Press-reliz

O‘zbekiston: Urbanizatsiya Konstitutsiya va inson huquqlarini oyoq osti qilmasligi kerak

30 avgust 2024

BMTning Uy-joy huquqi boʻyicha Maxsus maʼruzachisi Balakrishnan Rajagopal, bugungi kunda O’zbekistonda uy-joyga bo’lgan huquqi qonunda himoyalangani va kundalik hayotda amalga oshiralayotgani o’rtasida katta tafovut mavjudlini ta’kidladi.

Mamlakatga rasmiy tashrifi yakunida qilgan bayonotida, janob Rajagopal so'nggi yillarda o'zboshimchalik bilan olib qo'yish va uylarni buzishdan huquqiy himoyani yaxshilash va shaharsozlikda ishtirok etishni ta'minlashga qaratilgan yangi qonunlar, shu jumladan yangi Konstitutsiya qabul qilinishini olqishladi.

"Xabardorlik yetishmasligi, ijro etishdagi muvaffaqiyatsizliklar va rioya qilmaslikka qarshi samarali choralar yetishmasligi kabi sabablarga ko’ra  bu qonunlar, ayniqsa qurilish sektorida, kundalik amaliyotda ko'pincha e'tiborga olinmayotganini", - dedi Maxsus ma'ruzachi.

O‘zbekiston misli ko‘rilmagan keng ko‘lamli shaharlarni yangilash loyihalari guvohi bo‘lmoqda, ba’zan bu jarayonda butun mahallalar buzib tashlanib yangi shaharlar uchun joy ochish maqsadida ildizi bilan qo‘porilib yuborilmoqda. Bularning aksariyati qonunchilik va shaharsozlikda yetarlicha asoslarsiz sodir bo'lmoqda. Shahar rejalashtirish va shaharni yangilash bo'yicha qarorlar jamoatchilikning, shu jumladan zarar ko'rganlarning ham mazmunli ishtirokini nazarda tutmaydi.

“Sudlar mustaqilligi masalasi hamon muammo boʻlib qolmoqda. Quruvchi kompaniyalar va aholi o’rtasidagi sud ishlarining aksariyati quruvchi kompaniyalar foydasiga hal qilinayotganga o'xshaydi", dedi janob Rajagopal. Suddan tashqari shikoyatlar mexanizmi ko'pincha samarali va o'z vaqtida bartaraf etishni ta'minlay olmaydi.

Yo'qotilgan uy-joy uchun kompensatsiya miqdori ko'pincha yetarli emas, kechiktirilgan yoki umuman berilmagan holatlari mavjud. Ba'zi buzish va ko'chirishlar shafqatsizlarcha amalga oshirilmoqda, uy-joy mulkdorlari esa uylariga yaqin xavfli qurilishlar, suv va gaz ta'minotini uzib qo'yish tufayli uylarini tark etishga majbur bo'lmoqda. Majburiy ko'chirilgan aholiga yangi uy-joy taklif qilinganda, u ko'pincha shaharlarning chekkasida yangi qurilgan ko'p qavatli uylarda joylashgan.

“Uy-joylarni buzish va majburiy koʻchirishlar hatto Samarqand va Buxoro kabi qoʻriqlanadigan madaniy meros hududlarida ham sodir boʻlmoqda”, dedi janob Rajagopal. U UNESCOni 2025-yilda Samarqandda bo‘lib o‘tadigan UNESCO Bosh Assambleyasiga tayyorgarlik ko‘rilayotgan bir paytda uy-joy bo’yicha huquq to‘liq himoyalanishini ta’minlash uchun zarur choralar ko‘rishga chaqirdi.

Maxsus ma'ruzachi, shuningdek, majburan ko'chirish qurbonlari, uy-joy huquqlari bo’yicha huquq faollari, advokatlar, bloggerlar va jurnalistlar qo'rqitish, jinoiy javobgarlikka tortish yoki shubhali asoslar bo'yicha hibsga olinishidan, shu jumladan kamida bitta holatda yopiq ruhiy kasalliklar muassasasida saqlanishidan xavotir bildirdi.

“Meni amalga oshirilgan islohotlar va ko'plab rahbarlarning inson huquqlarini, shu jumladan, uy-joy huquqini himoya qilish majburiyatini amalga oshirayotganligi ilhomlantirdi. Uy-joy muammolarini hal qilish uchun ko'pincha aniq yaxshi niyatlar mavjud. Ammo yaxshi niyatlardan tashqariga chiqish vaqti keldi; Biz qog'ozdagi qonunlar va rejalarni emas, balki natijalarni ko'rishimiz kerak”, dedi janob Rajagopal.

Janob Rajagopal 2025 yil mart oyida BMT Inson huquqlari kengashiga tashrifi haqida batafsil hisobot taqdim etadi.

MATN YAKUNI 

Janob Balakrishnan Rajagopal (AQSh), 2020-yil 1-maydan Uy-joy huquqi bo’yicha maxsus ma’ruzachi vazifasini bajarib keladi. U Massachusets Texnologiya Instituti (MIT) Shaharshunoslik va rejalashtirish fakulteti huquq va rivojlanish professori. Yuridik ma'lumotga ega bo’lib, u inson huquqlarining ko'plab sohalari, jumladan, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar, BMT tizimi va rivojlanish faoliyati bilan bog'liq inson huquqlari muammolari bo'yicha mutaxassis hisoblanadi.

Maxsus ma'ruzachilar Inson huquqlari bo'yicha kengashning Maxsus protseduralar deb nomlanuvchi mexanizmining bir qismidir. BMTning inson huquqlari tizimidagi mustaqil ekspertlarning eng katta organi bo'lgan Maxsus protseduralar Kengashning mustaqil faktlarni aniqlash va monitoring qilish mexanizmlarining umumiy nomi bo'lib, u dunyo bo’ylab muayyan mamlakatlardagi vaziyatlarni yoki tematik muammolarni o’z faoliyati doirasida qamrab oladi. Maxsus protseduralar ekspertlari ixtiyoriy asosda ishlaydi; ular BMT xodimlari emas va qilgan ishlari uchun maosh olmaydilar. Ular har qanday hukumat yoki tashkilotdan mustaqil bo'lib, o'z shaxsiy maqomida xizmat qiladilar.

BMT Inson huquqlari, mamlakat sahifasi — Uzbekistan

Qo'shimcha ma'lumot va matbuot so'rovlari uchun janob Gunnar Theissen (gunnar.theissen@un.org) bilan bog'laning yoki hrc-sr-housing@un.org manziliga yozing.

2024-yil 30-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumanida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish va matbuot/anjumandan so‘ng OAVga intervyu olish uchun quyidagi manzilga yozing: Anvarjon Meliboev (anvarjon.meliboev@un.org), BMTning Jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha milliy maslahatchisi. 

BMTning boshqa mustaqil ekspertlari bilan bog'liq ommaviy axborot vositalari so'rovlari uchun Dharisha Indraguptha bilan bog'laning (dharisha.indraguptha@un.org).

BMTning inson huquqlari bo'yicha mustaqil ekspertlari bilan bog'liq yangiliklarni Twitter @UN_SPExperts sahifasida kuzatib boring.

 

 

 

 

 

  

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

BMTIQOKB
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari Boʻyicha Oliy Rkomissari Boshqarmasi

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar