Assalomu Alaykum!
Hurmatli hamkorlar, hamkasblar, aziz do'stlar.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining O‘zbekistondagi jamoasi nomidan barcha milliy va xalqaro hamkorlarimizni Navro‘z bayrami munosabati bilan samimiy tabriklariman, hamda sizlarni mamlakatda tinchlik, taraqqiyot va inson huquqlarini ta’minlashga hissa qo’shayotganingiz va Birlashgan Millatlar Tashkilotining mamlakatdagi faoliyatini qo'llab-quvvatlayotganingiz uchun o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman.
O‘zbekistonda Navro‘z chinakam umumxalq bayrami bo‘lib, butun mamlakat xalqi tomonidan eng sevimli va e’zozlangan bayramlardan biridir. Bu yil Navro‘z bayramini O‘zbekistonda nishonlashimdan juda xursandman. Zero bu bahor bayramini nishonlash va an’analarining xilma-xilligi bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Fursatdan foydalanib, men barchani Navro‘z ruhi: hamjihatlik, mahallalar va avlodlar o‘rtasidagi mehr-oqibat, madaniyat va an’analar rang-barangligi va boyligini, shuningdek, bizni inson sifatida birlashtirayotgan qadriyatlarni ulug‘lashga chorlayman.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti O‘zbekistonning hamkori ekanligidan faxrlanadi va biz milliy hamkasblarimiz bilan hech kimni ortda qoldirmaslikka e’tibor qaratgan holda barcha uchun yaxshiroq kelajak qurish yo‘lida hamkorlikni davom ettiramiz.
Ushbu Navro‘z barchaga quvonch, baxt va farovonlik olib kelsin, O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik rishtalari mustahkamlasin.
Navro‘z bayramingiz muborak bo’lsin!