Frantsiyaning O'zbekistondagi elchixonasi muvaqqat ishlar vakili Alena Grand xonim va BMTning O'zbekistondagi doimiy koordinatori Xelena Freyzer xonimning bayonoti
Parijda 30-iyun – 2-iyulda bo’lib o’tgan “Avlodlar tengligi forumi” munosabati bilan qilingan bayonot
Frantsiya Elchixonasi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi birgalikda 2021-yilning 30-iyunidan 2-iyuliga qadar Parij shahrida bo'lib o'tgan “Avlodlar tengligi forumida” O'zbekistonning gender tengligi bo’yicha majburiyatlar olganligini olqishlashadi.
Gender tengligi frantsuz feministik diplomatiyasining ustuvor yo'nalishi hisoblanadi. Aynan shu g’oya doirasida Frantsiya Prezidenti Meksika bilan hamkorlikda va “BMT Xotin-qizlar” agentligi homiyligida “Avlodlar tengligi forumini tashkil etishga qaror qildi. Ushbu forum tarixiy ahamiyatga ega bo’lgan Pekin Deklaratsiyasi hamda ayollar va qizlar huquqlari bo'yicha Harakatlar Platformasi qabul qilinganidan 26 yil o'tgach bo'lib o'tmoqda.
Parij forumi - bu ko’p tomonli va turli hil avlodlar vakillarining yig'ilishidir, bu COVID-19 dan tenglik asosida tiklanishga asoslangan, gender tengligini markaziy komponent sifatida o'z ichiga olgan va kelajak avlodlar uchun mazmunli va doimiy o'zgarishlarga hissa qo'shadigan muhim global tashabbusdir. Pandemiya sababli ayollar va qizlarning huquqlari bo'yicha o'nlab yillik taraqqiyot ortga surilishi tahdidi ostida bo'lgan sharoitda, “Avlodlar tengligi forumi” aniq va shahdam javob berishga va ijobiy yangi turtki berishga intilmoqda. Maqsad 5 yil ichida barchamizning birgalikdagi harakatlarimiz tufayli ayollar huquqlari sohasida sezilarli yutuqlarga erishishdir.
Butun jahon bo'ylab gender tengligi masalalariga sadiq bo'lgan fuqorolik jamiyatlarini, 50ga yaqin davlat rahbarlarini, xususiy sektor vakillarini, jamoat arboblari va boshqa sub'yektlarni jalb qilgan holda, Forum ishtirokchi davlatlar bilan mustahkam va muhim o'zgarishlarga olib kelishi mumkin bo'lgan yangi aniq, o'lchab bo’ladigan va muhim majburiyatlarni belgilashga intiladi va avloddan avlodga qizlar va ayollar uchun gender tengligi yo'lida barqaror va tub o’zgarishlarga eltuvchi yutuqlarga erishishga harakat qiladi.
Biz O'zbekiston hukumati “Avlodlar tengligi forumida” ishtiork eta olganidan, oltita harakatlar koalitsiyasidan biri bo’yicha majburiyatlar olganizdan va Parij shahrida keng ommaga taqdim etiladigan “Global jadallashuv rejasiga” o'z hissasini qo'shishi mumkinligidan xursandmiz.
O'zbekiston hukumati fuqarolik jamiyatidagi sheriklari bilan birgalikda ikkita harakatlar koalitsiyasiga qo'shildi: biri gender zo'ravonligigs qarshi kurash, ikkinchisi iqtisodiy adolat va huquqlar bo'yicha va har ikkalasida ham 210 million dollarlik moliyaviy yordamni o'z ichiga olgan qat'iy majburiyatlarni, xususan hukumatning milliy barqaror rivojlanish maqsadlariga bo'lgan majburiyatlariga muvofiq sohalarda, xususan BRMning 5-maqsadi bo'yicha majburiyatlani o'z zimmasiga oldi: ya’ni gender tengligiga erishish va ayollar va qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish.
Masalan, forumda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi Narbaeva xonim O'zbekiston hukumati tomonidan olingan quyidagi majburiyatlarni qayd etdi:
- parlament tomonidan 2030 yilgacha qabul qilingan Milliy gender strategiyasini amalga oshirish uchun yiliga kamida 40 million dollar ajratish;
- mamlakatdagi har bir ayol va qiz uchun “Ayollarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish” to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan qoidalar ijrosini ta'minlash uchun samarali parlament nazoratini o'rnatish;
- nogiron ayollar va qizlarning ehtiyojlarini to'liq qondiradigan zo'ravonlikdan omon qolganlar uchun xizmat ko'rsatuvchi provayderlarni qo'llab-quvvatlash va moliyalashtirish (boshpana, ishonch telefonlari);
- mamlakatda ilk marotaba genderga asoslangan zo'ravonlik bo’yicha ma'lumotlar to'plash va uning sabablarini o’rganilib, erta va majburiy nikohlarning sabablarini aniqlash bo'yicha tadqiqot olib borilib, mamlakatda ushbu inson huquqlari buzilishini bartaraf etish bo'yicha samarali siyosat va xabardorlik kampaniyalari olib borishda foydalaniladi;
- ayollar uchun munosib ish imkoniyatlarini yaratadigan, norasmiy ishdan rasmiy ish joyiga o'tishni rag'batlantiradigan, teng qiymatdagi ish uchun teng haq to'lashni ta'minlaydigan va ijtimoiy himoyadan foydalanish imkoniyatlarini kengaytiradigan dasturlarni kengaytirish;
- fan, texnika, muhandislik va matematika (STEM) kasblarida ayollarning ishtirokini rivojlantirishni davom ettirish, shu jumladan qizlar uchun STEM sohalarida oliy ma'lumot olish imkoniyatlarini kengaytirish, shuningdek stereotiplar, kamsitishlar va ishdagi zo'ravonliklarga qarshi kurashish;
- XMTning 2025-yilgacha mehnat sohasidagi zo'ravonlik va ta'qiblarni yo'q qilish to'g'risidagi 190-sonli Konvensiyasini ratifikatsiya qilish masalasini o'rganib chiqish va uni xususiy sektor bilan yaqin hamkorlikda amalga oshirish;
- jinsiy va reproduktiv salomatlik (JRS) xizmatlarini sog'liqni saqlash tizimining umumiy qamroviga qo'shish. JRS dasturlari ayollar va erkaklar uchun yuqori sifatli sog'liqni saqlash xizmatlaridan to'liq va teng ravishda foydalanish imkoniyatini ta'minlashga, shuningdek, ushbu sohadagi axborot va ta'limga, hamda oilani rejalashtirish bo'yicha yuqori sifatli va keng qamrovli xizmatlarga yo'naltiriladi;
- parlament muntazam ravishda Hukumatning hisobotlarini ko'rib chiqadi va fuqarolik jamiyati vakillarini 2019-yilda qabul qilingan "Fuqarolarning reproduktiv salomatligini muhofaza qilish to'g'risida" gi qonun ijrosini nazorat qilishga taklif qiladi;
Biz ushbu majburiyatlarni bajarish uchun hukumat va fuqarolik jamiyati o’rtasida hamkorlik yo'lga qo'yilishidan xursandmiz. Ayollar va qizlarning huquqlari hamda gender tengligini ta'minlash va himoya qilish bo'yicha ish olib boruvchi boshlang'ich fuqarolik jamiyati tashkilotlari va ularning mintaqaviy bo'linmalaridan tashkil topgan 70 a'zosi bo'lgan nodavlat notijorat tashkilotlar birlashmasi o'z navbatida hukumatni o'z va'dasini amalga oshirishda qo'llab-quvvatlashga, targ'ibot, maqsadli xizmatlar bo’yicha yordam, gender stereotiplarini o'zgartirish bo'yicha tadqiqotlar va ishlarni monitoring qilish bo'yicha majburiyatni o'z zimmasiga oldi.
Frantsiya Prezidenti tomonidan qo'llab-quvvatlanayotgan ushbu yondashuv "harakatlarning ko'p qirraliligi" tamoyiliga asoslangan. BMTning O'zbekistondagi vakolatxonasi O'zbekiston hukumati va fuqarolik jamiyati tashkilotlarining gender tengligi sohasida aniq o'zgarishlarga erishishiga ko'maklashish va harakatlarni amalga oshirish bo'yicha sa'y-harakatlarini har tomonlama qo'llab-quvvatlashni davom ettirishga va hech kimni e'tibordan chetda qoldirmaslikni ta'minlash, hamda hukumat tomonidan ushbu muhim majburiyatlarning amalda tadbiq qilinishini qo'llab-quvvatlashga sodiqdir.