Yangi yil tabrigi: Konsuelo Vidal, BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori vazifasini bajaruvchisi
Assalomu alaykum O’zbekiston! Mening ismim Konsuelo Vidal va men BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori vazifasini bajaruvchisiman.
Men Peruda tug'ilib o'sganman. Peru mamlakati Braziliya, Argentina va Meksikadan keyin Janubiy Amerikadagi to'rtinchi yirik davlat.
Men Peru mamlakati va BMT tizimida rivojlanish sohasida 30 yildan ortiq ish tajribasiga egaman.
Hilma hillik BMTning qadriyatlaridan biri bo'lganligi sabab, men Lotin Amerikasi ayoli sifatida faoliyatim davomida Namibiya, Kosta-Rika, Boliviya, Shimoliy Makedoniya Respublikasi, Gonduras, Armaniston, Eron Islom Respublikasi va Kuba kabi mamlakatlarda ishladim.
O‘zbekiston men uchun yangi davlat. O‘zbekistonning boy tarixi, rang-barang madaniyati va ilhomlantiruvchi mehmondo‘stligi haqida eshitganman. Men har kuni O'zbekiston haqida yangi narsalarni o’rganmoqdaman va mamlakatni o'rganishda davom etaman.
Men ham qadimiy tarix va madaniyatga ega bo’lgan mamlakatdanman.
Shuning uchun men madaniyatingizni rang-barangligidan zavqlanaman va mavjud hilma hillikni hurmat qilaman.
Men O‘zbekistonda BMT tizimiga rahbarlik qilish va mamlakatni muhim rivojlanish jarayonida qo'llab-quvvatlayotganimdan juda mamnunman.
Kelayotgan yangi yilda, Biz BMTning O‘zbekistondagi oilasi, adolatli, barcha fuqarolar uchun teng bo’lgan va barqaror jamiaytni kurish maqsadida va shuningdek, aniq natijalarga erishish uchun milliy va xalqaro hamkorlar va O‘zbekiston xalqi bilan hamkorlikni davom ettirish tarafdorimiz.
Men milliy va xalqaro hamkorlarimiz, yoshlar va fuqarolik jamiyati vakillari bilan albatta uchrashib va muloqat qilishni intiqlik bilan kutaman va hech kimni e'tibordan chetda qoldirmaslik maqsadida O‘zbekistonning ulkan taraqqiyot sayi-harakatlarini qo‘llab-quvvatlayman!
Happy New Year! Feliz año nuevo!
Yangi Yilingiz Bilan Tabriklayman! Sog’ va Omon Bo’linglar.