Press-reliz

BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi va O‘zbekiston Afg‘onistonga insonparvarlik yordami ko‘rsatmoqda

08 fevral 2023

Bugun Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi, O‘zbekiston hukumati ko‘magida, O‘zbekistonning Termiz shahridan Afg‘onistonga qahraton qishda ichki ko‘chirilganlar va boshqa himoyaga muhtoj aholining hayotini saqlab qolish uchun Oʻzbekistonning Termiz shahridagi Xalqaro koʻp funksiyali transport-logistika xabi orqali 12 yuk mashinasida 48 000 dan ortiq adyol jo‘natdi. 

Rasm: © UNHCR

Yuk 2021-yil oktabr oyida O‘zbekiston hukumati ko‘magida tashkil etilgan BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligining Gumanitar logistika mintaqaviy markazidan jo‘natilgan. Termiz yuk tashish markazi – O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasidan 2 km uzoqlikda joylashgan – bu Markaz BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligiga mintaqadagi zaxiralarni mahsulotlat bilan tezda to‘ldirish va gumanitar yordam ko‘rsatishda yanada moslashuvchan bo‘lish imkonini beradi.

“BMT Qochqinlar boʻyicha oliy komissarligi O‘zbekiston hukumati bilan birgalikda Afgʻoniston xalqiga hayotiy insonparvarlik yordamini koʻrsatishni davom ettirish uchun barcha saʼy-harakatlarini amalga oshirmoqda. Bu, ayniqsa, sovuq qishda juda muhimdir. O‘zbekiston hukumati va Termizdagi mahalliy hamkorlar ko‘magida BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi Afg‘onistondagi ayollar, bolalar va erkaklarning shoshilinch ehtiyojlariga tezkorlik bilan javob bera oladi”, — dedi BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligining katta maslahatchisi Frenk Remus.

Rasm: © UNHCR

Termiz markazi Afg‘oniston, Eron, Pokiston, Markaziy Osiyo va undan tashqarida BMT Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarlik operatsiyalariga yordam berish uchun asosiy konsolidatsiya va jo‘natish punkti bo‘lib xizmat qiladi. 2021-2022 yillarda Markaz ko‘chirilgan oilalar va suv toshqinlari va zilzilalar kabi tabiiy ofatlardan jabr ko‘rganlar uchun 217 yuk mashinasida gumanitar yuklar jo‘natdi. Termiz shahridagi BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligining Mintaqaviy gumanitar logistika markazidan jo‘natilgan muhim uy-ro‘zg‘or buyumlari qatoriga uxlash uchun to‘shaklar, brezentlar, chelaklar, ko‘rpalar, zanglamaydigan po‘latdan yasalgan oshxona to‘plamlari, kanistrlar va ko‘chma quyosh energiyasi bilan ishlaydigan LED lampalar kiradi.

Rasm: © UNHCR

2022-yilda BMTning Qochqinlar bo‘yicha Oliy komissarligi Afg‘onistonning barcha 34 viloyatidagi 5,9 million kishiga asosiy ehtiyojlar va moddiy yordam, shuningdek, huquqiy himoya va integratsiya bo'yicha yordam ko‘rsatdi. 2022-yilda (yanvar) Afg‘onistonning shimoli-g‘arbiy qismida, janubi-sharqiy Afg‘onistonda (iyun) va Sharqiy Afg‘onistonda (sentyabr) sodir bo‘lgan zilzilalar, shuningdek, Afg‘oniston va qo‘shni Pokistonda rekord darajadagi yozgi suv toshqinlari kabi tabiiy ofatlarga javoban yordam buyumlarini tarqatish bo‘yicha katta harakatlar amalga oshirildi.

 

 

BMT tashabbusi bilan shug'ullanuvchi tashkilotlar

BMTQOK
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar Bo'yicha Oliy Komissari

Ushbu tashabbus orqali biz qo'llab-quvvatlayotgan maqsadlar