“Siz dunyoda oʻzingiz koʻrishni xohlagan oʻzgarishga aylanishingiz kerak”: OIV bilan yashayotgan oʻzbek qizining (no)odatiy hikoyasi
“Oʻzimdan koʻra koʻproq atrofimdagi odamlarning ijobiy tomonga oʻzgarganligini his qilyapman”...
Elina Oʻzbekistondagi mashhur telekoʻrsatuvdagi ishtirokidan soʻng hayoti qanday oʻzgarganligi haqidagi savolga“Oʻzimdan koʻra koʻproq atrofimdagi odamlarning ijobiy tomonga oʻzgarganligini his qilyapman” deb javob beradi.
“Siz dunyoda oʻzingiz koʻrishni xohlagan oʻzgarishga aylanishingiz kerak”, degan edi Mahatma Gandi. Oʻzgarishlaresa Elina oʻzining OIV maqomini telekoʻrsatuv uchun kasting paytida oshkor qilgani kabi dadil qarorlar orqali paydoboʻladi.
“Loyiha bir necha oy davom etgani va men har kuni dorilarni qabul qilishim kerak boʻlganligi sababli, men kastingnioʻzidayoq oʻz maqomimni oshkor qildim. Men rostini aytishga qaror qildim va buning uchun butun jasoratimni toʻpladim. Meni qabul qilishmaydi deb o‘ylagan edim, lekin kastingdan o‘tdim”, deb tushuntiradi u.
Elina O‘zbekistondagi Toshkent davlat agrar universitetining qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti fakulteti 2-kurs talabasi. U mehribonlik uyida ulgʻayib, bolaligidayoq oʻzining maqomini bilar edi. U 2006-yilda antiretrovirus (ARV) terapiyasini boshlagan hamda OIV maqomi sababli ota-onasi tomonidan tashlab ketilgan birinchi bola edi. OIV bilan yashovchi odamlarga nisbatan boʻlgan tamgʻa tufayli uning bolaligi oson kechmadi.
“Dunyo boʻylab, shuningdek, Oʻzbekistonda OIV bilan yashayotgan bolalar oʻz oilalaridan ajralish va muqobil parvarish muassasaga joylashtirilish xavfi yuqoriroq boʻlishi mumkin. Ular jamiyatda hukm surayotgan stigma va diskriminatsiya tufayli ota-onalari tomonidan tashlab ketilish xavfi ostida, shuning uchun ba’zi oilalar ularni OIV maqomi sababligina mehribonlik uylari kabi muassasalarga joylashtirishadi. Internatlarda yashash bolalar farovonligi, ularning salomatligi, rivojlanishi va keyinchalik jamiyatga reintegratsiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi”, — deydi Antonia Ludeke, UNICEFning bolalarni himoya qilish bo‘yicha bo‘limi rahbari.
Telekoʻrsatuv davomida Elina ota-onasiz va OIV bilan yashash hayot tajribasi bilan boʻlishdi.
“Koʻrsatuvning birinchi soni televizorda namoyish etilganda, odamlar meni qanday qabul qilishlari, nima deyishlari va qanday munosabatda boʻlishlari haqida oʻylay boshladim”, deb eslaydi u, “Loyiha davomida biz bilan psixologlar ishlashdi, bu menga bosimni osonroq yengishimga yordam berdi”.
Ko‘rsatuv tugaganidan so‘ng Elinaning shaxsiy Instagram akkaunti sezilarli darajada o‘sdi va u OIV bilan yashayotgan odamlardan uning qo‘llab-quvvatlashi va jasorati uchun minnatdorchilik xabarlarini ola boshladi.
“Menga bildirilgan ishonch uchun minnatdorman... Telekoʻrsatuvni qoʻshni davlatlarda ham tomosha qilishadi, shuning uchun Qozogʻiston va Qirgʻizistondagi OIV bilan yashovchi odamlar ham menga yozib turishadi”, - deydi Elina.
Elinaning hayotida OIV bilan yashaydigan bolalar va oilalar uchun kunduzgi parvarish koʻrsatish markazi muhim rol oʻynadi. Markaz uning bolaligi va oʻsmirligida tayanch va yoʻlboshchi maskan boʻlib keldi. OIV bilan yashaydigan bolalar va oilalar uchun birinchi kunduzgi markaz 2008-yilda Toshkentda ochilgan: markaz O‘zbekistonning yana 8 ta viloyatida faoliyat olib boradi. Shundan buyon 6000 dan ortiq OIV-musbat bolalar avval bolalik, keyin esa o‘smirlik davrida markaz tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.
Koʻp hollarda OIV bilan yashovchi bolalar va oʻsmirlar oʻz oilasi tomonidan qoʻllab-quvvatlanmaydi.
“Men OIV bilan yashovchi bir nechta oʻsmirlar va ularning onalari bilan muloqot qilganman hamda stigma va diskriminatsiya haqida koʻp hikoyalarni eshitganman. Koʻpincha, bolaning OIV maqomini faqat bola va ona biladi. Masalan, bir oilaning bobo va buvisi bolaning OIV maqomidan xabar topgandan so’ng bola va uning ota-onasi bilan bir uyda yashashni istashmagan. Bir qator boshqa hollarda, bolalar OIV-maqomi oʻqituvchilar va boshqa bolalarga ma’lum boʻlganidan keyin maktablarda oʻzlarini boshqalardan ajralib qolgandek his qilishadi. Koʻp hollarda stigmatizatsiya va diskriminatsiya OIV va OITS haqidagi bilimlarning yetishmasligi bilan chambarchas bogʻliq”, - dedi UNICEFning bolalarni himoya qilish bo‘yicha bo‘limi rahbari Antonia Ludeke.
Nafaqat professional maslahatlar, balki chet tillarni oʻrganish hamda qoʻl mehnatiga oid turli mahorat darslarini tashkil etishda zaruriyat aniqlanganda Toshkent shahar kunduzgi bolalar markazida qoʻllab-quvvatlash guruhi ochildi. Ushbu tadbirlarning maqsadi yoshlarga kundalik hayotda foydali boʻlishi mumkin boʻlgan koʻnikmalarni berish, masalan, qoʻl mehnati darslari ularga iqtisodiy mustaqillikka erishish uchun foydali bilimlar berishga qaratilgan edi. Guruhlardagi ushbu mahorat darslari tufayli ba’zi qizlar oʻzlarining kichik bizneslarini ochishga qaror qilishdi: endi ular bir-birlariga yordam berishga qaratilgan birdamlik zanjirini qurish orqali yoshlarga dars berishmoqda.
Bunday tashabbuslarning muvaffaqiyati oʻsmirlar uchun yanada qulayroq boʻlgan sogʻliqni saqlash va ijtimoiy himoya xizmatlarini hamda OIV bilan yashaydigan eng zaif oʻsmirlarni qamrab oladigan xizmatlarni jamoatchilik darajasida yaratish muhimligini ta’kidlaydi.
Elina hali ham markazga qatnashni davom etmoqda, va oʻzi oʻsgan mehribonlik uyidagi bolalarga jamoaning kuchini koʻrsatish uchun ularni ham markazga jalb qilib kelmoqda: u oʻzini yordamsiz his qilish qanday ekanligini hamda umumiy tajribaga ega tengdoshlar orasida boʻlish orqali oʻz-oʻzini idrok etishda ijobiy oʻzgarishlarga erishish mumkinligini biladi.
“Men oʻz-oʻzini qabul qilish qanchalik muhimligini bilaman. Odamlarni qo‘llab-quvvatlash va ularga OIV haqida to‘g‘ri ma’lumot berish orqali men o‘zimni to‘g‘ri yo’lda ekanligimni his qilaman. Bu meni xursand qiladi va yanada koʻproq kuch bagʻishlaydi”, - deydi u.
Elina jamiyatning OIVga nisbatan munosabati o‘zgargarishiga optimistik qaraydi. Uning fikricha, toʻgʻri ma’lumot va ta’lim bilan odamlar oʻzlarining qoʻrquvlari va notoʻgʻri qarashlarini yengishlari mumkin.
“O‘zbekistonda OIV epidemiyasi dolzarb muammo bo‘lib qolmoqda, va har yili minglab yangi holatlar qayd etilyapti. Biroq, Elinaning hikoyasi umid baxsh etadi va OIV bilan yashayotgan odamlarning irodasi va kuchidan dalolat beradi. Oʻz tajribasini baham ko‘rish orqali u ogohlikni oshiradi, stigmaga qarshi kurashadi hamda boshqalarni yanada inklyuziv va bagʻrikeng jamiyat qurishda ishtirok etishga chorlaydi” - deydi UNAIDSning O‘zbekistondagi ofisi rahbari Charos Maqsudova.