Sog‘liqni saqlash tizimida reabilitatsiya xizmatlarini takomillashtirish
07 mart 2023
Sog‘liqni saqlash tizimida reabilitatsiya xizmatlarini takomillashtirish va reabilitatsiya sohasida qo‘llaniladigan yordamchi texnologiyalar (AT) mahsulotlari va xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida O‘zbekistonga Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining bir guruh mutaxassislari tashrif buyurdi. JSST reabilitatsiyani "nogironlarning faoliyatini optimallashtirish va nogironlikni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar" deb ta'riflaydi.
2022-yil oʻrtalarida Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi vakillari Kopengagenda reabilitatsiyani rivojlantirish, jumladan, ushbu sohada mutaxassislar tayyorlash masalalari boʻyicha tajriba almashish maqsadida oʻtkazilgan yigʻilishda virtual ishtirok etdi. O‘zbekiston hukumati mamlakatda yordamchi texnologiyalardan foydalanishni baholash va reabilitatsiya tizimini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqishni qo‘llab-quvvatladi.
27-fevral kuni O‘zbekistonga kelgan missiya reabilitatsiya tizimini takomillashtirish, jumladan, uning favqulodda vaziyatlarga tayyorgarligini oshirish, bu borada, COVID-dan keyingi murakkab sharoitda bo‘lgan odamlarni reabilitatsiya qilishda yordam beradi, shuningdek, baholash natijalari bo‘yicha tavsiyalar ham beriladi. Berilgan tavsiyalar o‘zbekistonlik mutaxassislarga insonlar salomatligini yaxshilashga qaratilgan milliy reabilitatsiya strategiyasini ishlab chiqishda yordam beradi, bu esa o‘z navbatida insonlarning hayot sifatini oshishiga olib keladi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi USAID tomonidan moliyalashtirilgan Sirdaryo viloyatida yuqumli bo‘lmagan kasalliklarga e’tibor qaratgan holda Milliy reabilitatsiya strategiyasini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish bo‘yicha yangi loyihani ishga tushirishni rejalashtirmoqda.