Qum va chang bo'roni soni ortishi dunyoning ko'plab mintaqalarida quzatilmoqda: BMT ogohlantirmoqda
14 noyabr 2023
Ikki milliard tonna qum va chang og'irligi bo'yicha 350 ta Giza piramidalariga teng. har yili atmosferaga kirib keladi; BMTning Choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurash Konvensiyasi ekspertlari muammoning 25% dan ortig'ini inson faoliyati bilan bog'laydi.
Shimoliy va Markaziy Osiyodan Sahroi Kabirdan janubiy Afrikagacha vayronagarchiliklar keltirib chiqaradi; Natijada, inson salomatligiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho'llanishga qarshi kurash to'g'risidagi Konvensiyasiga (UNCCD) ma’lumotlariga ko'ra, qum va chang bo'ronlari hozirda dunyoning ba'zi joylarida "keskin" tez-tez uchraydigan muammo bo'lib, buning kamida 25% inson faoliyati bilan bog'liq.
Siyosiy tavsiyalar bilan birga ushbu ogohlantirish Konvensiyani amalga oshirishdagi global yutuqlarni sarhisob qilish uchun O'zbekistonning Samarqand shahrida besh kunlik yig'ilish o'tkazilayotgan paytda e'lon qilindi. BMTning Choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurash Konvensiyasi 1992-yilda Rio-de-Janeyroda bo'lib o'tgan Yer sammitida qabul qilingan uchta konvensiyadan biridir. Qolgan ikkitasi esa iqlim o'zgarishi (UNFCCC) va biologik xilma-xillik (UN CBD) Konvensiyalaridir.
13-17 noyabr kunlari (https://www.unccd.int/cric21) o‘tkaziladigan sessiyalar 15-noyabr kuni O‘zbekiston hukumati tomonidan mezbonlik qilinadigan qum va chang bo‘ronlarining sanoat, transport, suv, havo sifati va inson salomatligi va qishloq xo‘jaligiga ta’sirini bartaraf etish yo‘llariga bag‘ishlangan yuqori darajadagi sessiyani o‘z ichiga oladi.
“Qum va changdan iborat qora bulutlar va kunni tunga aylantirayotgan tasvirlar – bu tabiatning eng qo'rqinchli tomoshalaridan biridir. Bu Shimoliy va Markaziy Osiyodan Sahroi Kabirdan janubiy Afrikagacha bo‘lgan hamma joyda vayronagarchiliklarga olib keladigan salbiy hodisadir”, - ta’kidlaydi BMTning Choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurash Konvensiyasi Ijrochi kotibi Ibrohim Tiau.
“Qum va chang bo'ronlari barqaror rivojlanishga erishish uchun katta qiyinchilik tug'diradi. Biroq, qum va chang bo'ronlari inson faoliyati orqali kuchayganidek, ular ham inson harakatlari orqali kamayishi mumkin”, - deya qo'shimcha qiladi Tiau.
Qum va chang bo'ronlari mintaqaviy darajada keng tarqalgan va mavsumiy tabiat hodisasi bo'lsa-da, BMTning Choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurash Konvensiyasi ekspertlarining fikriga ko'ra, muammo yer va suvni noto'g'ri boshqarish, qurg'oqchilik va iqlim o'zgarishi bilan yanada kuchaymoqda.
Qum va chang bo’ronlarining intensivligi, kattaligi yoki davomiyligidagi o'zgarishlar yanada katta xavf tug’dirishi mumkin."
Kuzatilayotgan salbiy ta'sirlar manbalari mintaqalaridan uzoqroqda bo'lgan holda, hozirda har yili atmosferaga taxminan 2 milliard tonna qum va chang kiradi, bu og'irligi bo'yicha Gizaning 350 ta Buyuk Piramidalariga teng.
Ba'zi hududlarda o'tgan asrda cho'l changi ikki baravarga ko'paydi. “Qum va chang bo'ronlari tobora tez-tez va jiddiy tus olib, transchegaraviy ta'sirga ega bo'lib, atrof-muhit, iqlim, sog'liq, qishloq xo'jaligi, turmush sharoiti va odamlarning ijtimoiy-iqtisodiy farovonligiga ta'sir qiladi.
Qum va chang bo'ronlari ta'sirining to'planishi inson salomatligi uchun sezilarli darajada bo'lishi mumkin", - deydi BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) texnik xodimi, BMTning qum va chang bo'ronlariga qarshi kurash bo'yicha koalitsiyasi raisi Feras Ziadat.
“Ba’zi hududlarda qum va chang bo'ronlari ekinlarga zarar yetkazadi, chorva mollariga ta’sir qiladi va tuproqning yuqori qatlamini yo‘q qiladi. Cho'kma joylarida atmosfera changi, ayniqsa mahalliy sanoat ifloslanishi bilan birgalikda, nafas olish kasalliklari kabi inson salomatligi muammolarini keltirib chiqarishi yoki yomonlashishi mumkin. Aloqa, elektr energiyasi ishlab chiqarish, transport va ta'minot zanjirlari ham past ko'rinish va changdan kelib chiqqan mexanik nosozliklar tufayli buzilishi mumkin. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qum va chang bo'ronlariga qarshi kurash bo'yicha koalitsiyasi, hozirda FAO raisligida 2019-yilda qum va chang bo’ronlari bilan kurashish bo'yicha global sa'y-harakatlarga rahbarlik qilish uchun tuzilgan.”
Choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurash Konvensiyasi, FAO va boshqa hamkorlar o'zlarining Qum va chang bo'ronlari to'plamida (https://www.unccd.int/land-and-life/sand-and-dust-storms/toolbox) qum va chang bo'ronlari bo’yicha ma'lumotlarini to'plash va baholash, monitoring va erta ogohlantirish, ta'sirni yumshatish va tayyorgarlik choralarini ko’rish, shuningdek, manbalarni xaritalash, milliy, mintaqaviy va global darajada antropogen manbalarni yumshatish borasidagi yondashuvlar va metodologiyalar bo'yicha ko'rsatmalar bilan bo’lishadilar..
Qum va chang bo’ronlar muhokamasi Choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurash Konvensiyasi (CRIC 21) bajarilishini ko'rib chiqish qo'mitasining O'zbekistonda bo'lib o'tadigan bu yilgi yig'ilishining kun tartibining bir qismini va Konvensiyaning strategik maqsadlarini amalga oshirishdagi global taraqqiyotni tashkil etadi. Bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti Komissiyasi tashkil etilganidan buyon birinchi marta Markaziy Osiyodagi eng muhim uchrashuvlaridan birini o’tqazdi.
Yig‘ilish muhim pallaga to‘g‘ri keladi, chunki Choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurash Konvensiyasi ning yangi ma’lumotlar platformasi (https://data.unccd.int/) orqali e’lon qilingan so‘nggi statistik ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, dunyo har yili deyarli 1 million kvadrat kilometr sog‘lom va unumdor yerlarni yo‘qotmoqda – 4,2 million kvadrat kilometr: taxminan 2015-2019 yillar oralig'idagi Markaziy Osiyoning beshta davlati: Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O'zbekistonning umumiy maydoni.
Uchrashuv davomida Choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurash Konvensiyasi va FAO ekspertlari uchta hisobotni taqdim etishlari rejalashtirilmoqda:
- Qum va chang bo'ronlari. Qishloq xo'jaligida ta’sirni yumshatish, moslashish, siyosiy yondashuv va xavflarni boshqarish choralari bo'yicha qo'llanma.
- Eron Islom Respublikasi qishloq xoʻjaligida qum va chang boʻronlariga chidamlilikni oshirish boʻyicha investitsiyalar va harakatlarni oshirish uchun favqulodda vaziyatlarni rejalashtirish jarayoni va
- Ko’chmanchi jamiyatlar bilan qum va chang bo'roni bo'yicha favqulodda vaziyatlarni rejalashtirishga tayyorgarlik: Mo'g'uliston misolida
CRIC 21 kun tartibining boshqa masalalari barqaror yer boshqaruvini rag'batlantirish, ayollar uchun adolatli yer huquqlarini ta'minlash, iqlim o'zgarishi va atrof-muhit degradatsiyasi natijasida kuchaygan qurg'oqchilik va o'rmon yong'inlariga qarshi kurashni o'z ichiga oladi.
* * * * *
Qo’shimcha ma’lumot: Qum va chang bo’ronlar
Qum va chang bo'ronlari ko'plab mahalliy nomlar bilan tanilgan: sirokko, xabub, sariq chang, oq bo'ronlar yohud harmattan.
Qum va chang bo'ronlari ham quruqlik, ham dengiz ekotizimlarini urug'lantirishi mumkin bo'lsa-da, ular inson salomatligi, tirikchilik va atrof-muhit uchun bir qator xavflarni keltirib chiqaradi.
Qum va chang bo'ronlari hodisalari odatda past kenglikdagi quruq yerlarda va o'simlik qoplami siyrak yoki mavjud bo'lmagan nam joylarda yuzaga keladi.
Qum va chang bo'ronlari boshqa muhitlarda, jumladan, nam mintaqalarda qishloq xo'jaligi va yuqori kengliklarda, o'ziga xos shamol va atmosfera sharoitlariga to'g'ri kelganda ham paydo bo'lishi mumkin. Qum va chang bo'ronlari minglab kilometrlardan ortiq hududlarga ta'sir ko'rsatishi mumkin. Yagona va izchil global va mintaqaviy choralar va yondashuvlar, ayniqsa qum va chang bo'ronlari manbalarni yumshatish, erta ogohlantirish tizimlari va monitoringni hal qilish uchun zarur.
Qum va chang bo'ronlari odatda sezilarli iqtisodiy ta'sir ko'rsatadi: masalan, ular Quvaytdagi neft sektoriga yiliga taxminan 190 million AQSh dollari miqdorida zarar etkazgan bo'lsa, 2009 yilda bitta qum va chang bo'ron hodisasi Avstraliyada 229-243 million AQSh dollari miqdoridagi zararga olib keldi.
Mineral changning asosiy global manbalari Shimoliy Afrika, Yaqin Sharq va Sharqiy Osiyo bo'ylab shimoliy yarim sharda joylashgan. Janubiy yarimsharda Avstraliya, Janubiy Amerika va Janubiy Afrika asosiy chang manbalari hisoblanadi.
Markaziy Osiyoning 80% dan hududini choʻl va dashtlar egallaydi, ular iqlim oʻzgarishi va uzoq davom etayotgan qurgʻoqchilik bilan birgalikda qum va chang boʻronlarining asosiy tabiiy manbai hisoblanadi.
Qurigan Orol dengizi tubi qum va chang bo'ronlarning asosiy manbai bo'lib, har yili 100 million tonnadan ortiq chang va zaharli tuzlarni chiqaradi, bu nafaqat yaqin atrofda, balki undan uzoqda yashaydigan insonlarning sog'lig'iga ta'sir qiladi va har yili 44 mln. AQSh dollari miqdorida yo'qotishlarni keltirib chiqaradi.
Qum va chang bo'ronlarni tabiiy ofat xavfi sifatida tan olish Shimoliy-Sharqiy Osiyo, G'arbiy Osiyo va Shimoliy Amerikaning ba'zi qismlarida yuqori, ammo boshqa joylarda kamroq seziladi
Qum va chang bo'ronlarini tabiiy ofat xavfi sifatida yetarlicha tan olinmasligi, ehtimol, (ko'p hollarda) bevosita insonlarning o'limi yoki alohida qum va chang bo'ronlari hodisalari natijasidagi jarohatlarning yo'qligi va ularning sog'lig'iga, iqtisodiy yoki boshqa uzoq muddatli ta'siri bo'yicha ma’lumotlarni yetarlicha mavjud emasligi bilan bog’liq bo’lishi mumkin.
Qum va chang bo'ronlarini sog'liqqa ta’siri
Qum va chang bo'ronlari sog'lig'i yomon bo'lgan insonlar hayoti uchun xavfli bo'lishi mumkin.
Mayda chang zarralari yuqori troposfera darajalariga (balandligi bir necha kilometrgacha) ko'tariladi, bu erda shamol ularni uzoq masofalarga tarqatishi mumkin.
Qum va chang bo'ronlarining sog'liqqa ta'siri o'nlab yillar davomida o'rganilib kelinmoqda, aksariyat tadqiqotlar Sharqiy Osiyo, Yevropa va Yaqin Sharqda o'tkazilgan. G'arbiy Afrikada ushbu tadqiqotlar o’tqazilmagan.
Ushbu tadqiqotlarning alohida yo'nalishi qum va chang bo'ronlarini havo ifloslanishining o’zgarishiga qaratilgan.
Atmosferadagi qum va changni kelib chiqish sababi va ta'siri, sog’liqqa ta'sir qilishi noaniq bo'lib qolmoqda va chuqur o'rganishni talab qiladi. Aytish mumkinki, sog’ligi zaif va xavf ostida bo'lgan vakillari, ayniqsa, ilgari yurak-o'pka kasalliklari, jumladan, bolalikdan astmasi bo'lganlar, chang bo'roni paytida o'lim yoki kasallanish darajasi yuqori bo'lishi mumkin.
Qum va chang bo'ronlarining, shuningdek, ekinlarning nobud bo'lishi yoki hosildorlikning pasayishi, hayvonlarning nobud bo'lishi, sut va go'sht mahsulotlarini kam mahsuldorligi va infratuzilmaga zarar etkazish orqali qishloq xo'jaligi sektoriga katta xarajatlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Bir yillik ekinlar uchun nobud bo’lish holatlari ko'chatlar yoki ekinlarning qum ostida ko'milishi, o'simlik to'qimalarining yo'qolishi va qum bilan tozalash natijasida fotosintez faolligining pasayishi bilan bog'liq. Bu mintaqada hosilning to'liq yo'qolishiga yoki hosilning pasayishiga olib kelishi mumkin.
Ba'zi ko'p yillik ekinlarga daraxt yoki ekinlarning shikastlanishi (masalan, beda/beda tojlari shikastlangani kabi) uzoq muddatli ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Ushbu masalani ba’zi bir ijobiy tomonlari ham mavjud. Qum va chang bo'ronlarining changida azot, fosfor va kaliy kabi tuproq uchun ozuqa moddalari, shuningdek, organik uglerod bo'lishi mumkin. Ba'zi hududlar quruqlikda, mineral va ozuqa moddalarining suvda, xususan, okean jismlarida to'planishidan foyda oladi va shamol ostidagi ekin yoki yaylov maydonlarini oziq moddalar bilan ta'minlashi mumkin. Biroq, bu cheklangan ba’zi bir foydali jihatlarni ta’siri etkazilgan zararlar ta’siri bilan taqqoslanganda ancha ahamiyatsizdir.
Dunyo miqyosida asosiy mavjud bo’gan katta chang manbalari qurigan ko'llardir; mahalliy manbalarga muzliklarni yuvib tashlaydigan tekisliklar, vulqon kul zonalari va yaqinda shudgorlangan dalalar kiradi.
Qum va chang bo'ronlarining tarmoqlararo va transmilliy ta'siri 17 Barqaror rivojlanish maqsadlaridan 11 tasiga bevosita ta'sir qiladi, ammo qum va chang bo'ronlarining xavf sifatida global tan olinishi qisman ularning murakkabligi va mavsumiy jami ta'siri, shuningdek cheklangan ma'lumotlar tufayli odatda past bo'ladi.
Qum va chang bo'ronlarini ta'sirni baholash va ma'lumotlarn kamligi, samarali qarorlar qabul qilish va rejalashtirishga to'sqinlik qiladi.
BMTning Choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurash Konvensiyasi hukumatlarga yerni barqaror boshqarish amaliyotlarini kengaytirishga qaratilgan yondashuvlarni ishlab chiqishda va amalga oshirishda ilm-fanning eng so'nggi yutuqlarini aniqlash va ulardan foydalanishda yordam beradi.
Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologik markazi bilan hamkorlikda BMTning Choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurash Konvensiyasi Markaziy Osiyodagi qurg'oqchilik va qum va chang bo'ronlari ta'sirida zaif bo'lgan mamlakatlarga milliy va mintaqaviy darajada xavflarni kamaytirish strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda yordam beradi.
BMTning Choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurash Konvensiyasi mamlakatlarni ushbu ekologik ofatlarga tayyorlik va chidamlilikni oshirish uchun monitoring va erta ogohlantirish tizimiimlari bilan keng qamrovli xavflarni kamaytirish strategiyasini qabul qilishga undaydi.
Eng zarur choralar quyidagilardan iboratdir
- Axborot almashish, qisqa va uzoq muddatli choralar, ko'plab manfaatdor tomonlarni jalb qilish va Qum va chang bo'ronlar haqida xabardorlikni oshirish orqali ko'p tarmoqli yondashuvni kuchaytirish.
- Tuproqlarni himoya qilish va o'simlik qoplamini ko'paytirish uchun tuproq va suvni boshqarish usullaridan foydalangan holda yerni qayta tiklash, bu manba maydonlarining ko'lami va zaifligini sezilarli darajada kamaytirish, qum va chang bo'ronlari hodisalarini ta’sirini kamaytirish.
- Ogohlantirishlar oʻz vaqtida va maqsadli tarzda berilishini taʼminlash uchun barcha manfaatdor tomonlar (jumladan, xavf ostida boʻlgan aholi vakillari) ishtirok etgan holda, erta ogohlantirish va monitoring, xavf haqidagi dolzarb bilimlarga asoslanish va tahmin qilish.
- Zaiflikni kamaytirish, chidamlilikni oshirish va qum va chang bo'ronlar hodisalariga o'z vaqtida samarali javob berishga tayyor bo'lish orqali salbiy ta'sirni yumshatish.
* * * * *