Helena Freyzerning “O’zbekiston Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha 2021-2025-yillarga mo’ljallangan milliy strategiyasi” loyihasi bo'yicha xalqaro hamjamiyat vakillari ishtirokida bo’lib o’tgan maslahat yig'ilishidagi bayonoti
02 aprel 2021
“Korrupsiya jamiyatlarimiz farovonligi, farzandlarimiz kelajagi tahdid solmoqda. Barchamizning manfaatimiz uchun korrupsiyaga qarqarshi hamma kurashishi shart".
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ta`kidlaganidek: “Korrupsiya jamiyatlarimiz farovonligi, farzandlarimiz kelajagi va sayyoramiz salomatligiga tahdid solmoqda. Barchamizning manfaatimiz uchun korrupsiyaga qarshihamma kurashishi shart. "
Barchamizga ma'lumki, korrupsiya odamlarning ular muhtoj bo’lgan resurslarini tugatadi, muassasalarga bo'lgan ishonchni pasaytiradi va tengsizlikni kuchaytiradi. Bu qonun ustuvorligiga tahdid soluvchi, inson huquqlari buzilishiga olib keladigan bozorlarning buzilishi , hayot sifatining pasayishi va uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va inson xavfsizligiga tahdid soluvchi boshqa tahdidlarning rivojlanishiga yo'l ochadigan illatdir.
BMTning mamlakat jamoasi nomidan men yangi strategiya loyihasinimamnuniyat bilan tabriklayman. Shuningdek, men mazkur strategiyaning Barqaror rivojlanish maqsadlari, xususan tinchlik, adolat va kuchli institutlarni qamrab olgan 16-maqsad bilan bevosita bog'liqligini ko'rishdan mamnunman.
Bu BMTning O'zbekistondagi mamlakat jamoasi O'zbekiston hukumati bilan maslahatlashib, uning uchta strategik ustuvor yo'nalishlaridan birini belgilab berganligini aks ettiradi: O'zbekistondagi barcha insonlar, ayniqsa, aholining eng zaif qatlamlari kuchaytirilgan hisobdorlik, shaffoflik, inklyuzivlik, yaxshi boshqaruv tizimining gender o'lchovlari hamda kamsitish va zo'ravonliksiz hayot uchun qonun ustuvorligini talab qiladilar va ulardan manfaatdordirlar. Jamoatchilik nazorati va fuqarolik jamiyatini kuchaytirish bo'yicha ishlash ham bizning majburiyatimizning asosiy tarkibiy qismidir.
Quyida uchta izoh bilan bo'lishishga ijozat bersangiz:
Birinchidan. Ishlab chiqilgan Strategiya ulkan maqsadlarni ko’zlagan. Uni izchil va muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun resurslar, harakatlarning batafsil rejasi va tegishli tashabbuslar va institutlarning to'liq integratsiyasi talab etiladi.
Ikkinchidan. Korrupsiyaga qarshi kurashish hamda jamoatchilikning va fuqarolik tashkilotlarining faolligini oshirish bir tanganing ikki tomonidir, desak bo'ladi: barqaror va farovon O'zbekistonga erishish yo'lida hech kimni e`tibordan chetda qoldirmaslik tamoyilini ta'minlash. Shu munosabat bilan biz Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha BMT tuzilmalari ko'magida tashkil etilayotgan Jamoatchilik kengashlari tashkil etilishinidan mamnunmiz.
Uchinchidan. BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi (UNCAC) tasdiqlaganidek, matbuot erkinligi va axborot, ma'lumotlar, statistikaga bo'lgan huquq korrupsiyaga qarshi kurashishda bevosita bog'liqdir. BRMning 16-maqsadi, xususan 10-vazifa, ma'lumot olish huquqini va jurnalistlarning xavfsizligini himoya qilishga qaratilgan. Axborot erkinligi ochiqlik madaniyati bilan chambarchas bog'liq. Ochiq va inklyuziv jamiyatlar barqaror rivojlanishning zaruriy shartidir.
Aniqki, bu strategiya loyihasidan to korrupsiyadan xoli jamiyat, hukumat, xususiy sektorga yetguncha bo'lgan uzoq va mashaqqatli yo'l. Ammo men namoyon etilayotgan siyosiy irodani, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining maslahatlashuv yondashuvini, shuningdek, BMTning, xususan, BMT Taraqqiyot dasturi va Narkotiklar va jinoyatchilik bo’yicha boshqarmasi (UNODC) bilan yaqin hamkorlikni yuqori baholayman.
BMTning O'zbekistondagi vakolatxonasi bundan buyon ham O'zbekiston hukumati, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va fuqarolik jamiyatini O'zbekiston xalqining hayotini yaxshilash yo’lida ushbu muhim sa'y-harakatlarni qo'llab-quvvatlashda qat'iydir.