BMT Inson huquqlari bo’yicha Bosh komissari Volker Türk 2023 yil 13-17 mart kunlari O'zbekiston va Qozog’istonga rasmiy tashrif bilan keladi
09 mart 2023
JENEVA/TOSHKENT/OSTONA (9 mart 2023 yil) – BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Volker Türk ikki Markaziy Osiyo davlatining taklifiga binoan 13 martdan boshlab O‘zbekiston va Qozog‘istonga besh kunlik rasmiy tashrifini amalga oshiradi.
Oliy komissar 13-15 mart kunlari O‘zbekistonda, 16-17-mart kunlari esa Qozog‘istonda bo‘ladi. U yuqori martabali hukumat amaldorlari, mamlakatlar Ombudsmanlari, BMT rasmiylari va fuqarolik jamiyati tashkilotlari aʼzolari bilan uchrashadi.
Missiyaning Oʻzbekistondagi bosqichi davomida Türk Qoraqalpogʻiston poytaxti Nukusga ham tashrif buyuradi va u yerda Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining 75 yilligiga bagʻishlangan tadbirda nutq soʻzlaydi.
Xuddi shunday tadbir Ostonada ham bo‘lib o‘tadi.
Oliy komissar 15-mart, chorshanba kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 17:00 da Toshkentda matbuot anjumani o‘tkazishi rejalashtirilgan. Shuningdek u 17-mart, juma kuni mahalliy vaqt bilan taxminan soat 17:00 da Ostonada matbuot anjumani o‘tkazishi ham rejalashtirilgan. Matbuot anjumanida faqat ro‘yxatdan o‘tgan OAV vakillari ishtirok etishi mumkin.
Matbuot anjumanlari haqida batafsil ma'lumot, jumladan, ro'yxatdan o'tish bo'yicha ko'rsatmalar ommaviy axborot vositalariga yo’naltiriladigan taklifnomalarda har bir davlatda alohida taqdim etiladi.
Qo'shimcha ma'lumot va ommaviy axborot vositalar bo’yicha murojaat qilish uchun:
Jeremy Laurence – (Oliy komissar delegatsiyasi a’zosi) +41 22 917 9383 / jeremy.laurence@un.org
Toshkentda: Anvar Meliboev - anvarjon.meliboev@un.org
Ostonada: Leila Duisekova - +7 701 524-06-64 / leila.duisekova@un.org
Jenevada
Ravina Shamdasani – ravina.shamdasani@un.org yoki
Liz Throssell – + 41 22 917 9296 / elizabeth.throssell@un.org yoki
Marta Hurtado - + 41 22 917 9466 / marta.hurtadogomez@un.org
Nayrobida
Seif Magango - +254 788 343 897 / seif.magango@un.org
Audiovizual masalalari bo’yicha
Anthony Headley – +41 79 444 4557 / anthony.headley@un.org
Belgilang va ulashing
Twitter @UNHumanRights
Facebook unitednationshumanrights
Instagram @unitednationshumanrights