Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi barcha mamlakatlarni o'z sharoitlariga mos kompleks yondashuvga chaqirdi.
2020 yil 11-mart chorshanba kuni Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti (JSST) koronavirus (COVID-19) kasalligini pandemiya deya ta'rifladi. Lekin tashkilotga ko’ra u nazorat qilish mumkin bo'lgan pandemiyadir.
COVID-19 – bu yaqindagina aniqlangan koronavirus keltirib chiqaruvchi yuqumli kasallik.
"Kasallikni pandemiya deb atash taslim bo'lish kerak degani emas", dedi JSST bosh direktori doktor Tedros Adhanom Gebreyesus o'z bayonotida.
Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh kotibi barcha mamlakatlarni o'z sharoitlaridan kelib chiqqan holda zaruriy choralarni ko’rishga chaqirdi. COVID-19 minglab odamlarga, mamlakatlarning sog'liqni saqlash tizimiga va ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga ta'sir ko'rsatadi. BMTning barqaror rivojlanish guruhi, rivojlanish bo'yicha ish olib borayotgan boshqa subyektlari tayyorgarlik va javob choralari bo'yicha mamlakatlarni qo'llab-quvvatlamoqda.
Bu sahifada COVID-19 ning avj olishi va tarqalishi bo'yicha Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti va Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan taqdim etilgan ma'lumot va yo'l-yo'riqlar keltirilgan.
Hozirda JSST kasallik tarqalishini kuzatish, unga qarshi choralar ko’rish hamda uning oldini olish bo’yicha xalqaro mutaxassislar, hukumatlar va boshqa hamkorlar bilan ish olib bormoqda.
So’nggi yangiliklardan xabardor bo’lish uchun quyidagi sahifalarni ko’rib chiqing: