FAO O‘zbekistonda Chigirtkalarga Qarshi Kurashish Bo‘yicha Ilg’or Tajribalarni Ilgari Surmoqda
05 mart 2023
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklarni himoya qilish va karantini agentligi bilan hamkorlikda mamlakatimiz bo‘ylab soha mutaxassislari uchun chigirtkalarga qarshi kurashish bo‘yicha qator treninglar tashkil etdi. Birinchi treningda 2-5 mart kunlari Qashqadaryo viloyati hududiy chigirtka va tut kuyalariga qarshi kurashish xizmati xodimlari qatnashishdi.
Treningda milliy mutaxassislar tomonidan zararkunandalarga qarshi kurashning zamonaviy usullari, mikrobiologik preparatlardan foydalanish va boshqa muhim masalalar haqida so‘z yuritildi. Chigirtka turlarining tarqalish dinamikasi va uning iqlim o‘zgarishi hamda antropogen omillar bilan aloqasi ko‘rib chiqilib, Marokash chigirtkasi qishloq xo‘jaligi ekinlari uchun katta xavf tug‘dirishi mumkinligi qayd etildi. Mutaxassislar Marokash chigirtkasining Qarshi dashti va Surxon-Sherobod vodiysidagi asosiy tarqalish markazlari qayd etilib, boshqa chigirtka turlari – italyan chigirtkasi va yirik saksovul dumbasi populyatsiyasining monitoringi masalalari ko‘rib chiqildi. Chigirtkalarning tabiiy dushmanlari va ularning zararkunandalar soni rivojidagi o‘rni haqida so‘z yuritildi.
Trening davomida Oʻzbekistonda maʼlumotlarni toʻplashning avtomatlashtirilgan tizimi (ASDC) va Kavkaz hamda Markaziy Osiyoda chigirtkalarga qarshi kurash tizimini (CCALM) keng joriy etish va ulardan foydalanish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Yangi ilovalar geografik axborot (GIS) texnologiyalari va chigirtkalar haqidagi maʼlumotlarni toʻplash, tahlil qilish uchun masofaviy zondlash usullaridan foydalanishga asoslangan boʻlib, ular dala tadqiqotlari maʼlumotlarini kiritish hamda o‘quvchilarni chigirtkalar tarqalishi va yuzaga kelishi mumkin boʻlgan tahdidlar haqida onlayn xabardor qilish imkonini beradi.
Har ikki tizim ham FAO tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, zararkunandalarga qarshi kurash samaradorligini oshiradi. Chigirtkalar tarqalishidan erta ogohlantirish va tahdidlarga o‘z vaqtida javob berish maqsadida Kavkaz va Markaziy Osiyoning chigirtkalar ko‘payib borayotgan mamlakatlarida joriy etilmoqda. Shuni ta'kidlash kerakki, ASDC va CCALM Kavkaz va Markaziy Osiyo davlatlarining o'nta tilida, shu jumladan o'zbek tilida ham ishlaydi. Trening ishtirokchilari innovatsion ilovalar imkoniyatlarini o‘rganishdi.
GIS texnologiyalari va innovatsiyalaridan foydalanish chigirtkalarga qarshi kurashni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqayotgani ta'kidlandi. Trening ishtirokchilari yangi ilovalar va samarali tadqiqotlar, shuningdek, mobil qurilmalar yordamida monitoring qilish uchun qulay ekanligini ta'kidlab o’tishdi.
Chigirtkalarga qarshi kurash bo‘yicha navbatdagi treninglar 65 nafar ishtirokchilarni qamrab olgan holda 9-12 mart kunlari Jizzax, 16-18-martda Namangan viloyatlarida, 23-26-martda esa Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.