- Korzinka savdo belgisi ostida faoliyat yurituvchi O'zbekistondagi yetakchi oziq-ovqat chakana savdo tarmog'i Anglesey Food MChJ, Birlashgan millatlar tashkilotining (BMT) Global Kompakt tashabbusiga qo'shildi. Ushbu tashabbus 2000 yilda yo’lga qo’yilgan bo’lib, biznesga mas’uliyat bilan yondashish amaliyotini ishlab chiqish, joriy etish va tadbiq qilish bo’yicha platformadir.
Qidirish
Qidiruv natijalari: barqaror rivojlanish
O'zbekiston hukumati BMT agentliklari bilan hamkorlikda BRM qo'shma jamg‘armasi homiyligida BMTning birinchi qo‘shma dasturini yakunladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNICEF), Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi (BMTTD) Moliya vazirligi bilan birgalikda 2020-2022 yillar davomida Dastur doirasida ijtimoiy himoya tizimida erishilgan yutuqlar to‘g‘risida hisobot berdi.
Barqaror Rivojlanish Maqsadlari qashshoqlikka barham berish, sayyoramiz atrof-muhiti va iqlimini muhofaza qilish hamda butun dunyodagi insonlar tinchlik va farovonlikdan bahramand bo‘lishlarini ta’minlash uchun global harakatlarga chaqiriqdir.
UNOPS uchun BRMlar birlashgan sa'y-harakatlarni talab qiladigan global majburiyatdir. Ular yo'l-yo'riq, umumiy maqsad va umumiy mas'uliyat bo'lib xizmat qiladi.
Barqaror xarid orqali UNOPS odamlarga yaxshiroq xizmat ko'rsatish, atrof-muhitni muhofaza qilish, tenglikni ta'minlash va iqtisodiy o'sishni maqsad qilgan.
Hamkorlik dasturi - bu Birlashgan Millatlar Tashkiloti va O'zbekiston hukumati o'rtasidagi hamkorlikning besh yillik dasturidir.
O'zbekistonda 2030 yilgacha bo'lgan kun tartibiga erishish uchun joriy etish, jadallashtirish va siyosatni qo'llab-quvvatlash jarayonini tatbiq etish.
Butunjahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni xalqaro e’tiborni dolzarb ekologik muammolarga yo’naltirishga hamda ularni hal qilishga yordam beradi.