Aholi salomatligi xavfsizligini ta'minlash: milliy harakatlar ryejasining bosh vazifasi
17 sentabr 2024
18-19 sentyabrь kunlari Toshkent shahrida 2024-2028 yillarda O‘zbekistonda aholi salomatligi xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha Milliy harakatlar rejasini qabul qilish bo‘yicha yuqori darajadagi siyosiy muloqot bo‘lib o‘tadi.
Tadbirda Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalarini (XTSQ 2005) bajarish uchun mas'ul bo‘lgan barcha tegishli vazirlik va idoralarning muvofiqlashtiruvchilarini o‘z ichiga olgan ishchi guruh tomonidan ishlab chiqilgan harakatlar rejasi muhokama qilinadi.
Milliy harakatlar rejasi 2024 yildan 2028 yilgacha 5 yilga mo‘ljallangan va 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi, 2022 yil uchun qo‘shma tashqi baholash (JEE) va 2022 yil uchun ishtirokchi davlatlarning o‘zini o‘zi baholash yillik hisoboti (SPAR) asosida ishlab chiqilgan.
Uning strategik maqsadi Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalarining (XTSQ 2005) asosiy imkoniyatlarini amalga oshirish orqali O‘zbekistonning sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlarga yanada samarali javob berishga tayyorligini oshirishdan iborat.
"Tegishli vazirlik va idoralardagi hamkasblar hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti bilan birgalikdagi ishlar jamoat salomatligi xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha Milliy harakatlar rejasini yaratishga olib keldi. Sog‘liqni saqlash sohasidagi tahdid va xatarlarga yaxshiroq tayyorgarlik ko‘rish uchun hali ko‘p ish qilish kerak," - dedi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi B.Yusupaliev.
"Jamoat sog‘lig‘ini saqlash, xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha Milliy harakatlar rejasi O‘zbekistonda jamoat sog‘lig‘ini saqlash tizimini mustahkamlash va sog‘liqni saqlash sohasidagi favqulodda vaziyatlarga samarali javob berish bo‘yicha barcha manfaatdor tomonlarning birgalikda ishlashini ta'minlovchi hayotiy muhim vositadir. Bu reja hukumatning O‘zbekiston xalqi uchun barqaror sog‘liqni saqlash tizimini barpo etishga intilishini namoyon etadi"- dedi JSSTning O‘zbekistondagi vakili Dr. Asheena Khalakdina.
Harakatlar rejasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining texnik ko‘magi va USAIDning moliyaviy yordami orqali ishlab chiqilgan.