BMT Bosh kotibining Jahon matbuoti erkinligi kuni (3 - May) munosabati bilan murojaati
02 may 2023
Mana o'ttiz yildirki, xalqaro hamjamiyat jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xo-dimlari faoliyatini Jahon matbuoti erkinligi kunida nishonlab kelmoqda.
Ushbu kun “bizning erkinligimiz matbuot erkinligiga bog'liq” kabi oddiy haqiqatni anglashga imkon beradi.
Matbuot erkinligi demokratiya va adolat asosidir. U bizga fikrlarni shakllantirish uchun kerakli bo’lgan aniq faktlarni beradi. Bu yilgi mavzu esa matbuot erkinligi inson huquqlari uchun nihoyatda muhim ekanligini barchamizga yana bir bor eslatadi.
Shu bilan birga matbuot erkinligi dunyoning har bir burchagida hujumga uchramoqda.
Haqiqat dezinformatsiya va nafrat tili tahdidi ostida qolmoqda. Ular sabab faktlar va uydirma, ilm va konspirologik nazariya o’rtasidagi chegaralarni buzishga harakat qilishmoqda.
Mediaindustriyaning bir necha kishilar qo‘lida jamlanishi, o‘nlab mustaqil axborot tashkilotlarining moliyaviy inqirozga uchrashi, jurnalistikani bo‘g‘uvchi milliy qonun va qoidalarning ko‘payishi senzurani yanada kuchaytirib, so‘z erkinligiga yanada ko’proq tahdid solmoqda.
Shu bilan birga, o’zlarining muhim ishlarini munosib bajarib kelayotgan jurnalistlar va ommaviy axborot vositalari xodimlari ham Internetda, ham real hayotda muayyan kimsalarning mo’ljaliga aylanishmoqda. Ular muntazam ravishda ta'qib qilinmoqda, qo'rqitilmoqda va hibsga olinishmoqda.
2022-yilda kamida 67 nafar ommaviy axborot vositalari xodimi o’ldirildi. Bu esa o‘tgan yilga nisbatan 50 foizga ko‘p degani. Ayol jurnalistlarning qariyb to'rtdan uch qismi onlayn zo'ravonlikka, har to'rtdan biri esa jismoniy tahdidga uchrashgan.
O'n yil oldin Birlashgan Millatlar Tashkiloti OAV xodimlarini himoya qilish va ularga qarshi sodir etilgan jinoyatlar uchun jazosiz qolishga barham berish maqsadida Jurnalistlar xavfsizligi bo'yicha Harakatlar rejasini ishlab chiqqan.
Ushbu kunda va kelgusi Jahon matbuot erkinligi kunlarida dunyo hamjihatlikda harakat qilishi kerak.
Tahdid va hujumlar to'xtatilishi kerak.
O'z vazifasini bajarayotganligi uchun jurnalistlar ushlanmasligi va hibsga olinmasligi kerak.
Yolg’on xabarlar va dezinformatsiyaga chek qo’yilishi kerak.
Haqiqatga va haqiqatni gapiradiganlarga hujumlarni to’xtatish lozim.
Jurnalistlar haqiqat tarafdori bo‘lsa, dunyo ham ular tomonida bo’ladi.
Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar