Press-reliz

BMT Bosh kotibining birinchi oʻrinbosari bilan uchrashuv

13 yanvar 2023

13-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov O’zbekistonga tashrif buyurgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining birinchi o‘rinbosari Amina Muhammad bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston bilan BMT va uning ixtisoslashgan institutlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

A.Muhammad keyingi yillarda O‘zbekiston bilan BMT o‘rtasidagi muloqot sezilarli darajada kengayib, sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidladi.

2023-yilga mo‘ljallangan qo‘shma tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlari, jumladan, Umumiy xavfsizlik va farovonlik yo‘lida Samarqand birdamlik forumi, Jahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi va boshqa anjumanlarni o ‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

Rasm: © O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi

Muloqot chog‘ida Afg‘onistondagi joriy vaziyatga alohida e’tibor qaratildi. BMT vakillariga Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Afgʻoniston hukumati bilan tomonlarning majburiyatlarini bosqichma-bosqich bajarish algoritmini tayyorlash va kelishish uchun yuqori darajadagi xalqaro muzokaralar guruhini shakllantirish tashabbusining dolzarblagi haqida maʼlumot berildi.

Afg‘oniston muammosini hal etish, afg‘on xalqiga, xususan, Termizdagi xalqaro logistika xabi imkoniyatlaridan kengroq foydalanish orqali insonparvarlik yordami ko‘rsatish bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi: https://bit.ly/3CNndyx

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

UN
United Nations

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar