Qadrli do’stlar !
Butun dunyodagi musulmon ahli tomonidan nishonlanadigan muqaddas Ramazon oyi boshlanishi bilan men o’zimning eng samimiy tilaklarimni izhor etaman.
Ramazon oyi fikr-mulohaza yuritish va yangi bilimlarga ega bo’lish vaqti.
Ramazon oyi insoniyatning umumiyligi asosida bir-birlarini tushunish va hamdardlik ruhida birlashish vaqti.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining asosiy missiyasi ham shundan iborat – dunyoda o’zaro muloqot, birlik va tinchlik bo’lishiga ko ‘maklashishdir.
Ushbu og’ir davrda murojaatim turli xil to’qnashuvlarga duch kelayotgan, uylarini tashlab ketishga majbur bo'lgan va qiynalayotgan insonlarga qaratilgan.
Men ham Ramazonni nishonlayotganlarga qo’shilgan holda barchani tinchlik, o’zaro hurmat va hamjihatlikka chaqiraman.
Ushbu muqaddas oy adolatli va barcha uchun teng huquqli dunyoni qurishga imkoniyat yaratuvchi ilhom manbaiga aylansin.
Ramazon muborak bo’lsin!