Press-reliz

Etmish besh yil sog'liqni saqlash xizmatida. Butunjahon salomatlik kuni – 2023

07 aprel 2023

2023-yil 7-aprelda Butunjahon sog‘liqni saqlash kunida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) o‘zining 75 yilligini nishonlaydi.

JSST1948 yilda dunyo xalqlarining tashabbusi bilan inson salomatligini mustahkamlash, dunyo xavfsizligini ta'minlash va aholining zaif qatlamlari manfaatlariga xizmat qilish  va har bir inson qayerda bo'lishidan qat'i nazar, sog'lig'ining eng yuqori darajalariga erishish imkoniyatiga ega bo'lish  va farovon umr kechirish maqsadida tashkil etilgan.  

Tashkilotni 75 yilligi, bu so'nggi yetmish yillikda insonlar hayotini yaxshilagan sog'liqni saqlash sohasidagi o'tmishdagi muvaffaqiyatlarni eslash uchun imkoniyatdir. Bu shuningdek, bugungi va ertangi kunning dolzarb sog'liq muammolarini hal qilish uchun harakatlarni ilhomlantirish imkoniyati.

Izoh: Butunjahon salomatlik kuni – 2023
Rasm: © Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti

Yil davomida Biz O‘zbekistondagi hamkorlar bilan birgalikdagi qo’shma hamkorlik, qiyinchiliklar va yutuqlar va “Salomatlik hamma uchun” shiorini hayotga tatbiq etishga harakat qilayotgan insonlar haqida so‘z yuritamiz.

JSSTning barcha uchun salomatlikka erishishga qaratilgan sa'y-harakatlariga qo'shiling. Etmish besh yil sog'liqni saqlash xizmatida. 

 

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

JSST
Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkiloti

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar