Press-reliz

BMT Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkilotining (FAO) asalarichilik tanlovi g'oliblari taqdirlandi

15 aprel 2021

BMT Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkilotining (FAO) O'zbekistondagi vakolatxonasi va O'zbekiston asalarichilari uyushmasi hamkorligida asalarichilik ijodiy tanlovi g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

Rasm: © FAO

Ijodiy tanlovga quyidagi toifalar kiritildi: "Eng yaxshi bolalar rasmlari" va "Eng yaxshi rasm".Ishtirokchilar asalarichilikning qadimiy an'analari, asalning foydali xususiyatlari va atrof-muhit, tabiatning go'zalligi haqidagi tasavvurlarini tasviriy vositalar –  fotosuratlar va rasmlar orqaliaks ettirdilar. Badiiy asarni baholashda muallif iste'dodi, mahorati va ijodiy ishning semantikmazmuni hisobga olindi. Taniqli o'zbek rassomi va haykaltaroshlaridan biri Gulzor Sultonovatanlovda hakamlar hay'ati a‘zosi sifatida ishtirok etdi. "Eng yaxshi bolalar rasmlari" nominatsiyasi g'oliblari sifatida quyidagilar e'lon qilindi: Roza Asylgareeva, AbdumannopAbduvaliyev, Fayzulloh Rustamov va Zakiya Qosimjonova. Shu bilan birga IbrohimbekHabibullayev, Umida Aliqulova va Xislatbek Abduvositov eng yaxshi suratlar muallifi deb tanolindi. Barcha g'oliblar BMT Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkilotining (FAO) O'zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Rasm: © FAO

Tanlovning maqsadi – O'zbekiston qishloq xo'jaligining muhim tarmog'i sifatida asalarichiliknirivojlantirishga e'tiborni jalb qilish. Asalari tabiatdagi eng mehnatkash jonzotlardan biri bo'lib, qadimdan odamlarga, o'simliklar va atrof-muhitga foyda keltirgan. Asalarilar va boshqachanglatuvchilar o‘simlik gulchangini bir guldan ikkinchisiga ko'chirish orqali nafaqat meva, yong'oq va urug'larning mo'l-ko'lligini, balki xilma-xilligini va sifatini yaxshilaydi, bu esa oziq-ovqat xavfsizligi va oziqlanishga katta hissa qo'shadi.

Asalarichilikda zamonaviy texnologiyalar va ilg'or tajribalarni joriy etish hamda marketingstrategiyasini takomillashtirish sohani rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Yaqindao'tkazilgan tanlov BMT Oziq-ovqat va qishloq xo'jaligi tashkilotining (FAO) " Asalarichilikbarqaror rivojlanishini qo'llab-quvvatlash" texnik hamkorlik dasturi doirasida tashkil etildi, buesa asalarichilik bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash va salohiyatini oshirish uchun yangiimkoniyatlar ochadi. Dastur doirasida bir qator treninglar o'tkaziladi, shuningdek, texnikxodimlarning boshqa mamlakatlarga tashriflari va tegishli texnologiyalarni o'zbekasalarichilariga yetkazish ko'zda tutilgan.

Shu kuni Qishloq xo'jaligi vazirligi, O'zbekiston asalarichilar uyushmasi va BMT Oziq-ovqatva qishloq xo'jaligi tashkiloti (FAO) mutaxassislari ishtirokida onlayn yig'ilish bo'lib o'tdi. Unda"Asalarichilik barqaror rivojlanishini qo'llab-quvvatlash" texnik hamkorlik dasturi doirasidaasalarichilar uchun axborot almashish tizimi taqdim etildi. Yangi tizim asalarichilarni barcha kerakli o'quv va statistik ma'lumotlar bilan ta'minlaydi. Shuningdek, u har bir asalarichiga tegishli bo'lgan hududlarning joylashuvi to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi va ular maxsus xaritada aks ettiriladi, shu orqali asalarichilar o‘z asalarichilik xo'jaliklarini bir-biriga yaqin joylashtirishdan saqlanishadi. Bundan tashqari, yangi tizim asalarilar yo'qolishining oldini olish uchun pestitsidlar haqida erta ogohlantirish beradi va asalarichilar zudlik bilan javob choralarini ko'rishi mumkin bo‘ladi.

Guzal

Guzal Fayzieva

FAO
Kommunikatsiyalar bo'yicha milliy maslahatchi

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

FAO
BMTning Oziq-Ovqat va Qqishloq Xo'jaligi Tashkiloti

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar