlikda rivojlanadi. Yosh bola boshdan kechirayotgan sharoitlar uning uzoq muddatli kognitiv, ijtimoiy va hissiy rivojlanishiga ta'sir qiladi. Ta'limdagi tengsizliklar dastlabki yillarda boshlanadi va hayot davomida saqlanib qoladi.
Eng soʻnggi ma'lumotlar shuni koʻrsatadiki, dunyo miqyosida har oʻn boladan oltitasi oʻn yoshga kelib, oddiy matnni oʻqiy olmaydi va tushuna olmaydi. Bolalikdan sifatli tarbiya va ta’lim olish orqali erta yoshda va barcha yosh bolalar uchun teng imkoniyatlarni ta'minlash- ta'lim va turmushda ildiz otgan tengsizliklarni bartaraf etish yo'lidagi muhim birinchi qadamdir. Bundan tashqari, iqlim oʻzgarishi, global fuqarolik, gender tengligi va birgalikda yashash haqida xabardor bo’lish va ularni anglash- barqaror rivojlanish, tinchlik va farovonlikka erishishda juda muhimdir.
Butunjahon konferentsiya yaqinda oʻtkazilgan BMTning Ta'lim transformatsiyasi sammitidan soʻng tashkillashtirilmoqda , unda barcha bolalarning oʻz potentsialini toʻliq roʻyobga chiqarishi va jamiyatda ishtirok etishi uchun asosiy ta'limga ustuvor ahamiyat berishga chaqirdi.
Qoʻshimcha ma'lumot uchun quyidagi havolaga kiring: www.wcecce2022.org
***
Media aloqalari:
Ann Myuller, YUNESKO bosh qarorgohi (a.muller@unesco.org)
Gregori Galligan, YUNESKO Bangkok (g.galligan@unesco.org)
Reshmi Majumdar, YUNESKO Toshkent (r.majumdar@unesco.org)