Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi jamoasi nomidan milliy va xalqaro hamkorlarimizni hamda O‘zbekiston xalqini Ramazon hayiti munosabati bilan samimiy tabriklarimni yo‘llayman.
Oilalar va mahallalarni birlashtirgan, mehr-oqibat, saxovat va birdamlik qadriyatlarini mustahkamlaydigan ushbu muhim bayramni nishonlashda siz bilan birga ekanimizdan faxrlanamiz.
Fursatdan foydalanib, men O‘zbekistondagi barcha hamkorlarimizga tinchlik, taraqqiyot va inson huquqlarini ta’minlashga sodiqligingiz hamda O‘zbekistondagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti oilasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlayotganingiz uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Oʻzbekistonning rivojlanish yoʻlida hamkori ekanligidan faxrlanadi va hech kim e'tibordan chetda qolib ketmasligiga urg’u bergan holda Oʻzbekistonda barcha uchun farovon kelajak qurish yoʻlida birgalikda ishlashni davom ettiramiz.
Ushbu muborak kun sizga va yaqinlaringizga baxt va farovonlik olib kelsin.
Sizga farovonlik, tinchlik va osoyishtalik tilaymiz.
Hayit Muborak!