Markaziy Osiyoda COVID-19 pandemiyasini yumshatish va nazorat qilish bo'yicha yangi loyiha
01 iyun 2023
Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (JSST) ning Yevropa byurosi va Yevropa Komissiyasining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha bosh direksiyasi ishlab chiqqan “Markaziy Osiyoda COVID-19 ga inqiroz paytida chora ko‘rish – 2-faza” yangi loyihasi sheriklar, emlash dasturining milliy va mintaqaviy rahbarlariga, emlash bo‘yicha mintaqaviy trenerlar jamoalari a'zolariga, Sanitariya-epidemiologik xizmati vakillariga taqdim etildi.
Uchrashuv kun tartibi keng qamrovli bo’ldi: loyihani viloyatlarda emlash bo‘yicha milliy harakat rejasidagi strategik ustunliklariga muvofiq viloyat/mahalla darajasida adolatsizlikni yengish va emlash yuqori qamroviga erishish va uni saqlab turish maqsadida mahalliy sharoitlarga moslashtirilgan usullarni ishlab chiqib amalga oshirish, emlashning aniq, jumladan qizamiq-qizilcha va vaksina bilan oldini olish mumkin bo‘lgan kasalliklar masalalari hal qilish tajribasi, emlash axborot tizimlari, vaksinalar xavfsizligi tizimlari, gepatit “B” ni nazorat qilish.
Ushbu loyihaning umumiy maqsadi — Markaziy Osiyo mamlakatlarida COVID-19 ning oqibatlarini yumshatish va pandemiyani nazorat qilish, shuningdek, ularda sog‘liqni saqlashning uzoq muddatli mustahkamligini kuchaytirishdir. Xususan, loyihada quyidagi sohalarga ko‘mak ko‘rsatiladi: vaksinalarni tez va xavfsiz kiritish, zarur axborotni boshqarish tizimlarini yaratish va emlashni tashkil etishda qatnashadigan tibbiyot xodimlari va mutaxassislarning bilim-ko‘nikmalarini oshirish; vaksinalar yordamida oldini olish mumkin bo‘lgan kasalliklarning kelajakda avjli rivojlanishi bilan kurashishga qaratilgan rejali emlash tizimlarining uzoq muddatli barqarorligini, monitoring va baholash uchun lozim usullarni yaratish, emlash milliy rejalarini ishlab chiqish va emlash munosabatida tengsizlikni bartaraf qilish, shuningdek sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish va salomatlik to‘g‘risida sifatli ma'lumotni yig‘ish va qo‘llash uchun imkoniyatlarni kengaytirish orqali sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan yalpi qamrashga erishish uchun salohiyatni o‘stirish.
COVID-19 pandemiyasi yalpi tibbiy sug‘urta sohasida sog‘liqni saqlash barqaror tizimi yaratishga intilishi muhim ahamiyatini yaqqol ko‘rsatdi. Loyihaning birinchi pallasini amalga oshirishda to‘plangan ilg‘or tajribasiga tayanib, insonlar birlamchi tibbiyot va sanitariyaning asosiy xizmatlarini olishi, jumladan emlash, infeksiyalarning oldini olish va ular bilan kurashish mumkin bo‘lishi uchun sog‘liqni saqlash va mustahkamlashga qaratilgan birlamchi tibbiyot va sanitariya yordamga yondashuvga asosiy diqqat qaratiladi.
Milliy emlash dasturida pandemiya davrida emlash dasturing barqarorligini ta'minlashda ham COVID-19 ga qarshi emlashni tez joriy etishda ham ijobiy natijalarga erishildi. Ma'muriyat ma'lumotiga ko‘ra, 19 yoshdan katta butun aholining 87% boshlang‘ich emlashning to‘liq kursini o‘tgan va 82% birinchi qayta emlangan.
Favqulodda vaziyat tugatilishiga qaramay, COVID-19 o‘limga olib keladigan og‘ir asoratlar va oqibatlar rivojlanishida avvalgidek ahamiyatga ega. Virus hech qayerga yo‘q bo‘lib ketmaydi, epidemik nazorat va COVID-19 ga qaratilgan choralarni sog‘liqni saqlashning oddiy dasturlariga birlashtirish lozim. Ammo, afsuski, 60 yoshdan katta kishilarni qamrash taxminan 66% ni tashkil qiladi. Ushbu guruhda emlash bilan qamrashni oshirish lozim, chunki 60 yoshdan katta insonlar kasallikning og‘ir kechishi va o‘lim oqibati eng katta xatariga duch keladilar.
Pandemiya sog‘liqni saqlash tizimidagi ko‘p muammolarni yuzaga chiqardi, lekin shu bilan birga u kuchli taraflarni ham aniqladi. Epidemiyaga qarshi choralarni amalga oshirish va inqirozga javob choralarni ko‘rishda inson saloyihati asosiy omil bo‘lib xizmat qildi. Aholi xavfsizligi va tibbiyot dasturlarining barqarorligini ta'minlashda hal qiluvchi unsur sifatida salohiyatni oshirishda davom etish zarur. Salohiyatni o‘stirish inson resurslarni kuchaytirish, ularni qayta taqsimlash va samaradorligini oshirish imkoniyatini beradi.
Loyiha COVID-19 ga qarshi kurashish yagona jabha to‘g‘risida 2021-yilning 19 yanvardagi chaqiruvda aytilganidek, “Hamma xavfsizlikni his qilmaguncha hech kim xavfsizlikda bo‘lmaydi” degan tamoyilga asoslangan. Ushbu tamoyilga asosan mintaqa mamlakatlari COVAX, Yevropa Ittifoqi almashuv mexanizmlari orqali olingan va COVID-19 ga qarshi vaksinalarni ishlab chiqaruvchilardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilingan vaksinalar tarqatilishi qo‘llab-quvvatlanadi. Shuningdek, “Sog‘lom turmush tarzini ta’minlash va barcha yoshdagi kishilarning farovonligiga ko‘maklashish” loyihasi Barqaror rivojlanish maqsadlarining 3-maqsadiga erishishga qaratilgan.