BMTning ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimini oʻzgartirish qoʻshma dasturining yakuniy yigʻilishi
06 dekabr 2023
6 dekabr kuni BMTning “Ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish tizimini oʻzgartirish: “Oʻzbekistonda nogironligi boʻlgan bolalar, yoshlar va ayollar huquqlariga asoslangan yondashuvni joriy etish” qoʻshma dasturining muvofiqlashtiruvchi kengashining yakuniy yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Qoʻshma dastur 2022-2023 yillarda UNICEF (bolalar jamg'armasi), UNFPA (BMTning Aholishunoslik bo'yicha jamg'armasi), UNDP (BMT Taraqqiyot Dasturi), BMTning Inson huquqlari bo'yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy bo'linmasi bilan birgalikda amalga oshirilgan.
Dastur O‘zbekistonda nogironligi bo‘lgan bolalar, yoshlar va ayollarga huquqqlariga asoslangan yondashuvni joriy etish orqali ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishni o‘zgartirishga qaratilgan.
Dasturni amalga oshirish davrida quyidagilar amalga oshirildi:
Muhim skrining va profilaktika xizmatlarini yaxshilash uchun erta aniqlash va erta aralashuv tizimining bir qismi sifatida 50 000 patronaj hamshiralari oʻqitildi.
500 nafar o‘qituvchining malakasini oshirish va oʻqitishning universal dizayni yo‘riqnomalari asosida to‘liq infratuzilmadan foydalanish imkoniyati uchun inklyuziv maktablarni modellashtirish amalga oshirildi.
390 nafar ishtirokchi, shu jumladan 232 nafar nogironligi bo‘lgan shaxslar, 90 nafar davlat organlari va 68 nafar nogironligi boʻlgan tashkilotlar vakillari inklyuziv byudjetlashtirish amaliyoti, nogironlikni o‘lchash va baholash, hamda amaliy qo‘llash sohalarida ijtimoiy xizmatlarni takomillashtirish va nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlari to‘g‘risidagi konventsiya tamoyillariga rioya etilishini ta‘minlash bo‘yicha o‘qitildi.
184 nafar nogironligi bo‘lgan yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkilotlari vakillari “Yosh parlamentariylar” dasturi orqali muqobil hisobot kanali orqali nogironlik huquqlariga yondashish, monitoring, targ‘ibot-tashviqot, qarorlar qabul qilish jarayonlarida ishtirok etish va inson huquqlari mexanizmlari bilan bog‘lanish bo‘yicha o‘z salohiyatini oshirdi.
Gender asosidagi zo‘ravonlikni boshdan kechirgan nogironligi bo‘lgan shaxslarning manfaatlarini hisobga oladigan ko‘p tarmoqli xizmatlarni ko‘rsatish hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga xizmat ko‘rsatuvchilar va tashkilotlarning gender zo‘ravonlik holatlariga munosabat bildirish salohiyatini oshirish maqsadida shu jumladan tibbiy xizmatlar, ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatish masalalari bo‘yicha shu jumladan tibbiy xizmatlar, ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatish masalalariga doir o‘quv moduli ishlab chiqildi.
Dastur nogironligi bo‘lgan bolalar va kattalar uchun mavjud bo‘lgan, shaxsga yo‘naltirilgan va yoshiga mos keladigan xizmatlarni yaxshilash va rivojlantirishga alohida e‘tibor berdi.
BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar
BMTIQOKB
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari Boʻyicha Oliy Rkomissari Boshqarmasi
BMTTD
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi
BMTAJ
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik Bo`yicha Jamg`armasi
UNICEF
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar Jamgʻarmasi
Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar