Press-reliz

Yevropa Ittifoqi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tibbiyot xodimlar uchun mo‘ljallangan shaxsiy himoya vositalarini yetkazib berishda davom etmoqda

24 dekabr 2021

Yevropa Ittifoqi va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining qo‘shma loyihasi doirasida xarid qilinib, O‘zbekiston sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va aholi salomatligi xizmatiga topshirilgan qariyb 5,500 tonna shaxsiy himoya vositalari Toshkentda ishlab chiqarildi. Mahsulotlar sifati barcha zarur talablarga javob beradi.

“Ishlab chiqaruvchi sifatida, - dedi kompaniya rahbari, - meni birinchi navbatda ishlab chiqariladigan mahsulot sifati JSSTning yagona standartiga mos kelishi sharti tashvishga solayotgan edi. Kompaniyamizda o‘zimizning nazorat tizimimiz mavjud. Shunga qaramay, biz mahsulot namunalarini mamlakatimizdan tashqaridagi mutaxassislarga jo‘natdik. Natijalari muhim bo‘lgan asosiy sinovdan maqsad materialning mustahkamligini va uning suyuqliklarni o‘tkazmaslik qobiliyatini tekshirish edi. Natijalar olinganidan so‘ng ma'lum bo‘ldiki, qo‘lqoplarni ishlab chiqarishda foydalanilgan materialning mustahkamligini oshirish kerak ekan va biz bu ishni amalga oshirdik. Shu bois mahsulotlarimiz sifati zarur andozalarga javob berishiga ishonchim komil. Tibbiyot xodimlari bu qo‘lqoplardan foydalanishi mumkin.”

Rasm: © Представительство ВОЗ в Узбекистане

Yevropa Ittifoqi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan O‘zbekistonda koronavirus pandemiyasining ta'sirini yumshatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan maxsus loyiha uchun 2 million yevrodan ortiq mablag‘ ajratdi.

Loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad tibbiyot xodimlarini, shu jumladan tibbiyot muassasalarida oldingi qatorda mehnat qilayotganlarni shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlashdan iboratdir.

Loyiha doirasida tibbiyot muassasalari, ayniqsa, nafaqat COVID-19 bilan kasallangan bemorlar bilan ishlayotgan, balki O‘zbekiston aholisiga asosiy tibbiy xizmatlar ko‘rsatishda davom etayotgan tibbiyot muassasalari uchun 58 tonnaga yaqin shaxsiy himoya vositalari (ShHV) xarid qilindi. Bu muassasalar qatoriga chekka hududlardagi kichik sog‘liqni saqlash muassasalari ham kiradi, chunki ular hozirda himoya vositalarisiz yoki turli xil sifatdagi cheklangan miqdordagi shaxsiy himoya vositalari bilan ishlaydi. Ularni shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlash tibbiyot xodimlari va ushbu joylar aholisi o‘rtasida infeksiyani sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi.

“JSST va Yevropa Ittifoqi tibbiyot xodimlarini shaxsiy himoya vositalari bilan ta'minlayotgani juda muhim ahamiyatga ega. Nafaqat yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassislar, balki boshqa shifokorlar ham har kuni COVID-19 bilan kasallangan bemorlar va boshqa yuqumli kasalliklarga chalingan bemorlar bilan ham muomalada bo‘lishadi. Shaxsiy himoya vositalari ular uchun zaruratdir: har bir shifokor birinchi navbatda o‘zini infeksiyadan himoya qilishi lozim. Bu, ayniqsa, chekka hududlarda ishlayotgan, har doim ham shaxsiy himoya vositalarini o‘z vaqtida olish imkoniyatiga ega bo‘lmagan shifokorlar uchun muhimdir, – deb ta'kidladi tibbiyot fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti mutaxassisi Ra'no Qosimova.

 

 

 

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

EU
European Union
JSST
Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkiloti

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar