Aktivlarning qaytarilishi: BMTning yangi loyihasi O'zbekistonda oldini olish mumkin bo'lgan onalar va chaqaloqlar o'limini kamaytirishga qaratilgan
15 sentabr 2023
“Uzbekistan Vision 2030”- “Ishonch” jamg‘armasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining O'zbekistonda oldini olish mumkin bo‘lgan onalar va yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning o‘limini sezilarli darajada kamaytirishga qaratilgan yangi loyihani qo‘llab-quvvatlash uchun 43,5 million AQSh dollari miqdorida mablag‘ ajratishini e’lon qildi. Yangi loyihaning asosiy maqsadlaridan biri kam vaznli chaqaloqlarning omon qolish darajasini hozirgi 75% dan 90% ga oshirishdan iborat.
“Uzbekistan Vision 2030”- Ishonch jamg‘armasi Shveytsariya Konfederatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi Shveytsariya Konfederatsiyasida musodara qilingan noqonuniy yo‘l bilan orttirilgan aktivlarni O‘zbekiston Respublikasi aholisi manfaati yo‘lida qaytarish tartibi to‘g‘risidagi bitimga muvofiq badal hisobidan kapitallashtiriladi. Shveytsariyada jinoiy jarayonda mutlaqo musodara qilingan aktivlarning qaytarilishini ifodalaydi. Ushbu Birlashgan Millatlar Tashkilotining ko‘p sheriklik maqsadli jamg‘armasi idorasi tomonidan boshqariladigan jamg‘arma O‘zbekiston hukumatining milliy islohot kun tartibini va Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishni jadallashtirishga qaratilgan loyihalar orqali prinsipial, shaffof va samarali aktivlarni qaytarishni qo‘llab-quvvatlaydi.
BMTning O‘zbekistondagi Doimiy koordinatori Konsuelo Vidal-Bryusning ta’kidlashicha: “Aktivlarni kelib chiqqan mamlakatlarga qaytarish BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasining asosiy tamoyilidir. O'zbekiston va Shveytsariya o'rtasidagi restitusiya to'g'risidagi bitim natijasuda ochilgan jamg’arma aktivlarni Barqaror rivojlanish maqsadlari aniq yutuqlariga aylantirishi bevosita O‘zbekiston fuqarolari hayotini yaxshilashga imkon beradi. BMTning ushbu loyihasi o'ttiz oy ichida mamlakatda 600 000 nafar ayol va yangi tug'ilgan chaqaloqlarni qamrab oladi".
BMTning yangi loyihasi BMTning bolalar jamgʻarmasi (UNICEF), Aholishunoslik bo'yicha jamgʻarmasi (UNFPA) va Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (WHO) tomonidan birgalikda amalga oshiriladi va natijalarga uchta asosiy yo‘nalishlar orqali erishiladi:
• 227 ta perinatal markazlarni boshqarish mexanizmlari, yondashuvlari, yo'riqnomalari va klinik protokollarini mustahkamlash;
• perinatal markazlarning sifatli inklyuziv sog'liqni saqlash xizmatlarini ko'rsatish imkoniyatlarini zarur jihozlarni xarid qilish va tibbiyot xodimlarining salohiyatini oshirish orqali takomillashtirish, hamda
• 10 millionga yaqin O'zbekiston xalqiga, onalar, yangi tug'ilgan chaqaloqlar, bolalar va o'smirlarga salomatligini muhofaza qilish uchun sifatli va inklyuziv, reproduktiv xizmatlarini talab qilish uchun bilimlar berish.
Loyiha O‘zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlari va 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasiga erishish bo‘yicha majburiyatlari bilan hamohang va sog‘liqni saqlash sifatini va foydalanish imkoniyatlarini oshirishga urg‘u beradi. Ushbu majburiyat birlamchi tibbiy yordam, shoshilinch tibbiy yordam va aholining zaif qatlamlarini qo'llab-quvvatlash kabi qator islohotlarni o'z ichiga oladi. Loyiha haqida: https://mptf.undp.org/project/00140334.
O‘zbekiston Moliya va iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Norqulov qayd etganidek: “O‘zbekiston fuqarolari joylarda zamonaviy jihozlangan va yuqori malakali tibbiyot mutaxassislari mavjud perinatal markazlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lishining ijobiy ta’sirini bevosita his qilishadi. Bu hamkorlik O‘zbekiston hukumatining sezilarli islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan siyosati davomidir. Biz chaqaloqlar o‘limini ikki baravar kamaytirish bo‘yicha hukumat strategiyasiga erishishga yordam beradigan ushbu transformativ tashabbusda BMT va Shveysariya hukumati bilan hamkorlik qilishdan mamnunmiz”.
Shveysariyaning O‘zbekistondagi elchisi Konstantin Obolenskiy jamg‘arma boshqaruvida shaffoflik muhimligini ta’kidlab: “Oshkoralik juda muhim, chunki u mablag‘larni aniq kuzatish imkonini beradi. Bu shaffoflik fuqarolik jamiyatiga resurslar qanday taqsimlanishi va ishlatilishini oson tushunish imkonini beradi. Jamiyat o'z mablag'larining taqsimlanishini kuzata olsa, bu mas'uliyat va resurslarning samarali taqsimlanishini kuchaytiradi. Mablag'lar noqonuniy orttirilgan manbalardan olingani tufayli buni hisobga olish ayniqsa muhimdir".
O’zbekiston Ishonch jamg‘armasi milliy va xalqaro fuqarolik jamiyati tashkilotlaridan o‘n to‘qqiz nafar a’zodan iborat mustaqil Fuqarolik jamiyati maslahat kengashi faoliyatidan manfaatdor. Ushbu kengash jamg'arma va fuqarolik jamiyati o'rtasidagi muloqot va hamkorlikni rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi va maslahat organi sifatida xizmat qiladi. E’tiborli jihati – fuqarolik jamiyati yakuniy qarorlar qabul qilinishidan oldin barcha loyiha takliflarini baholash uchun mas'ul bo'lgan loyihani baholash qo'mitasida muhim mavqega ega.
Jamg‘armaning fuqarolik jamiyati maslahat kengashiga raislik qiluvchi demokratiya va inson huquqlari bo’yicha o‘zbekistonlik mustaqil huquqshunos Sayyora Xodjaeva qo‘llab-quvvatlashini bildirib, shunday dedi: “Biz ushbu yangi loyihani ma’qullaymiz va bu mablag‘lar O‘zbekiston xalqiga haqli ravishda qaytarilayotganidan mamnunmiz. Mustaqil fuqarolik jamiyati faollari sifatida biz loyihaning oddiy fuqarolarga maksimal foyda keltirishi uchun uning amalga oshirilishini diqqat bilan kuzatib boramiz”.
Qo'shimcha ma'lumot uchun Jamg‘arma veb-sahifasiga tashrif buyuring: https://mptf.undp.org/fund/uzb00