Press-reliz

UNICEF va GAVI O’zbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligiga 1,5 million aqsh dollari qiymatidagi kompyuterlarni hadya qildi

06 iyun 2022

Bugun UNICEF O‘zbekistonda milliy immunizatsiya tizimini va butun sog‘liqni saqlash tizimini mustahkamlash maqsadida Sog‘liqni saqlash vazirligiga kompyuterlar sovg‘a qildi.

2150 ta kompyuter O‘zbekistonda samarali vaksina va immunizatsiya boshqaruvini tatbiq etish, shuningdek birlamchi tibbiyot muassasalari foydalana olishi mumkin bo’lgan sog’liqni saqlash tizimini boshqarish funktsional axborot tizimini mukammallashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi.

GAVI ko'magida yetkazib berilgan 1,5 million dollarlik jihozlar butun mamlakat bo'ylab emlash joylari va boshqa sog'liqni saqlash muassasalariga tarqatiladi. Kompyuterlardan vaksinalar va emlash bo‘yicha samarali axborot tizimlarini yaratishga foydalaniladi.  Ular innovatsion axborot tizimining asosini tashkil etadi hamda rejali immunizatsiya maqsadlarida, shuningdek COVID-19 pandemiyasiga qarshi kurash strategiyasi doirasida  ishlatiladi.

“Har bir tibbiyot muassasasiga etkazilgan bu oddiy sarmoyalar O‘zbekistonda emlash bo‘yicha keng qamrovli axborot tarmog‘i va elektron axborot tizimini shakllantiradi,” dedi UNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade. "Gavi ko'magida bizda samaradorlikni oshirish, emlashdan bosh tortish holatlarini o’rganish, real vaqt rejimida tendentsiyalarni aniqlash va, nihoyat, sog'liqni saqlash sohasidagi kamchiliklar va imkoniyatlarni aniqlash imkoniyatiga egamiz," deya ta’kidladi u.

Gavi va boshqa donorlarning moliyaviy ko‘magida UNICEF Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda O‘zbekistondagi barcha bolalar Milliy immuniatsiya kalendariga muvofiq emlanishini ta’minlamoqda. Bugun ko’rsatilgan yordam, shuningdek, COVID-19ga qarshi  vaksinatsiyani hamda 2022-yil sentabriga rejalashtirilgan qizamiq va qizilchaga qarshi emlash kampaniyasini kengaytirishga ko’mak beradi.

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

UNICEF
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar Jamgʻarmasi

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar