FAO O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligiga innovasiyalar va raqamlashtirishni joriy qilish natijalarini sarhisob qilmoqda
19 dekabr 2023
Toshkentda “Qishloq xo‘jaligini raqamli transformasiya qilish uchun asoslarni tayyorlash” loyihasining yakuniy seminari bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda ishtirok etgan milliy va xalqaro ekspertlar qayd qilingan natijalarni namoyish etishdi va qishloq xo‘jaligiga innovasiyalar va raqamli texnologiyalarni yanada kengroq joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berishdi. Loyiha BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi ko‘magida agro-oziq-ovqat tarmog‘iini raqamlashtirishga to‘sqinlik qiluvchi muammolarni hal qilish maqsadida amalga oshirildi. Ushbu tashabbus Farg‘ona vodiysidagi fermerlar, agrobiznes vakillari, ilmiy-tadqiqot va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha maslahat xizmatlari o‘rtasida milliy va markazlashmagan darajada hamkorlik va bilim almashish imkonini berdi.
"FAOning ushbu loyihasi innovasiya va raqamlashtirish orqali iqtisodiy va ekologik jihatdan barqaror, inklyuziv qishloq xo‘jaligi-oziq-ovqat tizimlarini o‘zgartirishga hissa qo‘shmoqda. Biroq, texnologiyalar keng ishtirok etishga, xabardorlikni oshirishga asoslangan yondashuvlar, gender tengligiga rioya qilgan holda kichik fermerlarni yaqindan qo‘llab-quvvatlash bilan birgalikda joriy etilishi lozim", - dedi FAOning O‘zbekistondagi vakili o‘rinbosari Sherzod Umarov.
Loyiha doirasida Raqamli qishloq xo‘jaligining Milliy dasturi ishlab chiqildi. Seminarda turli manfaatdor tomonlar ishtirokida ishlab chiqilgan hujjat loyihasi taqdim etildi. Konstruktiv muloqot davomida ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalari va tavsiyalarini taqdim etdilar. Yevropa va Markaziy Osiyoda raqamli qishloq xo‘jaligi bo‘yicha FAOning guruhi rahbari Daniela Di Janantonio qayd etdiki, “O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligida elektron hukumat tizimini raqamlashtirish bo‘yicha muhim qadamlar qo‘yildi va ushbu dastur mamlakat agrooziq-ovqat tizimini zamonaviy, raqobatbardosh va barqaror tarmoqqa aylantirishda strategik qo‘llanma bo‘lib xizmat qiladi”.
Innovasiyalar nuqtai nazaridan, Qishloq xo‘jaligi bilimlari va innovasiyalar tizimi (AKIS), innovasiyalar bilan shug‘ullanuvchi ishtirokchilar tarmog‘i joriy etilganligi va AKIS ning mintaqaviy muvofiqlashtiruvchi guruhi shakllantirilganligi natijalardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, Farg‘ona viloyatida strategik va tashkiliy darajadagi yechimlarni aniqlash va amalga oshirish uchun asosiy mavzular bo‘yicha innovasion siyosat laboratoriyalari tashkil etildi. Shu bilan birga, fermerlar va mutaxassislar bilan birgalikda ijod qilish uchun “tirik laboratoriyalar” yaratilgan. Innovasion siyosat laboratoriyasi – bu ma'lum bir kontekstda innovasiyalarga to‘sqinlik qiladigan muammoni hal qilish uchun sabablarni aniqlash, harakatlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirish uchun turli manfaatdor tomonlarni birlashtirgan hamkorlikdagi ijodiy innovasion yondashuv.
“Loyiha Farg‘ona viloyatida amalga oshirilishi jarayonida ushbu laboratoriyalar Farg‘ona vodiysi bo‘yicha tuzilgan AKIS hududiy ishchi guruhi faoliyatining asosiy mexanizmiga aylandi. Ushbu guruh umumiy muvofiqlashtirish darajasida ishlaydi va ayollarning AKIS da ishtirok etish imkoniyatlarini kengaytirishga, shuningdek, Farg‘ona vodiysida qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish va AKIS o‘rtasidagi munosabatlarni o‘rganishga qaratilgan”, dedi FAOning qishloq xo‘jaligi bilimlarini tarqatish bo‘yicha mutaxassisi va innovasiyalar siyosati va salohiyati bo‘limi rahbari Nevena Aleksandrova-Stefanova. Innovasion siyosat laboratoriyalari va jonli laboratoriyalarning tajribasi muvaffaqiyatli bo‘ldi va kelgusi yilda FAO ko‘p donorlar tomonidan moliyalashtiriladigan loyiha doirasida O‘zbekiston va boshqa mamlakatlarda o‘z ko‘lamini kengaytiradi.
Loyihaning amalga oshirilishi qishloq xo‘jaligi-oziq-ovqat tizimlariga ta'sir ko‘rsatadigan innovasiyalarni yaratish va tarqatishga yordam berdi. Bu qishloq uy xo‘jaliklarining imkoniyatlarini kengaytirish va tadbirkorlikni rag‘batlantirish uchun yangi xizmatlar, vositalar va yondashuvlarni rivojlantirishga yordam berdi. Eng muhimi, loyihada nafaqat tegishli muassasalar bilan birgalikda hech kimni ortda qoldirmagan holda qishloq jamoalari, yoshlar, ayollar va qariyalar ham ishtirok etdilar. Qishloq xo‘jaligi ishchi kuchining salmoqli qismini (44% gacha) tashkil etuvchi, lekin hissasi ko‘pincha ko‘zga tashlanmaydigan va tan olinmagan qishloq ayollarini qamrab olish va jalb etishga alohida e'tibor qaratildi. Ularning bilim olishlari va axborot almashishlariga ko‘maklashish maqsadida ular uchun maxsus jonli laboratoriyalar tashkil etildi.
FAOning taraqqiyot uchun kommunikasiyalar bo‘yicha xodimi Sofi Treinen ta'kidlaganidek, “Aloqa taraqqiyotning kalitidir. Asosiy kuzatuvlar shuni ko‘rsatadiki, Telegram fermerlar orasida eng qulay xabar almashish ilovasi va qishloq joylarda internet aloqasining pastli