Press-reliz

Qizlar ta'lim olishi va ko'nikmalarga ega bo’lishi uchun sarmoya kiritish iqtisodiyotni mustahkamlash uchun muhim ahamiyat kasb etadi

07 mart 2024

Xalqaro xotin-qizlar kuni gender tengligining asosiy masalalariga urg'u beradi
 

Rasm: © UNICEF O'zbekiston

Xalqaro xotin-qizlar kunida UNICEF qizlarning ta’lim olishiga sarmoya kiritish, imkoniyatlarini kengaytirish va yosh ayollar, jumladan, nogironligi bo’lganlar uchun ish bilan ta’minlashda teng imkoniyatlarini kengaytirishga chaqiradi. Bu O‘zbekiston gullab-yashnashining asosiy va zarur shartlari jumlasiga kiradi.

Bu yilgi “Ayollar uchun sarmoya kiriting, progressni tezlashtiring” mavzusi qizlar va ayollarga uchun salmoqli investitsiyalar koʻpincha jamiyatning barcha qatlamlarida ijobiy oʻzgarishlarga olib keluvchi va iqtisodiyotning mustahkamlanishini tezlashtiruvchi omil ekanligini eʼtirof qiladi.

Global miqyosda qizlar va yosh ayollar uchun stipendiyalar kabi oddiy chora-tadbirlar mahalliy va milliy iqtisodiyot uchun transformatsion ekanligini isbotladi. Bundan tashqari, tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, kam ta'minlangan oilalardagi qizlarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va ayollar uchun oliy ta'lim olish uchun imtiyozli kreditlar olishda qo'llab-quvvatlash muhim ahamiyatga ega va o'rta muddatli istiqbolda yanada barqaror jamiyatlarga hissa qo'shadi.

O‘zbekiston ayollarning siyosiy faolligini oshirish, oliy ta’lim olish imkoniyatini oshirish, ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish va iqtisodiy faolligini oshirish tashabbuslari, xotin-qizlar huquqlarini mustahkamlovchi ilg‘or qonunchilik orqali qizlar va ayollar uchun ko‘p yutuqlarga erishdi. Biroq teng imkoniyatlar yaratuvchi, ayollar huquqlarini himoya qiluvchi amaldagi qonunlarning bajarilishini ta’minlash, salbiy gender stereotiplarini bartaraf etish, ayollarning yetakchi rollarini kuchaytirish hamda ayollar uchun sifatli tibbiy xizmat va boshqa zarur xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish bo‘yicha uchun sarmoyalar kiritish va bu boradagi tashabbuslarni qo’llab-quvvatlash bo‘yicha hali ko‘p ishlar qilinishi kerak.

So‘nggi dalillar shuni ko‘rsatadiki, muhandislik, ishlab chiqarish, qurilish va AKT dasturlarida ayollar ulushi atigi 17 foizni tashkil etadi. Shu bilan birga, fan, texnologiyalar, muxandislik va matematika (STEM) sohalarida, xususan, tabiiy fanlar, texnika va texnologiya, tibbiyot va sog'liqni saqlash fanlari, qishloq xo'jaligi va veterinariya fanlari tadqiqotchilari orasida ayollar ulushi 37% ni tashkil qiladi.[1]

“Biz UNICEFda qizlar va yosh ayollar manfaatlariga yo’naltirilgan maqsadli va pozitiv sarmoya kiritish kuchli jamiyatlar va iqtisodiyotlarni barpo etish uchun asos bo‘lishiga ishinamiz”, - dedi UNICEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari vazifasini bajaruvchi Joffri Ijumba. “O'zbekistonda qizlarning STEM sohalarida bo'lishini ta'minlash bo'yicha targ'ibot va dasturimiz uzoq vaqt davomida mamlakat tomonidan seziladigan natijalarni bera boshladi”.

Hukumat tomonidan qizlar va ayollarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan, xususan, boshlang'ich va o'rta ta'limda teng imkoniyatlar hamda oiladagi zo'ravonlikni jinoiy javobgarlikka tortuvchi qonunchilikka yaqinda kiritilgan tuzatishlar kabi ulkan sa'y-harakatlar qilindi. Shunga qaramay, ish taqsimotiga, uydagi mavqe va e'tiborga, ta'limga ta’sir ko’rsatuvchi va tengsizlik davom etishiga sabab bo’ladigan zararli ijtimoiy me'yorlar, tuzilmalar va stereotiplar hamon saqlanib qolmoqda. Bundan tashqari oilalarda to'lovsiz mehnatning asosiy og'irligi ayollar va qizlar zimmasidadir.

Shuning uchun UNICEF quyidagi asosiy tamoyillar va investitsiyalarga chaqiradi:

• Qizlar va yosh ayollar uchun sifatli va inklyuziv ta'limga investitsiyalar hajmini oshirish;

• norasmiy ta'lim, texnik, innovatsion va tadbirkorlik ko'nikmalariga investitsiyalar, jumladan, chekka qishloqlarda yashovchi qizlar va yosh ayollar, kam ta'minlangan oilalar yoshlari, nogironligi bo'lgan yoshlar va boshqa zaif guruhlarga e'tibor qaratish.

• Qizlarning STEM sohalarida va boshqa raqobatbardosh sektorlarda ishtirok etishi uchun investitsiyalarni ko'paytirish.

• ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlarni, jumladan, yolg'iz onalarni moliyaviy yordam bilan qamrab oluvchi kengaytirilgan ijtimoiy himoya dasturlari.

• Xotin-qizlarning iqtisodiy va jamoat sohalarida faol ishtirokini rag‘batlantirish.

• Ayollar uchun ta'lim, ish joyi va jamiyatdagi imkoniyatlarning tengsizligi va to'siqlarini davom ettiruvchi zararli me'yorlar tuzilmalari va stereotiplarni bartaraf etish uchun ijtimoiy xulq-atvorni o'zgartirish kampaniyalari.

• Inklyuziv ta'lim imkoniyatlarini yaratish, bandlikni oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun nogironligi bo’lgan qizlar va ayollar uchun AKT va yordamchi texnologiyalarga sarmoya kiritish.

 

 

 

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

UNICEF
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar Jamgʻarmasi

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar