Press-reliz

BMT "Ishonch" Jamg’armasini fuqarolik jamiyati maslahat kengashi yig’ilishi bo’lib o’tdi

06 noyabr 2023

Joriy yilning Noyabr oyida "Ishonch" jamgʻarmasi fuqarolik jamiyati maslahat kengashining ikkinchi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

Ushbu jamg’arma 2022-yilda Shveysariya Konfederatsiyasi va Oʻzbekiston Respublikasi hukumati oʻrtasida Shveysariyada musodara qilingan noqonuniy orttirilgan aktivlarni O‘zbekiston Respublikasi aholisining manfaatlari yo‘lida qaytarish tartibi to‘g‘risidagi kelishuv asosida tashkil etilgan: 16.08.2022. Shveysariya Konfederatsiyasi hududida musodara qilingan noqonuniy orttirilgan aktivlarni O‘zbekiston Respublikasi aholisining manfaatlari yo‘lida qaytarish usullari to‘g‘risida (lex.uz).

Fuqarolik jamiyati maslahat kengashi 2023-yil mart oyida fuqarolik jamiyati vakillari boshchiligidagi konsultativ jarayon orqali tuzilgan boʻlib, milliy va xalqaro fuqarolik jamiyati tashkilotlari va ilmiy doira vakillaridan iboratdir. Ular maslahatchi roli orqali Ishonch jamgʻarmasi va fuqarolik jamiyati oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikni taʼminlaydilar. Batafsil: Uzbekistan Vision 2030 Fund.  

Uch kun davom etgan muhokamalar mobaynida fuqarolik jamiyati maslahat kengashi Vazirlar o’rinbosarlari, BMT ning O’zbekistondagi agentliklari rahbarlari va "Ishonch" jamg’armasining Boshqaruv qo‘mitasi a’zolari bilan uchrashdilar.

Boshqaruv qo‘mitasi BMTning O‘zbekistondagi Doimiy koordinatori Konsuelo Vidal-Bryus, O‘zbekiston Moliya va iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov, Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchisi Konstantin Obolenskiydan tashkil topgan.

Shuningdek, fuqarolik jamiyati maslahat kengashi Chinozda joylashgan Perinatal markazni ko’zdan kechirdilar. Ishga tushgan birinchi loyiha aynan O'zbekistonda oldini olish mumkin bo‘lgan onalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning o‘limini sezilarli darajada kamaytirishga qaratilgan. Yangi loyihaning asosiy maqsadlaridan biri kam vaznli chaqaloqlarning omon qolish darajasini hozirgi 75% dan 90% ga oshirishdan iborat. Batafsil: Aktivlarning qaytarilishi: BMTning yangi loyihasi O'zbekistonda oldini olish mumkin bo'lgan onalar va chaqaloqlar o'limini kamaytirishga qaratilgan | O'zbekistonda Birlashgan Millatlar Tashkiloti jamoasi (un.org).

Jamg‘arma O‘zbekiston hukumatining milliy islohotlar kun tartibi va Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishni jadallashtirishga qaratilgan dasturlar orqali  aktivlarning prinsipial, shaffof va samarali qaytarilishini qo‘llab-quvvatlaydi. Qo'shimcha ma'lumot uchun Jamg‘arma veb-sahifasiga tashrif buyuring: https://mptf.undp.org/fund/uzb00

Fuqarolik jamiyati maslahat kengashi a’zolari:

1

Kobil Xidirov.

Jurnalist, bloger      https://t.me/davletovuz

qobilmirzo@gmail.com

2

Sayyora Hodjaeva.

“Demokratiya va inson huquqlari” NNT direktori.

 

khodjaeva.s@mail.ru

3

Oybek Isakov.

O‘zbekiston nogironlar assotsiatsiyasi raisi

rais-2003@mail.ru

4

Nodira Karimova.

“Istiqbolli Avlod” ijtimoiy-axborot markazi direktori.

nkarimovaia@gmail.com

5

Irina Matvienko.

NeMolchi.Uz loyihasi asoschisi.

Majburiy mehnat va odam savdosiga qarshi kurashish milliy komissiyasi a’zosi; Oiladagi zo‘ravonlikni oldini olish va oiladagi zo‘ravonlik qurbonlariga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishchi guruhi a’zosi.

 

nemolchiorg@gmail.com

6

Liliana Sin.

“KRASS” NNT hammuassisi.

liliana.sin66@mail.ru

7

Oliya Ilmuradova.

“Barqaror hayot” ijtimoiy-ma’rifiy markaz direktori.

 

i_avlod@mail.ru

8

Mathias Huter.

UNCAC koalitsiyasining boshqaruvchi direktori, Avstriya.

mathias.huter@

uncaccoalition.org

9

Patrick Mutzenberg.

Fuqarolik va siyosiy huquqlar markazi direktori, Shveysariya.

pmutzenberg@ccpr

centre.org

10

Shamil Asyanov.

Huquqiy muammolar markazi rahbari, yuridik fanlar nomzodi.

asyanov.shamil@gmail.com

11

Nazifa Kamalova.

“Istiqlol avlodi” NNT direktori, Jizzax.

djizzak2013@gmail.com

12

Kamola Alieva.

Gender tengligi masalalari bo'yicha ekspert, ayollar huquqlari faoli, huquq fanlari nomzodi (PhD).

kamolaalieva@gmail.com

13

Sanjar Yuldashev.

“Barqaror hayot” ijtimoiy-ma’rifiy markazining Toshkent shahridagi filiali direktori, psixologiya fanlari nomzodi.

 

14

Yuliy Yusupov.

Iqtisodiy rivojlanish markazi direktori. www.ced.uz

 

y.yusupov@mail.ru

15

Isa Hamedov.

 

“Huquq nazariyasi va davlat boshqaruvi” kafedrasi professori, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Davlat qurilishi va jamoat huquqi ilmiy-tadqiqot markazi” rahbari.

 

khamedov@list.ru

16

Muslim Mirzajonov.

Jurnalist.

roshidonlik@gmail.com

17

Aziza Kurbanova.

Jurnalist, bloger.

bimola@list.ru

 

18

Timur Karpov.

“139” hujjatli filmlar markazi asoschisi, fotograf.

timur.karpov@gmail.com

 

 

 

 

 

 

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

UN
United Nations

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar