Press-reliz

O'zbekiston hukumati Orolbo'yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo'yicha ko'p tomonlama sheriklik trast jamg'armasiga 1.5 million dollar miqdorida mablag' o'tkazdi

03 mart 2021

  • 2018 yil 27 noyabrda O'zbekiston hukumati va BMT ko'p sheriklik trast jamg'armasining Nyu-Yorkdagi vakolatxonasi o'rtasida standart hamkorlik bitimi imzolangandi. Bitimga ko'ra, O'zbekiston 2019 yildan 2022 yilgacha bo'lgan vaqt oralig'ida Orolbo'yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo'yicha ko'p tomonlama sheriklik trast jamg'armasiga 6.5 million dollar miqdoridagi mablag'ni to’rt qismga bo’lib o'tkazib berishiga kelishib olingan.

BMT ko'p sheriklik trast jamg'armasining Nyu-Yorkdagi vakolatxonasi xabariga ko'ra, O'zbekiston hukumati kelishuvga binoan jamg'armaga 1.5 million dollar miqdoridagi pulni o'tkazib berib, to'lovning uchinchi qismini amalga oshirdi. Ushbu pullar Norvegiya, Finlyandiya, Yevropa Ittifoqi va Koreya Respublikasi hukumatlarining oldinroq ajratgan mablag'lari bilan birgalikda Orol dengizi mintaqasini rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirish uchun ishlatiladi.

Rasm: © UN in Uzbekistan

Ta'kidlash joizki, O'zbekiston Respublikasi hukumati jamg'armaning birinchi donori hisoblanadi va hozirda ham uning faoliyatini qo'llab-quvvatlashda davom etmoqda. 2019 yildan hozirgi kunga qadar hukumat jamg'arma rivojlantirish dasturlari uchun 5 million dollar ajratgan.

2018 yil oxirida Birlashgan millatlar tashkiloti homiyligida tashkil etilgan ushbu jamg'arma Orol dengizi mintaqasida yashovchi insonlarning ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish, shuningdek, xalqaro maydonda mintaqaga bo'lgan e’tiborni kuchaytirish va BRMlarni amalga oshirishda hamkorlikni mustahkamlash uchun yaxlit bir platformani taqdim etadi.

 

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

FAO
BMTning Oziq-Ovqat va Qqishloq Xo'jaligi Tashkiloti
BMTTD
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi
UNESCO
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta'lim, Fan va Madaniyat Masalalari Bo'yicha Tashkiloti
BMTAJ
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Aholishunoslik Bo`yicha Jamg`armasi
UNICEF
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar Jamgʻarmasi
BMTGJB
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand Moddalar va Jinoyatchilikka Qarshi Kurashish Bo'yicha Boshqarmasi
JSST
Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkiloti

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar