Roli Astxana: O‘zbekistonda juda ham ko‘plab yetakchi ayollar bor
09 sentabr 2022
Toshkentda Parlamentlararo ittifoqqa a'zo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlarining navbatdagi 14-sammitida qatnashgan Roli Astxana o'z fikrini bildirdi.
– Bu kabi tadbirlar ayollar yetakchiligining ahamiyatiga urg‘u berish uchun zarur hisoblanadi. Dunyo aholisining teng yarmini ayollar tashkil etadi, lekin ular boshqaruv lavozimlarining yarmini egallamaydi.
Oliy Majlis Senati raisining ta'kidlashicha, butun dunyo parlamentariylarining atigi 26 foizini ayollar tashkil etadi. Lekin tendensiyaning yuqorilab, raqamlarning o‘sishi bu borada umid uyg‘otadi. O‘zbeksitondagi vaziyat boshqa mamlakatlarga qaraganda ancha yaxshiroq. O‘zbekiston tajribasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, so‘nggi yillarda yurtingizda ayollarning turli sohalarda faolligi yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Jumladan, parlamentda xotin-qizlar ulushi 32 foizga yetdi. O‘zbekistonning bu tajribasi ko‘plab davlatlarga namuna bo‘la oladi.
O‘zbekistonda juda ham ko‘plab yetakchi ayollar bor, Senat raisi kuchli boshqaruvchi ayollar uchun namuna hisoblanadi.
Shu kabi tadbirlar erishgan natijalarimizning sarhisobini olish uchun ham muhim ahamiyatga ega. Biz esa yetakchi ayollarni qo‘llab-quvvatlash borasida katta natijalarga erishdik. Shuningdek, bu kabi tadbirlar yetakchi ayollar masalasini ilgari surishga to‘sqinlik qiluvchi bundanda muammoliroq bo‘lgan masalalarni muhokama qilishda qo‘l keladi.
Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar