Press-reliz

Davlat bojxona qo‘mitasida Situasion markaz ishga tushirildi

04 mart 2021

  • O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasida kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi tarkibida tashkil etilgan maxsus tarkibiy tuzilma – Situasion markazning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi, xukukni muxofaza kiluvchi idoraralar vakilari, BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatchilikka qarshi kurashish boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi, Yaponiya elchixonasi vakillari va boshqalar ishtirok etishdi.

Istiqbolda mazkur Markaz bojxona organlari huquqni muhofaza qilish yo‘nalishini raqamli texnologiyalarni qo‘llagan holda yangi zamonaviy bosqichga olib chiqadi va transchegaraviy jinoyatlarga, ayniqsa, narkotiklarning kontrabandasiga samarali to‘siq bo‘lishi kutilmoqda.

Ta'kidlash joizki, Davlat bojxona qo‘mitasining Situasion markaz tashkil etish tashabbusi BMTning Narkotik va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi tomonidan qo‘llab –quvvatlandi va bu borada o‘zaro hamkorlikka kirishildi.

Tantanali ochilish marosimida Davlat bojxona qo‘mitasi Raisi M.Azimov bojxona organlarini raqamlashtirish sohasida, shu jumladan, huquqni muxofaza qilish tizimida mamlakatning iqtisodiy xavfsizligini ta'minlash, bojxona qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish, kontrabandaning oldini olish va aniqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida atroflicha so‘z yuritdi.

Shundan so‘ng, ramziy lentalar qirqildi va Markaz tantanali ravishda ochildi.

Bu yerda bojxona xodimlari turli ma'lumotlarni markazlashgan holda yig‘ish, umumlashtirish, qayta ishlash, potensial xavf va tahdidlarga qarshi kurashish, shuningdek, oldindan preventiv choralarni o‘z vaqtida qabul qilish ishlarini amalga oshirishadi.

Shuningdek, chegara bojxona postlari, shu jumladan, xalqaro aeroportlardagi postlarning faoliyati monitoring qilinadi va muvofiqlashtiriladi.

Situasion markazda chegara bojxona postlarida joriy qilingan ikki yo‘lakli ("yashil" va "qizil") tizim orqali harakatlanayotgan fuqarolar, tovarlar va transport vositalarini oldindan taqdim qilingan ma'lumotlar asosida nazorat qilish  va fil'trlash imkoniyati mavjud.

Bundan tashqari markaz O‘zbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi boshqa tuzilmalari bilan o‘zaro hamkorlikni amalga oshiradi.

Markaz faoliyatiga “Situasion markaz” avtomatlashtirilgan axborot tizimi joriy qilinadi.

Mazkur tizim bojxona organlarining ixtisoslashtirilgan ma'lumotlar bazasini yuritish, katta hajmdagi axborot ma'lumotlarini tahlil qilish, vaziyatlarni geoaxborot ko‘rinishda tasvirlash va tahlil qilish, bojxona ob'ektlarini masofadan monitoring qilib borish hamda ehtimoliy vaziyatlarni modellashtirish imkonini beradi.

 

 

 

 

 

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

BMTGJB
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand Moddalar va Jinoyatchilikka Qarshi Kurashish Bo'yicha Boshqarmasi

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar