BMTning O'zbekistondagi doimiy vakili Helena Freyzer bayonoti
30 mart 2021
Butun dunyoda va O'zbekistonda BMT har qanday shaxsga nisbatan kamsitish va zo'ravonlikning barcha turlarini qoralaydi.
BMT bag'rikenglik, hamjihatlilik, fikrlar xilma-xilligi va inson huquqlarining umumbashariy me'yorlari hamda tamoyillariga qarshi qaratilgan har qanday kin va adovatga to’la yondashuvlarni qoralaydi.
Birlashgan millatlar tashkilotining O'zbekistondagi vakolatxonasi milliy huquqni muhofaza qilish idoralarini o'tgan hafta oxirida ro’y bergan voqealar yuzasidan xolis tekshiruv o'tkazishga chaqiradi.
Shuningdek, biz ommaviy axborot vositalari, bloggerlar va fuqarolik jamiyati vakillarini nafratga asoslangan zo'ravonlik va har qanday kamsitishlarga qarshi birgalikda kurashishga chaqiramiz.
Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh kotibi BMT Nizomiga asoslanib aytganidek, "Inson huquqlari har bir insonning tug'ilishi bilan unga beriladigan huquqlar majmuidir. Unga amal qilinishini ta’minlash har bir mamlakat manfaati uchun xizmat qiladi. Bu huquqlarga rioya qilish barqarorlikni ta'minlaydi, birdamlik o'rnatadi va rivojlanishga yordam beradi".