Press-reliz

Markaziy Osiyo birinchi bora cho‘llanish, yer degradatsiyasi va qurg‘oqchilik bo‘yicha BMT Konvensiyaning yig‘ilishiga mezbonlik qiladi

09 noyabr 2023

13-17-noyabr kunlari Samarqand shahrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi konvensiyasining (UNCCD) bajarilishini koʻrib chiqish qoʻmitasini 21-sessiyasi (CRIC-21) bol’ib o’tadi.

CRIC21 BMT Konvensiyaning strategik maqsadlariga erishish yo'lidagi natijalarni muhokama qilish uchun 196 ta mamlakatdan va Evropa Ittifoqi, fuqarolik jamiyati va ilmiy doiralardan 500 ga yaqin vakillarni birlashtiradi. Ushbu yig’ilish Birlashgan Millatlar Tashkilotining Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyasi tashkil etilganidan beri eng muhim yig‘ilishlardan biri bo’lib Markaziy Osiyoda ilk bora o‘tkazilmoqda.

Rasm: © FAO O'zbekiston

Ushbu tadbir juda muhim pallaga to'g'ri keladi, chunki BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyasi  tomonidan e'lon qilingan so'nggi ma'lumotlarga ko’ra, dunyo bo’ylab  har yili 100 million gektarga yaqin sog'lom va unumdor yerlar yo'qolmoqda. Agar hozirgi tendensiyalar davom etsa, 2030-yilgacha butun dunyo bo'ylab yer degradatsiyasining neytralligiga erishish uchun 1,5 milliard gektar yerni tiklash kerak bo'ladi. Biroq, qo'shimcha tanazzulni to'xtatish va mavjud majburiyatlarni tezlashtirishning o'zi betaraflik maqsadidan oshib ketishi mumkin.

BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyasi Ijrochi kotibi Ibraxim Tiav o’z fikrlarini bildirdi:

“Butun dunyoda kuzatilgan  qurg‘oqchilik, o‘rmon yong‘inlari va jazirama to‘lqinlar, chuqurlashib borayotgan va o’zaro bog’liq bo’lgan  iqlim  va tabiat inqirozining alomatlaridir va yerlarimiz ushbu inqirozning markazida turibdi. 2015-yildan buyon 4 million kvadrat kilometrga yaqin sog‘lom va unumdor yer yo‘qoldi, bu taxminan Markaziy Osiyo maydoniga teng degani. Biz 2030-yilga borib yerlarni yanada tanazzulga uchrashini to‘xtatishimiz va kamida 1 milliard gektar maydonni qayta tiklashimiz kerak, va 2030-yilga kelib yerlarga bo’gliq bo’lgan global maqsadlarga erishishimiz kerak.”

CRIC21 yig’ilishi “Silk Road Samarkand” kongress markazida boʻlib oʻtadi. Tomonlar 2018-2030 yillarga mo‘ljallangan BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyasini  strategik va amalga oshirish dasturiga muvofiq yer degradatsiyasining oldini olish va to‘xtatish bo‘yicha global maqsadlarga erishish bo‘yicha erishilgan natijalarni  ko‘rib chiqish va tavsiyalar berish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

CRIC21 dasturining diqqatga sazovor va muhim tadbirlari ro’yxati:

  • 13 noyabr kuni soat 10:00 dan 13:00 gacha CRIC raisi, BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyasi Ijrochi kotibi va O'zbekiston hukumati vakilining kirish so'zlari bilan ochiladigan yalpi majlis
  • 14 va 16-noyabr kunlari soat 13:00 dan 15:00 gacha Gender Kaucus xalqaro ekspertlarni yig'ilishi bo’lib o’tadi, va unda  ayollarning yer huquqlari va ushbu huquqlarni  dunyo bo’ylab  yerni qayta tiklash va qurg'oqchilikka chidamlilikni oshirish muvaffaqiyatining zaruriy shartlariga doir muhokamalar bo’lib o’tadi.
  • 15-noyabr kuni 10:00 dan-13:00 gacha O'zbekiston hukumati tomonidan qum va chang bo'ronlari bo'yicha yuqori darajadagi siyosiy tadbir bo'lib o'tadi. Oxirgi yillarda O‘zbekistonda ham, uning atrofidagi mamlakatlarda ham qum va chang bo‘ronlari soni ham, shiddati ham sezilarli darajada oshdi.
  • CRIC21 da ilk marotaba 30 dan ortiq turli xil amaliy tadbirlar tashkil etiladi. Ushbu tadbirlar ishtirokchilar va akkreditatsiyadan o’tgan kuzatuvchi tashkilotlarga Konvensiya maqsadlari bilan bog'liq turli masalalar bo'yicha axborot va tajriba almashish uchun  imkoniyat yaratadi.

CRIC21 davomida mahalliy vaqt bilan soat 13:00 dan -15:00 gacha matbuot brifinglari o'tkaziladi, jumladan:

    • 13-noyabr: Markaziy Osiyoga e'tibor qaratiladi: cho'llanish, yerlarning degradatsiyasi va qurg'oqchilik bo'yicha mintaqaviy tendensiyalar. BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyasini  bosh olimi doktor Barron Orr va fan, texnologiya va innovatsiyalar bo'limining dastur rahbari Olga Andreyeva  (tasdiqlanmoqda) xonim ishtirok etadilar.
    • 14 noyabr: Uning yeri. Uning huquqlari: BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyasi vakillari va mintaqaviy ekspertlar (tasdiqlanmoqda) bilan ayollarning yer huquqlarini va ularning yerni tiklash va qurg'oqchilikka chidamlilik sa'y-harakatlarini rivojlantirishga qaratilgan global va mintaqaviy sa'y-harakatlari.
    • 15-noyabr: Qum va chang bo'ronlari: BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyasi  va mintaqaviy ekspertlar ishtirok etadilar. Ko’payib borayotgan qum va chang bo'ronlari haqidagi so'nggi ma'lumotlar, shuningdek, O'zbekiston hukumati tomonidan o'tkazilgan yuqori darajadagi tadbir natijalari muhokama qilinadi.
    • 17-noyabr: Yakunlovchi matbuot anjumani: BMTning Choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurashish Konvensiyasi ijrochi kotibi Ibraxim Tiav, CRIC raisi Biljana Kilibarda xonim hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri Aziz Abduhakimov qatnashadilar va o’tqazilgan CRIC21ning asosiy natijalari haqida ma’lumotlar beriladi.

 

OAV uchun eslatmalar

Akkreditatsiyadan o'tgan ommaviy axborot vositalari vakillari CRIC21 va tegishli tadbirlarda qatnashish va tadbirlani yoritish uchun taklif etiladilar. Jurnalistlar yerlarni tiklash va qurg'oqchilikka chidamlilik loyihalari bilan bevosita amaliy tashriflar orqali tanishishlari mumkin. Ushbu amaliy  tashriflar CRIC21dan oldin va keyin darhol amalga oshiriladi.

CRIC2ning kunlik muhim voqealari IISD Earth Negotiations Byulletini tomonidan taqdim etiladi va ushbu havola orqali mavjud bo’ladi: https://enb.iisd.org/unccd-committee-review-implementation-convention-cric21

OAV uchun amaliy tashriflar javdali quyidagi havolada mavjud: https://www.unccd.int/sites/default/files/2023-10/Side%20Events%20CRIC21.pdf

CRIC21 va BMTning Choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurashish konvensiyasiga doir visual  ma’lumotlar bilan ushbu havola orqali tanishisn mumkin: https://trello.com/b/zq0kxtkK/unccd-cric21-samarkand-uzb-2023

Ommaviy axborot vositalari vakillari uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish quyidagi havola orqali amalga oshiriladi: www.unccd.int/cric-21-online-registration.

Ro'yxatdan o'tish uchun quyidagi hujjatlarni taqdim eting:

• Yaqinda olingan bitta pasport o'lchamidagi fotosurat;

• Guvohnoma (muddati o'tib ketmagan bo’lishi zarur);

• Pasportingiz (xorijiy jurnalistlar uchun) yoki milliy guvohnomangiz (mahalliy OAV uchun) nusxasi (rasm va imzo sahifalari);

• Tadbirlarda ishtirok etish uchun homiylik qiluvchi OAVning rasmiy xati. Erkin jurnalistlar (frilancerlar) uchun qaysi OAV uchun konferensiyani yoritishni tayinlaganligi haqida  xat talab qilinadi;

• To'g'ri va to’liq to'ldirilgan akkreditatsiya.

Onlayn roʻyxatdan oʻtgan jurnalistlar oʻzlarining akkreditatsiyalarini “Ipak yoʻli Samarqand” kongress markazida amaldagi guvohnoma va shaxsni tasdiqlovchi hujjat koʻrsatgan holda olishlari mumkin boʻladi.

O‘zbekistonga viza  olish va tartibga soluvchi qoidalar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olish uchun quyidagi havolaga murojaat qiling: https://e-visa.gov.uz/main_

Ommaviy axborot vositalarini akkreditatsiya qilish yoki tadbirni yoritish bo'yicha savollar uchun press@unccd.int manziliga murojaat qiling.

Konferensiya o'tkaziladigan joyda matbuot va ommaviy axborot vositalari uchun maxsus ish maydoni mavjud bo'ladi.

Konvensiya va CRIC 21 bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar UNCCD veb-saytida mavjud bo'ladi: https://www.unccd.int/cric21

Konvensiya va CRIC 21 bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar va matbuot yangiliklari BMTning Choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurashish Konvensiyasi veb-saytida mavjud bo'ladi: https://www.unccd.int/cric21

BMTning Choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurashish Konvensiyasi haqida qisqacha ma’lumot

BMTning Choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurashish Konvensiyasi (UNCCD) yer uchun muhim bo’lgan o’ziga hos global yondashuv va ovozdir. Biz hukumatlar, olimlar, siyosatchilar, xususiy sektor va hamjamiyatlarni insoniyat va sayyora barqarorligi uchun dunyo yerlarini qayta tiklash va boshqarish uchun umumiy yondashuv va global harakatlar atrofida birlashtiramiz. BMTning Choʻllanish va qurgʻoqchilikka qarshi kurashish Konvensiyasi 197 nafar ishtirokchi tomonidan imzolangan xalqaro shartnomadan ko'ra ko'proq, bu yerning degradatsiyasining bugungi oqibatlarini yumshatish va barcha insonlar uchun adolatli va inklyuziv tarzda oziq-ovqat, suv, boshpana va iqtisodiy imkoniyatlarni ta'minlash uchun kelajak yerlardan foydalanishni rivojlantirishga qaratilgan ko'p tomonlama majburiyatdir.

 

 

 

 

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

UNCCD
United Nations Convention to Combat Desertification

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar