Orolbo‘yi mintaqasini Barqaror rivojlantirish bo‘yicha Maslahat qo‘mitasining birinchi yig‘ilishi
01 dekabr 2020
Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Investisiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasida Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish bo‘yicha Maslahat qo‘mitasining birinchi yig‘ilishi tashkil etildi.
O‘zbekistondagi xorijiy missiyalar, xalqaro moliya institutlari, BMT agentliklari, xalqaro NNT, xususiy sektor va fuqarolik jamiyati tashkilotlarining 120 dan ortiq vakillari ishtirok etdi. Mazkur urashuv Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida tashkil etilgan Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘psheriklik Trast jamg‘armasi tomonidan targ‘ib etilayotgan yagona platformaning bir qismidir.
Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish bo‘yicha Maslahat qo‘mitasi mintaqani barqaror rivojlanishni jadallashtirish va “Orolbo‘yi - ekologik innovasiyalar va texnologiyalar zonasi” konsepsiyasini amalga oshirishga qaratilgan izchil barqaror rivojlanish yondashuvini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Investisiyalar va tashqi savdo vaziri janob Sardor Umurzoqov “Orolbo‘yi mintaqasida barqarorlikka erishish uchun sa'y-harakatlarni birlashtirish, shuningdek, muvofiqlashtirishni takomillashtirish uchun inklyuziv, shaffof va samarali mexanizmni qo‘llash zarur” ekanligini ta'kidladi.
BMTning O‘zbekistondagi Doimiy koordinatori va Trast jamg‘arma Boshqaruv qo‘mitasi hamraisi Xelena Freyzer “Birlashgan Millatlar Tashkiloti ikki tomonlama sheriklar, xalqaro moliya institutlari va boshqa rivojlanish bo‘yicha sheriklar barqaror rivojlanish yo‘lida kuchlarni birlashtirishga sodiqdir. Ushbu yo‘l O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining dalillarga asoslangan Orolbo‘yi mintaqasida barqaror rivojlanish uchun investisiyalarga tizimli yondashuvni qo‘llab-quvvatlash haqidagi qarashlariga to‘g‘ri keladi” deya e'tirof etdi.
Uchrashuv davomida Yevropa delegasiyasi, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Isroil, Buyuk Britaniya va Quvay kabi diplomatik vakolatxonalar vakillari Orolbo‘yi mintaqasida barqaror rivojlanish bo‘yicha O‘zbekiston hukumati va Birlashgan Millatlar Tashkiloti say'-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.
Maslahat qo‘mitasi ishtirokchilari ikki ishchi guruh va maslahat darajasidagi qo‘mita a'zolaridan iborat texnik darajadagi ishchi guruh tuzishga kelishib oldilar.
Ishchi guruhlar:
barqaror investisiyalarga e'tibor qaratadi va Orolbo‘yi mintaqasini barqaror rivojlantirish bo‘yicha tizimli, innovasion yondashuvni, O‘zbekistondagi barqaror rivojlanish va kambag‘allikni kamaytirish strategiyasiga hamda boshqa milliy va mintaqaviy rivojlanish ustuvorliklariga hisobga olgan holda boshqaradi va kuzatib boradi;
Orolbo‘yi mintaqasidagi vaziyat to‘g‘risida xalqaro hamjamiyatni xabardorligini oshirish, shuningdek tizimli yondashuv va qo‘shma tashabbuslarning natijalarini tarqatishga hissa qo‘shadi
Texnik guruh ma'lumotlar, baholash bo‘yicha investisiyalar va loyihalar portfelini tahlil qilish uchun dalillar va asoslarni taqdim etadi.
Ma'lumot uchun
2018 yil 27 noyabrda BMTning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida O'zbekistonning Orol dengizi mintaqasi bo'yicha BMTning Inson xavfsizligi bo'yicha ko'p yillik sheriklik jamg'armasi ishga tushirildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti "Birlashgan Millatlar Tashkiloti homiyligidagi Orol dengizi mintaqasi uchun Inson xavfsizligini ta'minlash bo'yicha ko'p sheriklik jamg'armasining faoliyatini qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida» qarorini tasdiqladi. Bu Jamg'armaning samarali ishlashini ta'minlash uchun qulay institutsional, huquqiy va moliyaviy muhitni yaratish bo'yicha bir qator amaliy choralarni talab qiladi. 2019 yil 8-yanvar
Birlashgan Millatlar Tashkilotining MPHSTF faoliyati to'g'risida batafsil ma'lumotni Fondning http://www.aral.mptf.uz/ rasmiy veb-saytida olishingiz mumkin.
BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar
FAO
BMTning Oziq-Ovqat va Qqishloq Xo'jaligi Tashkiloti
BMTTD
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi
UNESCO
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta'lim, Fan va Madaniyat Masalalari Bo'yicha Tashkiloti
BMTAJ
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik Bo`yicha Jamg`armasi
UNICEF
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar Jamgʻarmasi
BMTGJB
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand Moddalar va Jinoyatchilikka Qarshi Kurashish Bo'yicha Boshqarmasi
JSST
Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkiloti
Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar