Press-reliz

UNICEFning Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori O‘zbekistonga tashrif buyuradi

16 noyabr 2021

Bugun UNICEFning Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Afshan Xan xonim O‘zbekistonga bir haftaga tashrif buyurdi. Bu uning ushbu lavozimda mamlakatga 2018 yildan beri ikkinchi tashrifidir.

 

16-21 noyabr kunlaridagi tashrif davomida Xan xonim O‘zbekiston hukumati va UNICEF o‘rtasida 2021-2025 yillarga mo‘ljallangan Mamlakat hamkorlik dasturini amalga oshirish bo‘yicha istiqboldagi rejalarni muhokama qilish uchun yuqori martabali hukumat vakillari bilan uchrashadi. Poytaxtda va Qoralpog‘istonda bo‘lib o‘tadigan uchrashuvlarda mamlakatda bolalar huquqlarini amalga oshirish, aholi ijtimoiy himoyasi va bolalarni himoya qilish tizimi, ona va bola salomatligi, sifatli va inklyuziv maktabgacha va o‘rta ta'lim, iqlim o‘zgarishining bolalar va yoshlarga ta'siri, COVID-19 ga qarshi kurash masalalarining ustuvor yo‘nalishlari va asosiy jihatlariga e'tibor qaratiladi.

“Men 2018 yildagi ilk tashrifimdan beri O‘zbekistonga kelganimdan hamda UNICEF ko’magida  O‘zbekiston hukumati bolalar manfaatalari uchun ko‘riladigan masalalarni mustahkamlash borasida erishgan yutuqlarni o‘z ko‘zim bilan ko‘rishdan juda mamnunman”, dedi Xan xonim. “COVID-19, iqlim o‘zgarishi va atrof-muhitning degradatsiyasi singari yangi muammolar bolalar salomatligi va farovonligiga yanada ko‘p ta'sir qilib borayotganini ko‘rar ekanmiz, imkoniyat va mas'uliyatimiz bor ekan, birgalikda erishganlarimizga tayanib, bolalar manfaatlari uchun sa'y-harakatlarimizni davom ettiramiz.”

UNICEFning mintaqaviy direktori fuqarolik jamiyati tashkilotlari, jumladan, nogironligi bo‘lgan shaxslar tashkilotlari vakillari bilan, shuningdek bolalar, yoshlar va oilalar bilan ham muloqotda bo‘ladi.

Tashrif davomida UNICEFning mintaqaviy direktori Zamin xalqaro jamoat fondi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun inklyuziyani ta'minlash” mavzusidagi yuqori darajadagi xalqaro forumda ishtirok etadi. Forum Jahon bolalar kuni va UNICEFning 75 yilligiga bag‘ishlangan.

MINTAQAVIY DIREKTOR TO’G’RISIDA

Afshan Xan xonim 30 yildan ortiq vaqt davomida xalqaro fuqarolik xizmatida faoliyat olib boryapti. Ilgari u UNICEFning Favqulodda vaziyatlar dasturlarini amalga oshirish departamenti direktori va boshqa yuqori lavozimlarni egallagan. Jumladan, Davlat sektori al'yanslari va resurslarni safarbar qilish departamenti direktori, Sharqiy va Janubiy Afrika bo‘yicha mintaqaviy direktor o‘rinbosari va YuNICEFning Yamaykadagi vakolatxonasi rahbaritlavozimlarida ishlagan. Batafsil ma'lumot bu yerda.

Nargiza Egamberdieva

Nargiza Egamberdieva

UNICEF
Kommunikatsiyalar bo'yicha maslahatchi

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

UNICEF
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar Jamgʻarmasi

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar