Assalomy Alaykum, Aziz va Muhtaram Do’stlar!
2024 yil ajoyib taassurotlar va yangi boshlanishlar yili bo'ldi.
Joriy yilning iyun oyida Oʻzbekistonda o‘z faoliyatimni boshlaganimdan xursandman va O‘zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda erishayotgan yutuqlari menda katta taassurot qoldirdi.
Oʻzbekiston haqiqatan ham hech kimni e'tibordan chetda qoldirmaslik tamoyiliga sodiq.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi iyul oyida mamlakatga boʻlib oʻtgan tashrifi davomida, Oʻzbekistonning Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga qatʼiy muvofiqligini va koʻp tomonlama halqaro siyosatga sodiqligini taʼkidladi.
Yil davomida men O‘zbekistonning olti viloyatiga tashrif buyurdim, boy tarixingiz va betakror madaniyatingiz bilan tanishdim.
Ushbu yil, men yangi do'stlarni uchratdim va juda ko'p ajoyib insonlar va iste'dodli hamkorlarimiz bilan muloqat qildim.
Men uchrashgan barcha insonlar katta ishtiyoq va umidlar bilan yanada gullab-yashnagan va inklyuziv O‘zbekistonni yaratishga ishonadilar.
Aziz do‘stlar, aziz hamkorlar, aziz O‘zbekiston xalqi!
BMT oilasiga bildirgan ishonchingiz va qo'llab-quvvatlaganingiz uchun tashakkur.
2025-yilda davom etadigan hamkorlik va birga qo'lga kiritadigan mufavvaqiyatlarni intiqlik bilan kutamiz.
Yangi yilingiz bilan! Sog'-omon bo'ling!