Uy-joy huquqi boʻyicha BMT Maxsus maʼruzachi Oʻzbekistonga tashrif buyuradi
16 avgust 2024
BMTning Uy-joy huquqi bo‘yicha Maxsus ma’ruzachisi janob Balakrishnan Rajagopal 2024-yil 19-30-avgust kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Janob Rajagopal milliy qonunchilikda va amaliyotda uy-joy huquqi qay darajada himoyalanganligi va amalga oshirilishini, shu jumladan, uy-joyning narxi, undan barcha odamlar foydalana olish imkoniyati mavjudligi, uy-joyning yashashga yaroqliligi, kommunal xizmatlardan foydalanish imkoniyati va uy-joydan majburiy tartibda chiqarib yuborish masalalarini o'rganib chiqadi.
U O'zbekiston tomonidan uy-joy huquqidan mamlakatdagi barcha aholi guruhlari foydalanishi uchun ko'rilayotgan chora-tadbirlarni tahlil qiladi. Shuningdek, Maxsus ma’ruzachi iqlim inqirozining uy-joy huquqiga bo’lgan ta'sirini va aholining uy-joy masalalari va shaharsozlik bo'yicha qarorlar qabul qilinishida ishtirok etishi masalalarini o'rganadi.
Janob Rajagopal Toshkent, Jizzax, Samarqand va Buxoro kabi shaharlarga va ular yaqinidagi tumanlarga, jumladan, talabalar turargohi va oiladagi zo‘ravonlikdan qochgan yoki boshpanasiz qolgan shaxslar uchun mo’ljallangan shelterlarga borishi kutilmoqda. U milliy va mahalliy darajadagi amaldorlar, sudyalar, fuqarolik jamiyati va biznes doiralar vakillari bilan uchrashuvlar o'tkazadi.
Maxsus ma'ruzachi 2024-yil 30-avgust kuni soat 15:00 da Toshkent shahri, 100029, Taras Shevchenko ko'chasi, 4-uyda joylashgan BMT uyida matbuot anjumani o'tkazadi. Kirish faqat ro'yjatdan o'tgan jurnalistlar uchun.
Maxsus ma’ruzachi 2025-yilning mart oyida BMTning Inson huquqlari bo'yicha kengashiga tashrifi to'g'risida hisobot taqdim etadi.
MATN YAKUNI
Janob Balakrishnan Rajagopal (AQSh), 2020-yil 1-maydan Uy-joy huquqi bo’yicha maxsus ma’ruzachi vazifasini bajarib keladi. U Massachusets Texnologiya Instituti (MIT) Shaharshunoslik va rejalashtirish fakulteti huquq va rivojlanish professori. Yuridik ma'lumotga ega bo’lib, u inson huquqlarining ko'plab sohalari, jumladan, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar, BMT tizimi va rivojlanish faoliyati bilan bog'liq inson huquqlari muammolari bo'yicha mutaxassis hisoblanadi.
Maxsus ma'ruzachilar Inson huquqlari bo'yicha kengashning Maxsus protseduralar deb nomlanuvchi mexanizmining bir qismidir. BMTning inson huquqlari tizimidagi mustaqil ekspertlarning eng katta organi bo'lgan Maxsus protseduralar Kengashning mustaqil faktlarni aniqlash va monitoring qilish mexanizmlarining umumiy nomi bo'lib, u dunyo bo’ylab muayyan mamlakatlardagi vaziyatlarni yoki tematik muammolarni o’z faoliyati doirasida qamrab oladi. Maxsus protseduralar ekspertlari ixtiyoriy asosda ishlaydi; ular BMT xodimlari emas va qilgan ishlari uchun maosh olmaydilar. Ular har qanday hukumat yoki tashkilotdan mustaqil bo'lib, o'z shaxsiy maqomida xizmat qiladilar.
BMT Inson huquqlari, mamlakat sahifasi — Uzbekistan
Qo'shimcha ma'lumot va matbuot so'rovlari uchun janob Gunnar Theissen (gunnar.theissen@un.org) bilan bog'laning yoki hrc-sr-housing@un.orgmanziliga yozing.
2024-yil 30-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan matbuot anjumanida qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish va matbuot/anjumandan so‘ng OAVga intervyu olish uchun quyidagi manzilga yozing: Anvarjon Meliboev (anvarjon.meliboev@un.org), BMTning Jamoatchilik bilan aloqalar bo'yicha milliy maslahatchisi.
BMTning boshqa mustaqil ekspertlari bilan bog'liq ommaviy axborot vositalari so'rovlari uchun Dharisha Indraguptha bilan bog'laning (dharisha.indraguptha@un.org).
BMTning inson huquqlari bo'yicha mustaqil ekspertlari bilan bog'liq yangiliklarni Twitter @UN_SPExperts sahifasida kuzatib boring.