Press-reliz

FAO xodimlari O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun taqdirlandi

12 dekabr 2022

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga bu yil 30 yil to‘ldi. Sana munosabati bilan O‘zbekiston salohiyatini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun bir guruh yurtdoshlarimiz “O‘zbekiston Konstitutsiyasi – 30 yilligi” esdalik nishonlari bilan taqdirlandi. Ular orasida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi xodimlari – FAOning O‘zbekistondagi vakili o‘rinbosari Sherzod Umarov va “Markaziy Osiyo va Turkiyaning qurg‘oqchil va sho‘rlangan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish landshaftlarida tabiiy resurslarni kompleks boshqarish” loyihasining milliy boshqaruvchisi Muhammadjon Kosimov ham bor.

Yana bir muhim sana – Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan har yili dekabr oyining ikkinchi yakshanbasida nishonlanadi va har yili qishloq xo'jaligini rivojlantirishga hissa qo'shayotgan xodimlarining xizmatlarini sarhisob qilish uchun quvonarli bayram bo‘lib xizmat qiladi. Shu munosabat bilan FAOning O‘zbekistondagi vakolatxonasining Dastur va loyihalarini monitoring qilish va baholash bo‘yicha mutaxassisi Xurshid Norov ham sohaning boshqa vakillari qatorida “Qishloq xo‘jaligi fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Rasm: © Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi

Qabul qilingan mukofotlar FAOning O‘zbekistondagi oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, qishloq aholisining turmush sharoitini yanada yaxshilash va sohani isloh qilishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan faoliyatiga berilgan yuksak baho bo‘ldi.

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

FAO
BMTning Oziq-Ovqat va Qqishloq Xo'jaligi Tashkiloti

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar