Press-reliz

Qashqadaryoda sun’iy muzliklar yaratilmoqda

18 fevral 2026


Har bir sun’iy muz inshooti qish mavsumida o‘rtacha 450 kub metr hajmda muz yig‘ish quvvatiga ega bo‘lib, bahor-yoz oylarida taxminan 250 kub metr foydali suv hosil bo‘lishini ta’minlaydi. Ushbu suv erta bahorgi sug‘orish, bog‘ va tomorqa yerlari hamda ayrim xo‘jalik ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan.

Mazkur tashabbus BMTning Oziq-ovqat va qishloq xojaligi tashkiloti (FAO), Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan hamda GEF ko‘magida moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonda oziq-ovqat tizimlarining yerdan foydalanish va qayta tiklashga ta’sirini baholash dasturi” (FOLUR) loyihasi doirasida joriy etilmoqda.


Ushbu innovatsion yondashuv suv tanqisligi sharoitida suv resurslarini mavsumiy boshqarish, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini qo‘llab-quvvatlash va mahalliy aholining barqaror tirikchilik manbalarini mustahkamlashga xizmat qiladi.

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

FAO
BMTning Oziq-Ovqat va Qqishloq Xo'jaligi Tashkiloti

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar