Ilm-fan, texnologiya va innovatsiyalar Markaziy Osiyoda qishloq xo'jaligi oziq-ovqat tizimini rivojlantirishning kalitidir
15 mart 2021
- BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti Bosh direktori Markaziy Osiyo qishloq xo'jaligi vazirlarining uchinchi yig'ilishida so'zga chiqdi.
Markaziy Osiyo qishloq xo'jaligi vazirlarining uchinchi yig'ilishida BMT Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti Bosh direktori QU Dongyu so‘zga chiqib, fan, texnologiya va innovatsiyalar qishloq xo'jaligi oziq-ovqat tizimlarini o'zgartirishga o'z hissasini qo'shishi va COVID-19 pandemiyasi sharoitida shunga o'xshash muammolarga duch kelayotgan boshqa mintaqalar uchun namuna bo'lishi mumkin, dedi. Qirg'iziston Respublikasi hukumati tomonidan uyushtirilgan ushbu virtual tadbirda qishloq xo'jaligi oziq-ovqat tizimidagi yangiliklar ko'rib chiqildi.
BMT Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti Bosh direktori umumiy muammolarni halqilishda hamkorlik uchun innovatsion modellar va mintaqaning asosiy salohiyatiga ishoraqilib, "Pandemiya bizni qamrab oluvchi, yaxlit va izchil muvofiqlashtirilgan yondashuvlardanfoydalanib, oldinga siljish va harakatlarimizni kuchaytirishga bo'lgan ishonchni qayta tiklash, qayta ko'rib chiqish va yanada oshirish uchun noyob imkoniyatni taqdim etadi", dedi.
U ekologik barqarorlikni ta'minlash bilan birga, hamma uchun yetarli, xavfsiz va to'yimli oziq-ovqat mahsulotlaridan foydalanish imkoniyatini beradigan qishloq xo'jaligi oziq-ovqattizimlarini yaratish muhimligini ta'kidladi. Shu maqsadda u vazirlarni innovatsiyalar, sarmoyava infratuzilmaga, shu jumladan, yo'llar, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tadqiqotobyektlariga e'tibor qaratib, rivojlanish strategiyalarini qayta ko'rib chiqishga chaqirdi. BMTOziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti Bosh direktori, shuningdek, ko'proq sarmoya jalbqilish uchun yaxlit texnik-iqtisodiy asoslar zarurligiga urg'u berdi.
Bosh direktor BMT Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti tomonidan mintaqaga innovatsionva o'zgaruvchan yondashuvlar, jumladan, tashkilotning dalillarga asoslangan, mamlakatboshchiligidagi "Hand-in-Hand Initiative" yordamiga yana bir bor e’tiborni qaratdi.
U, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlarini oziq-ovqat xavfsizligi, hayvonlar kasalliklari vamikroblarga qarshi chidamlilik bo'yicha ish oqimlarini birlashtirgan BMT Oziq-ovqat va qishloqxo'jaligi tashkiloti /Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti qo'shma markazi, oziq-ovqat hamdaqishloq xo'jaligidagi yadro texnikasi bo'yicha BMT Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti /Xalqaro atom energiyasi agentligi qo'shma markazi, shuningdek, BMT Oziq-ovqat va qishloqxo'jaligi tashkiloti Investitsiyalar markazi bilan aloqalarni mustahkamlashga chaqirdi.
Bundan tashqari, BMT Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti Bosh direktori tashkilot 2021 yilgi Oziq-ovqat tizimlari sammitiga tayyorgarlik jarayonida va sammitning keyingi harakatlariva tavsiyalarini amalga oshirishda mamlakatlarni qo'llab-quvvatlashga tayyorligini ta'kidlab, qishloq xo'jaligi oziq-ovqat tizimlarini rivojlantirish bo'yicha hamkorlikning milliy, mintaqaviy vaxalqaro miqyosdagi muhim rolini ta'kidladi.
O'z navbatida, Qirg'iziston Qishloq, Suv xo'jaligi va Mintaqaviy rivojlanish vaziri AsqarbekJanybekov pandemiya oziq-ovqat tizimlarining zaifligini va bu sohaga yangi texnologiyalarnijoriy etish zarurligini ko‘rsatib berganini ta'kidladi. Mintaqadagi oziq-ovqat tizimlarining o'zarobog'liqligini hisobga olsak, bu muammolarni alohida hal qilib bo'lmaydi, dedi vazir. U, shuningdek, bugungi uchrashuv Markaziy Osiyo mamlakatlari umumiy qarashlarga egaekanligi hamda global va mintaqaviy kun tartibdagi muammolarni birgalikda hal qilishgatayyorligini ko'rsatib beradi, deya qo'shimcha qildi.
Tojikiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vaziri Sulaymon Ziyozodaning ta'kidlashicha, qishloqxo'jaligi sektori milliy siyosatning asosiy ustuvor yo'nalishlaridan biri bo'lib, qishloqxo'jaligining innovatsion rivojlanishini kuchaytirish, qishloq xo'jaligi mahsulotlarinidiversifikatsiya qilish va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish infratuzilmasini yaxshilashmuhimligini ko’rsatadi. U, shuningdek, BMT Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti bilantexnik yechimlar bo'yicha fikr almashish uchun mintaqaviy markazlarni tashkil etish zarurliginita'kidlab, tashkilot bunday ishlanmalar va platformalarni muvofiqlashtirishda muhim rolo'ynashini aytib o‘tdi.
Turkmaniston Qishloq xo'jaligi va Atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Allanur Altyev xalqarotashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash mamlakatning ko'p vektorli tashqi siyosatkursini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishiga urg’u berib, o'z mamlakati va BMTOziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti o'rtasida faol almashinuv va hamkorlikdanmamnunligini bildirdi. U, shuningdek, Markaziy Osiyo qishloq xo'jaligi vazirlari o'rtasida yaqinhamkorlikni rivojlantirish zarurligini, xalqaro va mintaqaviy hamkorlik bilan bog'liq masalalarbo'yicha doimiy ravishda bunday fikr almashishning muhimligini ta'kidladi.
O'zbekiston Qishloq xo'jaligi vaziri Jamshid Xo'jayevning aytishicha, oziq-ovqat va qishloqxo'jaligi sektori yangi o'g'itlar, hayvonlar va o'simliklar turlarini yaratishdan tortib, xavfsiz vato'yimli oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishgacha bo'lgan yangiliklarni namoyish etishuchun asosiy platforma bo'lib xizmat qilishi kerak. U arzon narxlarda yechimlar taklif qila oladigan kompaniyalar qishloq xo'jaligini raqamlashtirishda yetakchi bo'lishini ta'kidlab, davlat hokimiyati bunday rivojlanishini qo'llab-quvvatlashi kerakligini qo'shimcha qildi.
Qozog'iston Qishloq xo'jaligi vazirining birinchi o'rinbosari Aidarbek Saparovning aytishicha, COVID-19 pandemiyasi oziq-ovqat tizimlaridagi zaifliklar, bo'shliqlar va tengsizliklarni yuzaga chiqarib, ularning barqarorligi va moslashuvchanligini ta'minlash zarurligini ko'rsatdi. Uning ta'kidlashicha, buning uchun qishloq xo'jaligi oziq-ovqat tizimlarini o'zgartirish zarur, bu esa siyosat, texnologiya va biznes modellaridagi yangiliklarsiz amalga oshmaydi.
Jahon banki, Islom taraqqiyot banki va Xalqaro qishloq xo'jaligini rivojlantirish jamg'armasi (IFAD) vakillari ham ushbu yig‘ilishda ishtirok etishdi.
Oldingi uchrashuvlar
Markaziy Osiyo qishloq xo'jaligi vazirlarining uchrashuvlari BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti tomonidan qishloq xo'jaligi bilan bog'liq muhim va dolzarb mavzularni muhokama qilish va mintaqadagi qishloq xo'jaligining rivojlanish tendensiyalarini birgalikda aks ettirish maqsadida o'tkaziladi.
Ularda Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston, O'zbekiston va BMT Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkilotining oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi uchun mas'ul rasmiylari, shuningdek, Xalqaro moliya institutlari va tashkilotlarining (YTTB, Islom taraqqiyot banki, Xalqaro qishloq xo'jaligini rivojlantirish jamg'armasi, Jahon banki, Yevrosiyo taraqqiyot banki, Xalqaro elektraloqa ittifoqi va boshqalar) mintaqaviy vakillari ishtirok etadilar.
Markaziy Osiyo qishloq xo'jaligi vazirlarining birinchi yig'ilishi 2020 yil 19-mayda "Oziq-ovqat xavfsizligi va qishloq xo'jaligini COVID-19 sharoitida rivojlantirish: yangi tajribalar bilan bo'lishish va javob choralarini muvofiqlashtirish" mavzusida bo'lib o'tgan. Uchrashuvga O'zbekiston Qishloq xo'jaligi vazirligi mezbonlik qilgan.
Ikkinchi uchrashuv 2020 yil 8-dekabrda "Raqamli qishloq xo'jaligi: imkoniyatlar va qiyinchiliklar" mavzusida tashkil etilgan bo'lib, uni Qozog'iston Qishloq xo'jaligi vazirligi tashkillashtirgan.